Sizda $50 000 dollar pul mablag’i bor edi. Bu pulni depozit sifatida joylashtirmoqchisiz. Siz Hamkorbank va Kapitalbankning depozit foiz stavkalari bilan tanishdingiz.
Hamkorbankda 1) valyuta deposit foiz stavkasi 8%,
2) milliy valyutada deposit foiz stavkasi 16 %
Kapitalbankda 1) valyuta deposit foiz stavkasi 6%,
2) milliy valyutada deposit foiz stavkasi 18 %
Siz pulingizni yarmini valyutada, qolgan yarmini milliy valyutada uch yarim yil muddatga deposit sifatida joylashtirishga qaror qildingiz. Hozirgi kunda valyutalar kursi 10 500 so’m, uch yarim yildan keyin esa valyutalar kursi 13 700 so’m bo’lishi prognoz qilingan bo’lsa, siz qaysi bankga deposit qo’yganingiz siz uchun foydaliroq va qanchaga?
Asror 8 yildan so’ng Chevrolet Tahoe rusumli avtomabil sotib olmoqchi. Asrorning tahminiy hisob kitoblariga ko’ra avtosalonlarda 8 yildan keyin Chevrolet Tahoe avtomobili $ 96 000 dollarga sotiladi. Hozir Asror X miqdordagi pulni va har yilning oxirida bankga 6 % li stavka bilan 8 yil davomida (har yilning oxirida) $8 000 dollar deposit qo’ymoqchi. Shunda 8 yildan so’ng uning puli $96 000 dollar bo’lib, avtomabilni sotib olishga yetar ekan. X ni toping?
Elbek 2009-yilda Toshkentdan kvartira sotib olishga pul to’plashga qaror qildi. U $100 000 ga Golden Housedan besh xonali kvartira sotib olishni rejalashtirdi va 2010 yilning boshidan boshlab har yilning boshida yillik 8 % daromad keltiradigan loyihaga $ 6 000 dan pul tikib borsa, u qachon uy sotib olishi mumkin?
Siz bugun bank hisob raqamingizga $1 000 omonatga pul qo’ydingiz. Omonat foizi yillik foiz 8%, foiz hisoblash har chorakda (bir yilda 4 marta) murakkab foizda ko’payadi. 18 oydan so’ng bankdagi hisob raqamni yopmoqchisiz. Shunda sizning omonatdagi pulingiz miqdori qanchaga teng bo’ladi?
Tasavvur qiling siz 23 yoshga kirganingizda sizga sovg’a sifatida berilgan $1 000 pulni Orient Finance bankka omonat sifatida qo’ygan edingiz. Va siz 60 yoshga kirguningizga qadar har tug’ulgan kuningizda omonat hisob raqamingizga $2 000 dan pul qo’yib bordingiz. Agar omonat foiz stavkasi 12 % bo’ladigan bo’lsa, 60 yoshda oxirgi $2 000 ni bankka qo’yganingizdan so’ng, bankdagi omonatga qo’yilgan pul miqdori qanchaga teng bo’ladi.
“O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniya uchuvchisi 21 yil ichida nafaqaga chiqadi. Agar u bugun Kapitalbankka omonatga $ 250 000 pul qo’ysa. nafaqaga chiqqan paytda $1 000 000 pul jamg’arishi uchun omonat foiz stavkasi yiliga qanday foizda bo’lishi kerak. (murakkab foizda).
Agar pulingizni yiliga 5,5% dan ko’paytirish imkoniyati bo’lsa, pulingizni ikki barobarga ko’payishi uchun qancha vaqt kerak bo’ladi?
Ahmat 40 yoshda. U qimmatli qog’oz bozoriga har yili (birinchi to’lov bir yildan keyin) $5 000 pul kiritmoqchi. Bozordagi kapital o’sish foizi yiliga 9% bo’lsa, quydagilarni toping.
65 yoshda uning puli qancha miqdorga yetadi
70 yoshdachi
9. Sizning 190 ta ishchiga ega bo’lgan IT korxonangiz bor. IT korxonangizga daromad keltiradigan bir necha loyihalar mavjud. Loyihalarning sof joriy qiymati va bu loyihalarga talab qilinadigan ishchilar soni quyida berilgan va bu ma’lumotlardan foydalanib korxona uchun ustuvor loyihalarni ketma-ket joylashtiring. Korxana qaysi loyihalarni tanlab olsa ko’proq daromad oladi.
Loyihalar
|
Sof joriy qiymat (NPV, millionda)
|
Talab qilinadigan
ishchilar soni
|
Loyiha A
|
17.7
|
50
|
Loyiha B
|
22.7
|
47
|
Loyiha C
|
8.1
|
44
|
Loyiha D
|
14.0
|
40
|
Loyiha E
|
11.5
|
61
|
Loyiha F
|
20.6
|
58
|
Loyiha G
|
12.9
|
31
|
UMUMIY
|
107.5
|
332
|
10. Sizda ikki davlatdan biriga investitsiya kiritib daromad olish imkoniyati mavjud. “A” mamlakatda yillik 40% daromad olish imkoniyati mavjud, lekin bu mamlakatdagi inflyatsiya darajasi yillik 20% ga teng. “B” mamlakatda esa yillik 50% daromad olish imkoniyati mavjud, u yerdagi inflyatsiya darajasi yillik 30% ga teng. Qaysi davlatga kiritilgan investitsiyaning daromadliligi yuqori (real foizi yuqori)?
Do'stlaringiz bilan baham: |