HAMISHA QALBIMIZDASIZ.
E.Vohidovning 80 yilligiga bag`ishlangan tadbir senariysi.
Sahna shoir rasmlari, asarlari, asarlari asosida ishlangan suratlar bilan bayramona bezatiladi.
1-o`quvchi: Assalom, davramizning eng quvnoq yulduzlari,
She`riyat gulshanining chaqnoq o`g`il-qizlari.
Qabul aylang, ushbu kun dildagi shirin kalom,
Qo`limiz ko`ksimizda deymiz sizga: “Assalom!”.
2-o`quvchi: Adabiyot va she`riyat ixlosmandlariga chuqur hurmat-ehtirom bilan maktabimizning “Charog`bon” jamoasini taklif etamiz.
3-o`quvchi: Shiorimiz: “Intilganga tole yor”.
4-o`quvchi: Maqsadimiz: “Shoir merosin qadrlab dildan,
Buyuk kelajak sari boramiz ildam”.
1-o`quvchi: Bugun yurtimizda katta tantana,
Shogirdlar quvonchi olam-u jahon.
Yashnagan umringiz o`zi bir maktab,
Sizni sharaflaydi zamin-u zamon.
2-o`quvchi: Ijodkorlar, el ardog`idagi shaxslar haqida gap borar ekan, ularning mangulikka daxldorligini teran his qilamiz.
3-o`quvchi: Mustaqillik yillarida ma`naviyatimiz ko`zgusi bo`lgan adabiyotga, badiiy ijod va ijodkorlarga davlatimiz tomonidan doimiy e`tabor berib kelinmoqda.
4-o`quvchi: O`zining betakror iste`dodi, Vatanga muhabbat, olijanob insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum etgan, yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz ma`naviyatini yuksaltirishga qo`shgan ulkan hissasini inobatga olib, Erkin Vohidov O`zbekiston xalq shoiri unvoni bilan taqdirlangan.
1-o`quvchi: 1936-yil 28-dekabr.
2-o`quvchi: Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanidagi muallimlar oilasida bir pahlavon dunyoga keldi.
3-o`quvchi: Chaqaloq tug`ilishi barobarida ilmga oshno qalb sohiblarining xonadoniga quvonch kirib keldi.
4-o`quvchi: Yurt notinch bo`lib turgan bir pallada tug`ilgan og`longa Erkin deb ism qo`ydilar.
1-o`quvchi: Otasi Cho`yanboy, onasi Roziyaxon davrning obro`-e`tiborli, ma`rifatli kishilaridan edi.Ammo taqdir yosh yigitchaning boshiga og`ir sinov solidi.
2-o`quvchi: 9 yoshida otasidan, 10 yoshida onasidan ayrilgan yolg`iz bolakay tog`asining qo`lida qoladi.
3-o`quvchi: Toshkentda kechgan bolalik va o`smirlik yillarining eng yorqin esdaliklari shoir G`ayratiy tashkil etgan to`garak mashg`ulotlari va g`oyat olijanob hamda bilimdon tog`asining xonadonida bo`lib turadigan adabiy suhbatlar bilan bog`liq.
4-o`quvchi: Ilk she`ri “Tong nafasi “ deb nomlangan. Shundan so`ng shoirning ijodiy kamoloti boshlandi, ko`plab kitoblari nashr etildi.
1-o`quvchi: “Yurak va aql” – 1963-yil;
2-o`quvchi: “Mening yulduzim” – 1964-yil;
3-o`quvchi: “Yoshlar devoni” – 1969-yil;
4-o`quvchi: “Hozirgi yoshlar” – 1975-yil;
1-o`quvchi: “Tirik sayyoralar” – 1980-yil;
2-o`quvchi: “Oltin devor” – 1967-yil;
3-o`quvchi: “O`zbegim” kabi she`riy to`plam, doston va komediyalar shular jumlasidan.
4-o`quvchi: Biz, yoshlar qalbida shoir Erkin Vohidov Vatan, xalq taqdiri, ona yurt, uning shonli tarixi bilan faxrlanish tuyg`usini rivojlantirdi.
1-o’quvchi: Ayniqsa, bu tuyg’u “O’zbegim” qasidasida yorqin ifodasini topgan (Ishtirokchilar she’rlarini aytish davomida slaydda tabiat tasviri,tarixiy joylar,tarixiy shaxslar namoyon bo’lib turadi).
2- o’quvchi: Tarixning ming asrlar
Ichra pinhon, o’zbegim.
Senga tengdosh Pomir-u
Oqsoch Tiyonshon, o’zbegim.
3- o’quvchi: So’ylasin Afrosiyob-u
So’ylasun O’rxun xati,
Ko’hna tarix shodasida
Bitta marjon, o’zbegim.
4- o’quvchi: Tuzdiyu Mirzo Ulug’bek
Ko’rag’oniy jadvalin,
Sirli osmon toqiga ilk
Qo’ydi Narvon, o’zbegim.
1-o’quvchi: XX asrning 60-yillarida,mustabid tuzum millatlar tarixi, sha’nini toptash siyosatini olib
borayotgan bir davrda bu qasida o’zbekning o’zligini anglashida, qaddu bastini, ruhini ko’tarishda beqiyos ahamiyat kasb etgan.
2- o’quvchi: Ta’qib, tahdidlarga qaramay “O’zbegim”ni odamlar yod olib, to’y-u ma’rakalarda madhiyadek aytishgan.
3- o’quvchi: Men buyuk yurt o’g’lidurman,
Men bashar farzandiman,
Lekin avval senga bo’lsam
Sodiq o’g’lon, o’zbegim.
4- o’quvchi: Menga Pushkin bir jahon-u
Menga Bayron bir jahon,
Lek Navoiydek bobom bor,
Ko’ksim osmon , o;zbegim.
1-o’quvchi: Qayda yurmay boshda do’ppim,
G’oz yurarman gerdayib.
Olam uzra nomi ketgan,
O’zbekiston, o’zbegim.
1-o’quvchi: Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sut-u tuz hurmati.
Erkin o’g’lingman qabul et,
O’zbegim, jon o’zbegim.
3- o’quvchi: Iste’dodli adibimiz rus shoiri Sergey Yeseninning she’rlari va olmon shoiri
Gyotening ikki kitobdan iborat ”Faust” tragediyasini o’zbek tiliga tarjima qilgan.
4- o’quvchi: Erkin Vohidov qalamiga mansub “Oltin devor” komediyasi nafaqat
Yurtimizda, balki chet el sahnalarida ham qo’yilgan.
1-o’quvchi: Uning buyuk xizmatlari inobatga olinib, “O’zbekiston xalq shoiri”,”O’zbekiston
Qahramoni” unvonlariga sazovor bo’ldi.
2-o’quvchi: Qayg’udan baxt topgan,shoir qudrati,
Chaqmoqning toshidek, gullarday nozik.
G’aflat uyqusidan uyg’otgandek siz,
Faxrdan qaddimiz ko’tarurmiz tik.
3- o’quvchi: She’riyat-olovli yurakdir asli,
She’riyatni yengmas na o’lim, na vaqt.
She’riyat karvonin shoir sarboni,
O’zbeklar uchun siz qurgandeksiz taxt.
4- o’quvchi: Shoir sha’niga ajoyib ta’rif-u tavsiflar aytilgan. Jumladan, O’zbekiston
Qahramoni Ozod Sharafiddinov shunday e’tirof etgan edi:
o’quvchi: Hech kim ikkilanmay, komil ishonch bilan aytish mumkinki, Erkin Vohidov
o’zbek she’riyatining ko’rki va faxri.Bi fikrda zarracha mubolag’a yo’q.
2- o’quvchi: Shoir xalqimiz va Vatanimiz tarixidagi ulug’ sana- Mustaqillik kunini katta
quvonch bilan qarshi oldi.Istiqlolning el ardog’idagi mangu qolishini, kelajak avlod buyuk o’zbegimga munosib bo’lishini niyat qildi.
1-o’quvchi: Saodatli kunlarda
Baxtga to’la onlarda
O’rtanib, olovlanib,
Hamma: Sizni eslaymiz.
4- o’quvchi:
“Erkin o’g’lingman” deya g’urur-iftixor ila-,
Ranj-u alamlar yutgan xalqni o’yladingiz siz.
Kamtarinlikning kamolin axtarib har jabhadan
“Izingiz”ni izlab bu kun, yod etajak o’g’il-qiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |