To‘qqizinchi mavzu: Sifat –terminlar, fe’l–
terminlar va qo‘shma terminlarning yasalishi
Reja:
1. Ismlardan sifat-terminlarning yasalishi.
2. Sifat – terminlarning fe’llardan yasalishi.
3. Fe’l –terminlarning hosil qilinishi.
71
Asosiy
tushunchalar:
ismlardan
yasalgan
sifat-
terminlar, fe’llardan yasalgan sifat-terminlar, prefiks, sermahsul,
kammahsul,gibrid termin, fe’l-terminlar, qo‘shma terminlar,
model, komponent, termin-birikmalar, termin-element.
Ma’lumki, ot so‘z turukumiga xos leksik birliklarning
termin tarzida qo‘llanishi bo‘yicha so‘z turkumlari qatorida
yetakchilikka egaligi hech kim uchun yangilik emas. Shu bilan
birga, ilm-fan tilida (ya’ni mavjud ilmiy adabiyotda qo‘llangan)
maxsus
tushunchalarni
ifodalaydigan
hamda
terminologik
nomlarga doir barcha talablarga jabob beradigan terminlar o‘rnida
ham fe’l (fe’ldan yasalgan bir o‘zakli ismlar), ham sifat, ham
ravishlarning erkin ishlatilishi mumkinligini ta’kidlash maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Sifat-terminlarning yasalishi
. Morfologik usul bilan hosil
qilingan sifat – terminlar quyidagi ikki guruhga taqsimlanadi: 1)
ismlardan yasalgan sifat-terminlar; 2) fe’llardan yasalgan sifat-
terminlar.
Ismlardan sifat-terminlar yasashda tubandagi modellar
qatnashadi:
-li
affiksli so‘z yasovchi model
Sof o‘zbek (turk)cha
-li
affiksli so‘z yasovchi model
quyidagi ma’noli terminlarni yuzaga chiqaradi:
a) boshlang‘ich asosda nomlangan egalik, majudlik, borlikni
ifodalaydi :
zaharli, misli, sharikli, kislotali, tuzli, yarog‘li, fosforli,
dukkakli, to‘yimli
va h.k.;
b) dastlabki asosning predmetlik nomini bildiradi:
zararli,
muddatli, maqsadli, qimmatli, nuqsonli, foydali
va h.k.;
v) nimagadir yaroqlilikni anglatadi :
yaroqli, yeyimli,
yeyishli, xavfli, ichimli
va h.k.
– siz
affiksli so‘z yasovchi model
-siz
affiksli sifat-terminlar
–li
affiksli sifat-terminlarning
antonimi, ya’ni ziddi (
gilzali-gilzasiz, stvolli-stvolsiz, mo‘ynali –
mo‘ynasiz , gazli – gazsiz, temirli-temirsiz
va h.k.) bo‘lib, quyidagi
ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi:
a) boshlang‘ich asos orqali ifodalangan narsaning mavjud
emasligi:
ishsiz, aybsiz, vizasiz, gunohsiz, nikohsiz, xavfsiz, dalilsiz,
jarangsiz, qurolsiz, mablag‘siz, kreditsiz, tutunsiz, mo‘ljalsiz (o‘q
otish), minasiz
va h.k.;
b) dastlabki asosning oz miqdordaligini ko‘rsatadi:
jirsiz
(
jir
), tuzsiz (
tuz),
suvsiz (
suv ) va h.k.
- chan
affiksli so‘z yasovchi model
–chan
qo‘shimchali ushbu kammahsul model tub hamda
yasama fe’llardan yasalgan ot turkumli so‘zlardan “qat’iy ravishda
namoyon bo‘luvchi fazilat, xarakter belgisi va moyillik”ni
72
ifodalaydagan terminlarni hosil qiladi :
yashovchan, o‘zgaruvchan,
sezuvchan, uchuvchan (
kimyo. uchuv),
eruvchan, ko‘rinuvchan
(harb. ko‘rinuv),
tovlanuvchan, sochiluvchan
(fiz. sochiluv),
egiluvchan
va h.k.
– chil
affiksli so‘z yasovchi model
-
chan
qo‘shimchasining fonetik turi bo‘lmish kammahsul
–
chil
affiksli so‘z yasovchi model birorn narsaga bo‘lgan “moyillik,
berilganlik” ma’nosini anglatuvchi chegaralangan miqdordagi
terminlarni yasashda qatnashadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |