Hamidov nigmatulla


I bob. «YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI VA



Download 401,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana24.09.2021
Hajmi401,74 Kb.
#183420
1   2   3   4   5
Bog'liq
xrpt 1c8fd1ooi24yb31rx3xzfpkft5oour3jtzpyo6cyx7lyybfk540ajjg4evh1daax1pkelm39jdx

I bob. «YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI VA 

IZOLYATSIYA» FANINING ASOSIY MAZMUNI 

 

1.1.  «Yuqori kuchlanish texnikasi va izolyatsiya» fani 



 

    Yuqori  kuchlanish  texnikasining asosiy vazifasi elektr qurilmalar va 

uskunalar izolyatsiyasining elektr chidamligini talab darajasida bo‘li-

shini ta’minlashdir. Yuqori kuchlanish texnikasi elektr qurilmalar hamda 

elektr tarmoq va tizimlarningi ekstremal, ya’ni buzilishga yaqin, holda: 

yuqori kuchlanishli katta elektr toki ta’siridagi jarayonlarni o‘rganish; 

izolyatsiya ishdan chiqishi va buzilishining oldini olish; sanoat, qishloq 

xo‘jaligi va transport uchun yangi texnologiyalar ishlab chiqishga 

mo‘ljallangan fandir. 

    Yuqori  kuchlanishli  energetikaning asosiy vazifasi barcha elektr 

iste’molchilarini yuqori sifatli elektr energiya bilan uzluksiz va 

tejamkorlik bilan ta’minlashdir. Bu vazifa iste’molchining elektr ishlab 

chiqarish stansiyalaridan qanchalik uzoq masofada va dengiz sathidan 

qanday balandlikda joylashishidan, hamda har qanday ob-havo sharoiti: 

harorati, bosim, shamol, yomg‘ir, qor, muzlash kabilar va tabiat 

xodisalari: yer qimirlashi, qum ko‘chishi, suv toshishi, yong‘in 

kabilardan qat`iy nazar bajarilishi shart. Bundan tashqari elektr ishlab 

chiqarish va uni uzatishda ekologiya tozaligini, elektr havfsizligini, 

radio- va telekommutatsiyalarga bezararligini ta’minlanishi qat`iy talab 

qilinadi. 

    Yuqori kuchlanishlarning standart qatori. Kuchlanish qiymati 1000 V 

va undan katta bo‘lsa yuqori kuchlanish YuK hisoblanadi. Elektr 

energetikada asosan 10(6) kV, 35 kV, 110 kV, 220 kV, 500 kV, 750 kV 

standart kuchlanishlaridan foydalaniladi. O‘zbekiston respublikasining 

elektrlashtirilgan magistral temir yo‘llarida chastotasi 50 Gs bo‘lgan 

o‘zgaruvchan tokli 27.5 kV yuqori kuchlanishdan foydalaniladi. Doimiy 

tokda esa korxonalarning ichki elektrlashtirilgan temir yo‘llari ishlaydi. 

O‘zgaruvchan 50 Gs chastotali yuqori kuchlanish miqdori tortuvchi 

nimstansiyalarida 27,5kV va kontakt tarmog‘larida 25 kV bo‘lsa, doimiy 

tokda 3,3 kV va 3 kV kuchlanish qo‘laniladi. 

     



 

6

Yuqori kuchlanishni sinflanishi. Yuqori kuchlanish texnikasida 



kuchlanishning qiymatiga qarab quyidagicha sinflanadi: 

a) kichik yuqori kuchlanish sinfiga qiymati 1 kV va undan katta hamda 

10 kV va undan kichik bo‘lgan kuchlanishlar kiradi, va ular ko‘pchilik 

elektr energiya iste’molchilari uchun mo‘ljallangan; 

b) o‘rta yuqori kuchlanish sinfiga qiymati 35 kV va undan katta hamda 

110kV va undan kichik bo‘lgan kuchlanishlar kiradi, va ular elektr 

stansiyalar, havo elektr uzatish yo‘llari hamda nimstansiyalarni elektr 

tarmog‘i uchun mo‘ljallangan; 

v)  katta yuqori kuchlanish sinfiga qiymati 220 kV va undan katta 

hamda 750kV va undan kichik bo‘lgan kuchlanishlar kiradi, va ular 

issiqlik, gidro hamda atom elektr statsiyalar bilan bosh taqsimlovchi 

nimstansiyalarni havo elektr uzatish yo‘llari orqali bog‘laydi; 

g)  super yuqori kuchlanish sinfiga qiymati 1 MV va undan katta 

hamda 5÷30 MV kuchlanishlar kiradi. ular elektrofizik apparatlarda 

qo‘llaniladi. Jumladan, katta yuqori kuchlanishli va elektrostatik 

tezlatgich, siklotron kabi qurilmalarda, elektron, proton, bir va ko‘p 

zaryadli ion, zaryadlangan klastr va dielektrik parchalarga juda katta 

tezlik hamda kinetik energiya beradi. 

    Yuqori  kuchlanish  texnikasidagi kuchlanishlarning turi va shakliga 

qarab quyidagicha sinflanadi: 

-kichik chastotali yuqori kuchlanish, bu 15 Gs dan 50 Gs gacha bir 

yoki uch fazali sinusoidal kuchlanishdir

-sanoat chastotali yuqori kuchlanish, bu 50 Gs yoki 60 Gs chastotali 

bir yoki uch fazali sinusoidal kuchlanishdir; 

-katta chastotali yuqori kuchlanish 50Gs dan katta 8000Gs gacha 

chastotali sinusoidal kuchlanishdir; 

-super chastotali yuqori kuchlanish 10 kGs dan boshlab 2000MGs, 

ya’ni 2 GGs chastotali sinusoidal kuchlanishdir; 

-impulsli yuqori kuchlanish, bu turli impuls shakliga, masalan 

eksponenta, «П» shaklga, har xil front va ta’sir etish uzunligiga ega 

bo‘lgan, yashin va kommutatsiya o‘takuchlanishi kabi, kuchlanishdir; 

-doimiy yuqori kuchlanish, bu to‘g‘rilangan doimiy tokli yoki doimiy 

kuchlanishdir; 

-elektrostatik yuqori kuchlanish, bu izolyatsiyalangan elektrodda 

elektr zaryadini yig‘ilishi natijasida hosil bo‘lgan kuchlanish bo‘lib, 

elektrostatik generator hamda tasmali yoki diskli Van de Graaf 

generatorida elektrofizik apparatlplar uchun olinadi. 



 

7

    Elektr energiyani  katta masofaga uzatish va uni taqsimlashda yuqori 



kuchlanishdan fodalanish samaralidir. Katta quvvatni uzatishda YuK 

ning qo‘llanishi elektr tokining kamayishi va uzatuvchi simlarning 

ko‘ndalang kesimini kichrayishi hisobiga simlar og‘irligini yengillatilish 

va noyob elektr o‘tkazuvchan materialni tejab qolinish ta’minlanadi. 

Yuqori kuchlanishni qullash izolyatsiya sifatini oshiradi. Elektr ener-

giyaning quvvatiga kundan kun talabning ortishi elektr qurilmalarining 

quvvatini kattalashishiga olib kelmoqda. Jumladan, gidrogeneratorlar 

quvvati 500

600 MVt va turbogeneratorlar 1200 MVt dan oshgan. 



    Nominal kuchlanishlarning standart qiymatlari. Elektr qurilmalarning 

izolyatsiyasi uzoq muddat, ya’ni birnecha o‘nlab yillar davomida, 

tinimsiz ishchi kuchlanish ta’siri ostida bo‘ladi. Qurilma fazalari 

orasidagi o‘rtacha kuchlanish nominal kuchlanish deyiladi. Elektr 

tizimlaridagi nominal kuchlanishlar tartibi va tizim neytralining holati

eng katta ishchi kuchlanishlari va eng katta faza kuchlanishlarining 

qiymati 1-jadvalda keltirilgan. 

    Ekspluatatsiya  jarayonida  elektr qurilmadagi kuchlanish nominal 

kuchlanishdan farq qilishi mumkin. Bunga kuchlanishning iste’molchi 

elementlaridan o‘tayotgan tok hisobiga tushishi va manba kuchlanishini 

rostlash hisobiga ko‘tarilishi kuzatiladi. Ammo, elektr tarmog‘ining 

istalgan nuqtasida kuchlanish 1-jadvalda keltirilgan eng katta ishchi 




Download 401,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish