“Tasdiqlayman”
maktab direktori
________F.M.Sharipova
Toshkent shahri
Sergeli tumani
237-sonli umumta’lim maktabi
ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi
Avliyoqulova Ra’noning
Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni
mavzusida tayyorlagan
dars ishlanmasi
Sana: 20.10.2021 –yil
Fan: Adabiyot
Sinf: 5-“B
Mavzu: Hamid Olimjonning “Oygul va Baxtiyor” ertak- dostoni.
”Dars maqsadi:
Ta’limiy maqsad: - O’quvchilarni H.Olimjon hayoti va ijodi bilan tanishtirish hamda “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish .
Tarbiyaviy maqsad : - Doston orqali yurt farovonligi uchun kurash , bir-biriga bo’lgan mehr – muhabbatni o’quvchilar ongiga singdirish
Rivojlantiruvchi maqsad: - O’quvchilarda badiiy so’zdan zavqlanish xususiyatini ,og’zaki va yozma savodxonligini oshirish.
Fanga oid kompitentsiya:
Kommunikativ, ijtimoiy faol fuqarolik va Badiiy asarni o‘qish, tushunish va tushuntirish hamda badiiy asarni tahlil (analiz, sintez) qilish kompetensiyalari: Ertak mazmunini tushunish va tushuntirish, og‘zaki hikoya qilish. Dostonda ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashni tahlil qilish, munosabat bildirish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
1) darsni tashkillashtirish
2) navbatchilarni aniqlash; Who is on duty today?(Bugun kim navbatchi?)-…(ismi)duty today .
What date is it today?(Bugun nechanchi sana?) -today is … oktober
3) davomatni belgilash; How many pupils? (Sinfda nechta o’quvchi bor?)
Who is absent today ? ( Bugun kim yo’q?)
O’tilgan mavzu so’rash:
“Ertaklar yaxshilikka yetaklar” mavzusi bo’yicha takrorlash ertaklar haqida suhbat hamda tezkor savollar Ertak deb nimaga aytiladi?
Ertaklar boshqa viloyatlarda qanday ataladi?
Susambil qanday yurt?
Ertaklar qanday turlarga bo’linadi?
Ezop nachanchi asrlarda yashagan?
Ezopning qancha masallari bor ?
Masal nima ?
“Zarbulmasal” asari muallifi kim?
Adabiyot qanday san’at turiga kiradi?
Maqol so’zi qaysi tildan olingan? (arab)
Maqol so’zi yana qanday ataladi?(otalar so’zi)
Topishmoqlar yana qanday nom bilan ataladi? (topmacha ,matal chiston ,jumboq)
Muhaddis kim?(hadis biluvchi)
Yangi mavzuning bayoni:
Hamid Olimjonning “Oygul va Baxtiyor ” ertak-dostoni.
Juda qadim zamonda, Jambil degan yurtda nihoyatda og‘ir ahvolga tushgan xalq o‘zini qul qilgan xon zulmiga qarshi bosh ko‘taradi.
Qo`zg`olonga keksa qul Darxon va uning mardona qizi Oygul boshchilik qilardi.
Qo`zg`olon bostirilib, Darxon qatl etiladi. Oygul asr olinadi.
Saroyda xizmat qiladdigan, xondan juda jabr ko’rgan Tarlon ismli keksa qulzindonda yotgan Oygulni qutqrishga jazm etadi. Qizni sandiqqa solib, daryoga oqizib yuboradi.Sandiqqa Oygul uchun yetadigan non ham solib qo’ygan.
Daryoda uch oy oqqan sandiq nihoyat Jurjon degan yurtga kelib qoladi. Daryo qirg’og’iga o ‘tin tergani kelganbir kambag’alchol sandiqni tutib, suvdan olib chiqadi. O’rog’I yordamida sandiqning bir chetinizo’rg’a ochgach, uning ichidan odam tovushikelayotganidan cho’chibketgan soda chol, odamlarorasida ochay dae sandiqni bozorga olib boradiva boshi baloga qoladi. Odamlar uni o’g’ri gumon qilibushlashdi va podshoh saroyiga olib kelishadi. Oddiy odamlar taqdiriga befarq, bag’ritosh podshohesa sandiq ichidagi narsa nima ekanini oxirigacha surishtirmay, sho’rlik cholning tanini boshidan judo qiladi. Podshoh akarlari sandiqni ochib, og’izlari lol qoladi. Sandiqdan Oygul chiqishi bilan saroy charaqlab ketadi. Podshoh uning husniga lol qolib, unga uylanishga qaror qiladi. Oygul xonni umuman yoqtirmaydi. Hiyla ishlatib, chomilishni bahona qilib, qirq qizlar bilan daryoga boradi. O’zini daryoga tashlaydi. Daryoda uni Jayhun nomli baliq yutib yuboradi.
Go’zal yurt Susambilda bir podachi bor edi. Ismi Baxtiyor edi. Ujuda go’zal va baquvvat edi. Podachilik qilardi. Rustam kabi zo’r edi, Ammo elda xor edi, kambag’al nochor edi. Baliq ovlab yurgan podachidan non so’raydi. Baliqchi noni yo’qligini, to’rga ilingan baliqni unga berishini aytadi.baxtiyor rozi bo’ldi. To’rga jayhun baliq ilindi. Baliqni ikki ho’kizga tortib uyiga olib keldi. Otasi bilan birgalikda baliqn iqornini yorganda, uning qornidan go’zal Oygul chiqdi. Baxtiyorva otasi hayron qolishadi. Cholga salom berib, Baxtiyorga turmushga chiqishini aytadi. Chol bizda pul yo’q, to’y qilishga deydi. Shunda Oygul baliqning qornida yotganida 2 ta yoqut topganini aytadi. Shuni oltinga almashtirib keliishini choldan so’raydi.
Chol bozorga borib, yoqutni oltinga almashlaydi. Katta to’yi tomashalar beradi. Yori Baxtiyor bilan Susambilni jannatmisol yurtga aylantirgan. Oygulning yodidano’z eli Jambil, uning ezilganxalqi nohaq o’ldirilgan otasiningxotirasi ketmas edi. Xalqni xon zulmidan xalos qilish niyatida Oygul kata qo’shin bilan jambilga hujum qiladi va g’alabaga erushadi. Qonxo’r xondan qutulgan elga Tarlon otani rahbar etib tayinlaydi, o’zi esa kelin bo’lib borgani Susambilga –suygan yori Baxtiyorning yurtiga qaytadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Xalqimizda «Uzukka ko‘z qo‘ygandek» degan ibora bor. Shu iborani Oygul bilan Baxtiyorga nisbatan ishlatsa bo‘ladimi?
2. Oygul zolim podshoh qo‘lidan qutulish uchun o‘zini tashlagan daryo qaysi daryo bo‘lishi mumkin?
3. Baliq qornidan tirik chiqqan Oygulning o‘zi Baxtiyorning otasiga unga kelin bo‘lmoq niyatida ekanini aytadi. Shu holatni qanday izohlaysiz?
4. Asarning qaysi qahramoni o‘z ozodligi, baxt-u saodati yo‘lida ko‘proq harakat qiladi? Buning sababi nimada, deb o‘ylaysiz?
5. Ertak-dostondan o‘zingizga eng ma’qul bo‘lgan lavhani yod oling.
Uyga vazifa:
“ Oygul bilan Baxtiyor ” ertak dostonini o’qib, parcha yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |