Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


Qadimgi shumerlar va bobilliklarni umuminsoniy abadiy-falsafiy muammolardan quyidagilari juda qiziqtirgan



Download 0,76 Mb.
bet19/160
Sana18.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#383981
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160
Bog'liq
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti (2)

Qadimgi shumerlar va bobilliklarni umuminsoniy abadiy-falsafiy muammolardan quyidagilari juda qiziqtirgan:

  1. Ilohiy taqdirni pok, musaffo yashash, gunohlardan qutulish bilan, yaxshiliklar qilish bilan ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkinligi masalasi. Ular alohida Takdir ilohasi (zardushtiylarda Porloq tole, rimliklarda Fortuna) ga iltijo qilib, pok musaffo yashashga ahd, va'da qilganlar.

  1. Mangu hayot yoki aqalli uzoq yashash va inson ruhining abadiy o‘lmasligi masalasi. Barcha diniy e'tiqoddarda bu dunyo hayoti va oxirat olamida yashashga ishonch-e'tiqod, tasavvurlar yaxshi rivojlangan. Bu hol Shumer va Bobilda yanada kuchli.

  1. Bu dunyoda gunohkor, yovuz, adolatsiz odamlarga taqdir, tole kulib boqishi va yaxshi, sofdil odamlarning baxtsizligi haqidagi ziddiyatlar muammosi.

  1. “Bilgamish” dostonida sevgi ma'budasi Inanna (Bobil variantida — Ishtar) bilan Marhumlar olamining malikasi (o‘lim ilohasi Ereshkigal) opa-singillar deb tasvirlanadi. Dostonda sevgi ma'budasi o‘zining ma'shuqi shahzoda-cho‘pon Dumuzini o‘lim olami elchilari — jinlar qo‘liga topshirib yuborishi ramzida, bizningcha, bunday hayot falsafasi bor: Sevguvchi, oshiq-doimo sadoqatli, lekin sevilguvchi-ma'shuqa, mahbuba doimo bevafodir. Odamzod hayotni sevadi, lekin hayot odamzodga bevafo va bebaqo. Sevgi ilohasining singlisi - o‘lim ilohasi Ereshkigal dostonda adolatli, bir so‘zli, va'dasiga sodiq deb ulug‘lanadi. Hayot hammaga bir xil qaramaydi, yomonlarni alqab, yaxshilarga azob beradi. O‘lim esa hammaga birday qaraydi, unga shoh bilan gadoning farqi yo‘q.

  1. “Bilgamish” dostonida sevgi ma'budasi Inanna (Ishtar) bahodir pahlavon (Bilgamish)ni o‘ziga yor qilib (to‘g‘risi, o‘ziga asir qilib) olmoqchi bo‘lib, shirin so‘zlar aytadi. Ammo donishmand bahodir Bilgamish unga aldanmaydi. U Inanna (Ishtar)ninghyech kimga vafo qilmasligini, yaxshi odamlarni yo‘ldan uruvchi fohisha ekanligini aytadi. Doston davomida Bilgamish, malika Ishtarga “Avval sevgi ma'budasi eding, endi fohishalar ma'budasi bo‘lding, endi sen qasrlar, bog‘larda emas, ko‘cha-ko‘yda, bozorlarda jazman izlaysan”, deydi. Boshqa joyda Enkidu unga “Menga xotin bo‘la turib, boshqa erkaklarni yo‘ldan urding, eng kuchli arslonni sevarding, unga yetti joyda choh qaziding, sevimli otingni urib qiynading, yana bir cho‘pon sevgilingni bo‘riga aylantirib, itlarga talatding”, deb la'natlaydi. Shumer va Bobil badiiy adabiyotida sevgi ilohasi baxtsizlik keltiradi deb qoralanadi. Bularning barchasi majoziy tasvirlar bo‘lib, hayot voqyealarining in'ikosi sifatida talqin qilinadi.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish