Mantiqiy elementlar har qanday raqamli sxemalarning asosini tashkil qiladi. Biz ko'rib chiqadigan mantiqiy elementlar ikkilik sanoq sistemasidagi raqamlar bilan ishlagani uchun ikkilik mantiqiy elementlar deyiladi. Mantiqiy elementlarni oddiy uzgichlarda, releda, tranzis-torlar, diodlar va integral sxemalarda (IS) yig'ish mumkin.Arzonligi, ixchamligi va keng tarqalgani tufayli ko'pgina mantiqiy elementlar IS larda yig'iladi.
«HAM» mantiqiy elementi
«HAM» mantiqiy elementi kO'pincha «hammasi» yoki hech qaysisi tipidagi element deyiladi.Quyidagi l-rasmda «HAM» elementining ishlash prinsipi mexanik kalitlar yordamida namoyish qilingan.
Bu rasmda L lampa yonishi uchun har ikkala kalit - A va B ulanishi kerak.
Mantiqiy element «HAM» kO'pincha integral sxemalarning korpusida diodlarda va tranzistorlarda yig'iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |