11
kazidan siqib chiqaradi. Ko‘z o‘ngimizda siyosatni ichki va tashqiga
bo‘lish ahamiyatli bo‘lmagan global dunyo paydo bo‘ladi. 1969
yilda
J.Rozenau tomonidan ilgari surilgan jamiyatning ichki hayoti va
xalqoro munosabatlarning o‘zaro ta’siri to‘g‘risidagi g‘oyalari bun-
day yondashuvga katta ta’sir ko‘rsatdi.
U birinchilardan bo‘lib, dunyoning “ikkiga bo‘linishi”ga oid fikr-
larni bayon etdi: zamonaviylik, bir tomondan, davlatlararo o‘zaro
munosabatlar maydonlari mavjudligi bilan xarakterlanadi, by erda
klassik diplomatiya va strategiya “qonunlari” amalda bajariladi;
boshqa tomondan, “suverinitetdan tashqari” aktorlar, ya’ni nodavlat
ishtirokchilari to‘qnashadigan maydon mavjud. Bundan Jahon
siyosatining ikki qatlamligi kelib chiqadi: davlatlararo munosabatlar
va nodavlat aktorlarning o‘zaro aloqalari bir-biri bilan alohida nisbatan
mustaqil va bir-biriga parallel ikki “post- xalqoro” siyosatni tashkil
etadi;
Ichki va tashqi siyosatning o‘zaro munosabati muammosini
o‘rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Deterministik tushuntirish haqiqatning bir qismini aks ettiradi
xolos va shu sababli universallikka da’vogarlik qila olmaydi. Aslida
u yoki bu mamlakat ichki siyosiy hayotida yuz bergan har qanday
muhim hodisa uning xalqaro holatida aks etadi va undan tashqi
siyosat sohasida tegishli choralarni ko‘rishni talab qiladi.
2. Hozirgi sharoitda ichki va tashqi siyosat o‘rtasidagi aloqalar
mustahkamlashib bormoqda, shu bois ba’zida bu atamalarning
qo‘llanishi o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda, aslida, gap
ularning doimiy
ravishda bir-birini to‘ldirib borishi to‘g‘risida ketmoqda. Tashqi
siyosatning ustuvor jihatlari taraqqiyotining ichki omillari ta’siri os-
tida shakllanadi, bu holatda ichki siyosat rejimi maqsadlari – siyosiy
demokratiya, bozor iqtisodiyoti va boshqalar hisobga olinadi.
3. Suverenitetdan xoli aktorlarning o‘sishi davlatning tugashini
bildirmaydi. Ichki va tashqi siyosat bir-biri bilan chambarchas
bog‘langan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir tanganing ikki tarafi
hisoblanadi, ulardan biri davlatning ichki tomoni, boshqasi davlat-
ning tashqi tomonini ifoda etadi.
4. Siyosiy vaziyatlar va voqealarning murakkablashuvi o’z
oqibati bilan shunday holatga olib keladiki, ularning xatti-xarakati
nafaqat milliy chegaralar doirasidan chiqadi, shu bilan birga iqti-
sodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarda va ideallarda jiddiy
o’zgarishlarga olib keladi va ko’pgina holatlarda odatdagi tasav-
vurlarimizga to’g’ri kelmaydi.
12
Bularning hammasi XM nazariyasi fanini tushuntirishni qiyin-
lashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: