154
“vaziyat”lar va “jarayonlar” kabi tushunchalarni tahlil qiladi. Ular
asosida matritsa yaratiladi. Matrisa axborot ta’minoti darajasini
hisobga olgan, tadqiqotchiga obyektni tanlashga imkon beruvchi
o‘ziga xos “xotira”dan iboratdir.
Operatsional blokda, bosh vazifa “umumiy-maxsus-yagona” uch-
ligi xarakteridagi (tipdagi) modellarni (konseptual, nazariy va aniq)
va ularning shakllarini (verbal yoki mazmunli, formal, kvantlashgan)
ajratishdan iborat. Ajratilgan modellar uning asosiy pallalari (shakl),
bosqichlari (xarakter)lari va ularning munosabatlarini aks ettiruvchi
modellashtirishning nazariy modelini ifoda etuvchi matrisa shaklida
namayon bo‘ladi.
2-bosqichda, so‘z tadqiqotning umumiy vazifasi yechimining
dastlabki nuqtasi sifatida mazmuniy konseptual modelni barpo etish
haqida ketmoqda. Matritsa ko‘rinishida tasvirlangan ikki tushun-
chalar guruhi asosida “tahliliy” (mohiyat – hodisa, mazmun - shakl,
son - sifat ) va “sintetik” (materiya, harakat, makon, vaqt) tadqiqot-
ning umumiy doirasini belgilab beruvchi “universal bilish tuzilmasi -
konfigurator” yaratiladi. Keyin, yuqorida ko‘rsatilgan har qanday ti-
zim tadqiqotining mantiqiy darajalarini ajratish
asosida qayd qilingan
tushunchalar reduksiyaga duchor qilinadi, natijada tahliliy (mohi-
yatli, mazmunli, strukturali, xulqiy) va sintetik (substratli, dinamik,
makonli va vaqtli) obyektlar xarakteristikalari ajratiladi. Shunday
qilib, “tizimli mo‘ljallangan matrik konfigurator” tuzilmasiga ta-
yanib, XM tizimi evolyutsiyasining spetsifik hususiyatlari va ba’zi
tendensiyalari aniqlanadi.
3-bosqichda, XM tarkibi va ichki tuzilishning batafsil tahlili
o‘tkaziladi, ya’ni uning modellari yaratiladi.
Bu yerda XM tizimining
tarkibi va tizilishi (elementlar, kichik tizimlar, aloqalar, jarayonlar),
shuningdek, XM tizimining dasturlari (manfaatlar, zaxiralar, maq-
sadlar, harakatlar tarzi, manfaatlar munosabati, kuchlar munosabati,
munosabatlar) ajratiladi. Manfaatlar, zaxiralar, maqsadlar, harakatlar
tarzi tizimosti “dasturlar” elementlarini tashkil etadi. Tizimni yuzaga
keltirmaydigan elementlar sifatida xarakterlanuvchi zaxiralarni mual-
lif vosita zaxiralari (ashyoviy-energetik va axborot) va
sharoit zaxira-
lari (makon va vaqt)ga ajratadi. “XM tizimi dasturi” tizim osti va
dasturi elementlari”ga nisbatan hosila hisoblanadi. Uning “tizimni
shakllantiruvchi unsuri”, “kuchlar nisbati” tushunchasi hisoblanadi.
155
Ko‘rib o‘tilgan dasturning uchinchi hosila elementi muallif tomo-
nidan tizimning o‘zi va muhit haqidagi baholovchi tasavvuri deb
qabul qilinadigan “munosabat” hisoblanadi. M.A.Xrustalev ana
shunday qurilgan nazariy modelga tayanib, jahon taraqqiyotining
zamonaviy bosqichi uchun xarakterli real jarayonlarni tahlil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: