Halqaro munosabatlar bo‘limining asosiy vazifalari:
halqaro munosabatlarda rivojlangan davlatlar, xalqaro tashkilotlar va ularning
institutlari bilan hamkorlik qilishda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati
prinsiplarini Vazirlik miqyosi va vakolati doirasida olib borish. Xalqaro tashkilotlar,
xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va yangi munosabatlarni o‘rnatishda
vazirlik ishtirokini ta’minlash;
xalqaro tashkilotlar homiyligida respublikada va chet mamlakatlarda o‘tkazilayotgan
xalqaro anjumanlar, o‘quv kurslari, konferensiyalarda vazirlik vakolati doirasida
ishtirok etish;
xalqaro munosabatlarda vazirlik ishtirokini tahlil qilib borish;
xalqaro shartnomalar, kelishuvlar va bayonnomalarda vazirlik vakolati doirasidagi
masalalar bo‘yicha ko‘rsatilgan majburiyatlarning monitoringini olib borish, hamda
axborot bankini kengaytirib borish;
ushbu materiallar asosida tahliliy axborotlarni tayyorlashni va tegishli vazirlik va
idoralarga
yuborish;
xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash va uni
amalda tadbiq qilish;
xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va ularning institutlari bilan fuqaro muhofazasi
masalalari bo‘yicha vazirlik faoliyati doirasida hamkorlikni mustahkamlash va
rivojlantirish;
markaziy Osiyo davlatlari bilan aholi va hududlarni vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
favqulodda vaziyatlarni oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlikni
tashkil etish va rivojlantirish;
vazirlik miqyosida o‘tkazilgan uchrashuvlar, tadbirlar yuzasidan umumlashgan
axborot tayyorlash va matbuot xizmati bilan birgalikda xalqaro munosabatlarning
rivojlanish jarayonini doimiy ravishda ommaviy-axborot vositalarida yoritib borish;
xar yarim yillikda, xalqaro munosabatlarni olib borilishi bo‘yicha umumiy tahliliy
sharhni tayyorlash va vazirlikning barcha hududiy tuzilmalariga yuborilishini
ta’minlash.
Halqaro munosabatlar bo‘limining asosiy funksiyalari:
halqaro tashkilotlar va ularning institutlari faoliyati to‘g‘risida tahliliy materiallarni
tayyorlash;
fuqaro muhofazasi sohasi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar olib borayotgan faoliyat
to‘g‘risida materiallar to‘plash, tahlil qilish va ular tug‘risida axborot bankini
kengaytirib borish;
Markaziy Osiyo va rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan fuqaro muhofazasi sohasida
hamkorlikni kengaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
vazirlik vakolati doirasida davlatlararo Kelishuv, SHartnoma va Dasturlarni
tayyorlashda
ishtirok etish, ularning hisobini yuritish;
O‘zbekiston Respublikasi ma’sul vazirlik, idora va muassasalari, shuningdek xalqaro
tashkilotlar vakillari bilan aholi va hududlarni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha
axborot almashish;
respublika hududida o‘tkazilayotgan sohaga tegishli xalqaro anjumanlarda ishtirok
etish, xalqaro ilmiy seminarlar, simpoziumlar, hamda konferensiyalar materiallarini
sohaga tadbiq qilishda ularning samarali yo‘llarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston
Respublikasi
vazirlik
va
idoralarning
xalqaro
bo‘limlari
(departamentlari) bilan vakolat doirasida yozishmalar olib borish;
vazirlik boshqarma va hududiy bo‘linmalari ishlarini xalqaro hamkorlik sohasida
muvofiqlashtirish;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining chet el xizmat safari bilan bog‘liq
tashkiliy va rasmiy ishlarni bajarish va muvofiqlashtirish;
o‘z vakolati doirasida bo‘limga tushgan korrespondensiyalarni ko‘rib chiqib, takliflar
kiritish.