Halqali chuvalchanglar (Annelides) tipi. Reja: Nеmеrtinalar va tiqonboshlilar tipi



Download 187,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi187,97 Kb.
#241181
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Z 1

  

Hazm qilish sistemasi - og’iz teshigi tanasining oldingi uchida, birinchi tana bo’g’imining 

ostida  joylashgan.  Og’iz  –  kattagina  choziq  muskulli  qisqa  halqumga  tutashgan.  Halqum 

devoridagi  bezlar  (so’lak  bezlari)  hazm  qilishga  yordam  beradi.  Halqum  uzunroq  qizilo’ngach 

bilan  tutashgan  bo’lib,  uning  ostki  qismiga  uch  juft  ohak  bezlari  (organik  kislotalarni 

neytrallashga  xizmat  qiladi)  ning  yo’li  ochilgan.  Qizilo’ngachning  kengaygan  keyingi  qismi 

jig’ildon  deb  ataladi.  Jig’ildon  esa  muskulli  kichikroq  oshqozonga  ochiladi.  Oshqozondan 

tananing orqa tomoniga qarab ichak ketadi. Chuvalchanglar chiriyotgan o’simlik qoldiqlari bilan 

oziqlanadi. Ular chirindilarni tuproq bilan birga qo’shib ichagidan o’tkazadi. Oziq ichakda hazm 

shirasi  ta’sirida o’zlashtiriladi.  Ichak devorida juda ko’p bir hujayrali bezlar joylashgan bo’lib, 

bular  oziqni  hazm  qiladigan  shira  ishlab  chiqaradi,  (barg,  chirindi  va  b.lar)  qizilo’ngach 

devorining qisqarishi bilan jig’ildondan oshqozonga o’tib maydalanadi, so’ng ichakka o’tadi va 

bu  yerda  hazm  bo’ladi.  Oziq  tarkibidagi  moddalar  qonga  so’riladi.  Oziqning  hazm  bo’lmagan 

qismi tuproq bilan birga anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi.   



Qon  aylanish  sistemasi  -  dastlab  halqali  chuvalchanglarda  kuzatilgan.  Yomg’ir 

chuvalchangining qon aylanish sistemasi bir biri bilan tutashib turadigan qon tomirlaridan iborat. 

Chuvalchang tanasida ikkita yirik qon tomir, biri – orqa qorin tomiri, ichak ostida joylashgan. Bu 

ikkala yirik qon tomirlar halqa tomirlar orqali o’zaro tutashgan. Qizilo’ngach atrofida joylashgan 

5–6  ta  yo’g’on  halqa  tomirlarning  devori  muskullar  bilan  taminlangan.  Bu  tomirlar  qisqarish 

xususiyatiga ega bo’lganligi tufayli “yurak” deb ataladi. Bu esa qonni tomirlar bo’ylab harakatini 

ta’minlaydi.  Halqa  tomirlar  va  yirik  qon  tomirlardan  tanadagi  turli  organlarga  mayda  qon 

tomirlar tarqaladi. Qon tomirlarda qizil rangli qon oqadi. Qonda tanachalar (hujayralar) yo’q. Bu 

tomirlar  ham  o’z  navbatida  juda  mayda  tomirlarga  ajraladi.  Organlarda  joylashgan  eng  mayda 

qon tomirlar kapillyarlar deb ataladi. Kopillayar tomirlar terida va ichak devorida ayniqsa ko’p 

bo’ladi. 

Halqumdagi  halqa  qon  tomirlari  qisqarishi  natijasida  qon  orqa  tomir  bo’ylab  tananing 

oldingi tomoniga, qorin tomir bo’ylab orqa tomoniga oqadi. Chuvalchangning qon tomirlari tana 

bo’shlig’i bilan tutashganligi sababli ularning qoni tana suyuqligi bilan aralashib ketmaydi; qon 

esa  faqat  qon  tomirlarda  oqadi.  Shu  sababdan  yomg’ir  chuvalchangi  va  boshqa  halqali 

chuvalchanglarning  qon  tomirlari    yopiq  qon  aylanish  sistemasini  hosil  qiladi.  Qon  orqali 

kislorod va oziq moddalari tashiladi. Ichakda hazm bo’ladigan oziq moddalar ichak devori orqali 

qonga shimiladi va hamma organlarga tarqaladi. 

Maxsus  nafas  olish  organlari  yo'q.  Terisi  orqali  nafas  oladi.  Kislorod  tuproq  havosidan 

teri  orqali  kapillyarlardagi  qonga  o'tib,  qon  bilan  hamma  organlarga  tarqaladi.  Hujayralarda 

moddalar  almashinuvi  natijasida  hosil  bo'lgan  karbonat  angidrid  ham  teri  orqali  organizmdan 

chiqib  ketadi.  Chuvalchang  terisi  shilimshiq  modda  bilan  namlanib  turadi.  Nam  teri  kislorodni 

yaxshi o'tkazadi. 

Ayirish  sistemasi  -  oq  planariyanikidan  farq  qilib,  har  bir  tana  bo'g'imida  bir  juftdan 

sirtmoqqa  o'xshash  buralgan  ingichka  uzun  naychalar  ayirish  sistemasi  vazifasini  bajaradi. 

Naychalarning  bir  uchi  tana  bo'shlig'iga,  ikkinchi  uchi  esa  teri  orqali  tashqariga  ochiladi. 

Naychalarning  tana  bo'shlig'iga  ochilgan  uchi  voronkaga    o'xshash;  kengaygan  va  juda  ko'p 

kiprikchalar  bilan  ta'minlangan.  Bu  xildagi  nefridiya  voronkalari  juda  ko’p  (200  juft)  va 

takrorlangani  uchun  bularni  metonefridiya  deb  nomlangan.  Bu  naychalarning  (nefridiyalar) 

harakati  tufayli  zararli  moddalar  tana  suyuqligi  bilan  birga  naychalarga  o'tadi  va  teri  yuzidagi 

teshikchalar ya’ni metanefridiyalar orqali organizmdan chiharib yuboriladi. 




Download 187,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish