1 -jadval. Raqobat bilan bog’liq tushunchalarning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari
Kategoriyalarning nomi
|
Uziga xos xususiyatlari
|
Bellashuv
|
Yashash uchun kurash orqali namoyon bo’luvchi yetakchilikka, umuman g’alabaga intilish. Bellashuvning mavjud bo’lmasligi - inqiroz belgisidir. Musobaqa va raqobatga nisbatan umumiy tushuncha hisoblanadi.
|
(Mehnatdagi raqibchilik
|
Mehnat sohasidagi bellashuv shakli, mehnatda o’zini ko’rsatish, yaxshi natijalarga erishish istagidir. U, xususan, mehnatdagi shaxsiy yutuqlarni ishlab chiqarish jarayoni boshqa ishtirokchilarining natijalari bilan o’lchash, taqqoslashni taqozo etadi. Mehnatdagi raqibchilik - umuman bellashuvga qaraganda nisbatan aniq tushunchadir.
|
Musobaqalashuv
|
Ijtimoiy ishlab chiqarish sohasidagi bellashuv shakli bo’lib, ishtirokchilar tomonidan erishilgan natijalarni ma’lum tarzda taqqoslash bilan bevosita bog’liq. Musobaqalashuv reytingni ko’tarish, maqomni oshirish tomon intilishni taqozo etadi. U mehnat jarayonining barcha ishtirokchilarini o’z o’rniga qo’yib, ularning tabaqalashuviga olib keladi.
|
Raqobat
|
Tovar munosabatlari sohasidagi bellashuv shakli, bozor raqibchiligidir. U xom ashyo va yarimfabrikatlarni xarid qilish va sotish, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishning nisbatan foydali sharoitlariga ega bo’lish, ko’proq foyda
|
|
olish uchun kurashdir. Raqobat tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashuviga olib keladi, tovar ishlab chiqarishning regulyatori bo’lib maydonga tushadi.
|
Ba’zi bir adabiyotlarda raqobatning nafaqat bozor iqtisodiyotiga, balki ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga ham taalluqli ekanligi e’tirof etiladi. Jumladan, buyruqbozlik iqtisodiyoti ikki muhim xususiyati bilan ajralib turadi: birinchidan, barcha moddiy resurslarga amalda ijtimoiy mulkchilikning bo’lishi; ikkinchidan, resurslardan foydalanish hajmlari, ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotlarni taqsimlash va shu kabilarga taalluqli barcha asosiy qarorlarning markaziy davlat organlari tomonidan qabul qilinishi. Davlat mulki bo’lgan korxonalar ishlab chiqarishni ham uning ko’rsatmalari - ishlab chiqarish rejalari asosida amalga oshirar edi.
Ammo, shunday bo’lsada, hatto shunday vaziyatlarda ham xo’jalik sohasida raqobat kurashi faqat yashirin va buzilgan shakllarda mavjud edi. Xo’jalik xodimlari davlat organlarida o’xshash korxonalarga qaraganda pastroq reja topshiriqlari - bajarish osonroq, oshirib bajarganlik uchun davlat tomonidan moddiy va ma’naviy rag’batlantiriladigan hamda obro’ beradigan ko’rsatkichlar uchun kurash olib borar edilar. Davlat korxonalari o’rtasida fondlar va limitlar uchun, foydali va ishonchli yetkazib beruvchilarga birkitish uchun kurash borar edi. Tarmoqlar esa resurslar olish uchun o’zaro kurashardi.
Ammo buyruqbozlik iqtisodiyoti sharoitlarida iste’molchilar o’rtasidagi raqobat nihoyatda kuchli edi: davlat tomonidan amalda barcha iste’molchilarga qulay narxlar belgilangan, mahsulotlar va xizmatlar taklifdan ortiq talabda o’zining taqchilligi tufayli yetishmas edi. Narxlarni sun’iy ushlab turish ishlab chiqarish hajmlari to’lovga qobil aholi ehtiyojlaridan tobora orqada qolayotgan tarmoqlar sonining ko’payib borishi bilan qo’shilib, iste’molchilar o’rtasida raqobatning odat tusiga kirgan g’ayriqonuniy usullari tizimini yaratdi: ilg’or xodimlarni taqchil tovar xarid qilish huquqi bilan rag’batlantirish, tovarlarni davlat savdosidan olib yuqori narxlarda yashirin va jinoyatkorona sotish va hokazolar.
Bu borada taniqli iqtisodchi-olim Yo.Abdullaevning fikrlarini keltirish o’rinlidir: bozor munosabatlari o’tmishdagi «sotsialistik musobaqani» mutlaqo tan olmaydi, u haqiqiy, ta’sirchan, rag’batlantiruvchi, zrkin raqobatchilikni talab qiladi.
Ta’sirchan va rag’batlantiruvchi, erkin iqtisodiy raqobatni rivojlantirish evaziga ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar ustidan xaridorlarning hukmronligi o’rnatilib, bu bozor munosabatlarining mohiyatini belgilovchi sharoit hisoblanadi6. Raqobatning faqat erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida to’laqonli amal qilishi hamda o’z mohiyatini to’liq namoyon eta olishini quyidagi jadval orqali kuzatish mumkin (1.1.2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |