ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА
МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ МОЛИЯ ИНСТИТУТИ
Mustaqil ish
Investitsiya va innovatsiyalar fani.
Mavzu: Investitsiyalarni moliyalashtirishda bank kreditining
roli.
Bajardi: BHA 58-2 talabasi
Nematilloyev Azizbek Anvarovich
Tekshirdi: Shayaqubov Sh.
ТОШКЕНТ - 2022
Mavzu: Investitsiyalarni moliyalashtirishda bank kreditining
roli.
Investitsiyalar zamonaviy iqtisodiyotda nihoyatda muhim rol o’ynaydi, chunki investitsiyalar bo’sh moliyaviy resurslarga ega bo’lgan bozor sub’ektlari uchun foyda olish maqsadida jamg’armani samarali joylashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni kengaytirish, aholini ishsiz qatlamlarini ushbu tarmoq korxonalarining ish bilan ta’minlash hamda shu orqali aholi farovonligiga erishishga yordam beradi.
Investitsiyalarni moliyalashtirish ayrim manbalarining o’rni va roli, ko’p jihatdan, makroiqtisodiy muvozanat hamda o’sish barqarorligi, mulkchilik shakllarining rivojlanish darajasi va o’zaro nisbatlari, bank-moliya tizimining rivojlanganligi va boshqalar bilan belgilanadi. Investitsiya loyihalari bo’yicha qarorlar qabul qilishda iqtisodiyotning moliya sektorining rivojlanishidagi ob’ektiv shart-sharoitlarni, investitsiya qarorlarini qabul qilishga aniqlik kiritadigan va ta’sir ko’rsatadigan moliyaviy vositachilik darajasini, ulardan foydalanish vositalari hamda mexanizmlarini hisobga olishga to’g’ri keladi.
Iqtisodiyotning real sektoridagi investitsiyalarni moliyalashtirish manbai tarzida bank kreditining roli, asosan, jamg’armalarning o’sish sur’atlari, pul, valyuta hamda kapital bozorlarining holati bilan aniqlanadi va belgilanadi.
Moliyaviy vositachilikda raqobat muhitining mavjudligi va umuman Markaziy bankning pul-kredit, foiz siyosati va bank institutlari strategiyasi aniqlovchi omillar sifatida qaraladi. Bu jihatdan jami investitsiya faoliyati samaradorligini oshirishdagi bosh yo’nalish moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, qaytarilmaslik sharti bilan byudjet hisobidan moliyalashtirishdan investitsiyalarni kreditlashga o‟tishdan iborat. Bank krediti evaziga mablag’ ajratishda ehtimoli bo’lgan jami risklar bir qadar to’liqroq hisobga olinadi, ularni kamaytirish yo’llari belgilanadi, kreditni qaytarish muddatlari, manbalari va ularning foizlarini to’lash chora-tadbirlari ko’riladi. Ssudalarning oldindan belgilangan muddatlarda qaytarilishi majburiyligi va kreditning to’lovligi asosiy kapitalga safarbar etiladigan investitsiyalardan oqilona foydalanishga ko’maklashadi va qarz vositalaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish quvvatlarini o’z vaqtida ishga tushirish va o’zlashtirish mas’uliyatlarini oshiradi. Iqtisodiy asoslangan holda investitsiyalarni kreditlashni tashkil qilish ularning samaradorligini ko’tarishda alohida ahamiyatga egadir.
Birinchidan, kreditning ishtiroki kapital sarflarni iqtisodiy sub’ektlar faoliyatining pirovard iqtisodiy natijalariga uzviy bog‟lanishini ta‟minlashga yordam beradi va o’z navbatida loyihaviy qarorlarining eng tejamkor variantlarini tanlashdan manfaatdorlikni ta‟minlaydi.
Ikkinchidan, qarzning asosiy miqdorini va u bo’yicha foizlarni qaytarish manbai bo’ladigan foydani o’stirish imkoniyatlarini faol izlashni rag’batlantiradi. Shu bilan birga loyihalarni moliyalashtirish uchun bank kreditlarini berish, bank, kredit, foiz va boshqa risklarni, kredit resurslarini qaytarmaslik risklarini ko‟paytiradi. Bu esa banklarni har tomonlama o’ylangan, «yetti o’lchab, bir kesilgan» qarorlar qabul qilishga majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |