Sharxlash usuli – qo’llanilishi huquq normalarining tarkibi haqida
maxsus axborot olish imkonini beruvchi bir-biriga yaqin bo’lgan usullar
to’plami. Usullarning xarakteri qabul qilinuvchi axborot xususiyatini
aniqlab beradi.
Pacta sunt servanda – Xalqaro shartnomalarni vijdonan bajarish
(ado etish) prinsipi.
Qoshimcha shart (ogovorka, clause) – xalqaro ko’p tomonlama
shartnoma qatnashchilaridan birining, shartnomaning biror qoidasini o’zi
uchun majburiy emasligi haqida yoki shunday qoidani o’zgartirib qo’llash
niyatida bir tomonlama rasmiy bayonoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |