Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   185
 
 
11.1. Umimiy qoidalar 
 
1978 yilda mazkur masala bo’yicha xalqaro shartnomalarga nisbatan 
davlatlarning  huquqiy  vorisligi  to’g’risidagi  Konvensiya  qabul  qilindi.  U 
butun tafsilotlari bilan qabul qilingan mufassal hujjat hisoblanadi.  
Ma’lumki,  Konvensiya  loyihasining  muzokarasi  diplomatik 
Konferensiyalarning ikki sessiyasini egalladi
1
.  
BMT  Bosh  Assambleyasi  huquqiy  vorislikka  tegishli  bo’lgan  o’z 
rezolyutsiyalarida 
kodifikatsiya 
Ikkinchi 
jahon 
urushidan 
so’ng 
mustaqillikka  erishgan  davlatlarning  fikrini  hisobga  olishi  lozim  deb 
ta’kidlagan
2

Xalqaro  huquq  komissiyasi  gap  yangi  mustaqil  davlatlar  haqida 
ketganda,  zamonaviy  amaliyot  oldin  mavjud  bo’lgan  presedentlarni 
o’zgartirishini  e’tirof  etgan.  Shu  bilan  birga  asosiy  qoidalar  bugun  ham 
saqlanib  qolingan.  Shuning  uchun  davlat  amaliyoti  qay  darajada  faqat 
siyosatni  ifodalashi  va  qay  darajada  yuridik  huquq  va  majburiyatlarni 
ifodalashini aniqlab olish vazifasi qo’yilgan. Yangi mustaqil davlatlarning 
huquqiy  vorislik  masalalarini  hal  qilishda  zamonaviy  presedentlar  BMT 
Ustavining  prinsiplarini  hisobga  olgan  holda  amaliyotni  aks  ettirishi 
muhim
3

Konvensiya  muqaddimasida  avvalambor  xalqaro  hamjamiyatda 
dekolonizatsiya jarayoni bilan bog’liq chuqur o’zgarishlarga alohida urg’u 
berilgan. 
Ayrim  mualliflar  huquqiy  vorislik  to’g’risida  gapirish  noo’rin  deb 
hisoblaydi
4
.  Aksariyat  huquqshunoslar  huquqiy  vorislikni  bir  davlat 
hududining  ikkinchisiga  o’tish  fakti  sifatida  baholashadi.  Bu  fikr  davlat 
                                                 
1
  Qarang: U.N. Conference on the Succession of States in Respect of Treaties. Vol.I. 1977; Vol. II and III 1978. 
2
  Qarang,  masalan:  1962  yil  20  noyabrdan  1765  (XVII)  rezolyutsiyasi,  1963  yil  18  noyabrdan  1902(XVIII) 
rezolyutsiyasi 
3
 Qarang: YILC.1974. Vol.  II.Part One. P. 167. 
4
 Qarang, masalan: Do’ring K. Volkerrecht. Heidelberg. 1999. S.74. 


178 
 
vakillari  tomonidan  ham  tasdiqlangan.  1972  yili  Xalqaro  huquq 
komissiyasining 
ma’ruzasi  muhokamasidan  so’ng  BMT  Bosh 
Assambleyasining  Oltinchi  qo’mitasi  bayonot  berdi:  barcha  vakillar 
“moddalar  loyihasida  ishlatilgan  “huquqiy  vorislik”  tushunchasi  faqat  bir 
davlatni  ikkinchisi  bilan  almashtirish  faktini  bildiradi  va  buning  yuridik 
oqibatlari hisoblangan huquq va majburiyatlarga taaluqli barcha savollarni 
rad etadi deb kelishildi”
1
.  
Demak,  Konvensiyada  davlatlar  huquqiy  vorisligi  biron  bir 
hududning  xalqaro  munosabatlari  uchun  majburiyatlarni  ado  etishda  bir 
davlatning  ikkinchisi  bilan  almashishi  belgilanadi  (2.1v-modda).  Bu  fikr 
Xalqaro Sud amaliyotida ham o’z aksini topgan.  
Masalan, 1992 yilgi Salvador va Gonduras o’rtasidagi chegara baxslarini hal 
qilishda  Sud  davlatlarning  huquqiy  vorisligini  “bir  davlatning  hududiy  mustaqilligi 
boshqasiga o’tishining usullaridan biri”
2
 sifatida belgiladi. 
Konvensiya  nafaqat  voris  va  o’tmishdosh  davlatlarning  huquqiy 
holati,  balki “boshqa  ishtirokchi davlatlar”ga  ham  tegishlidir.  Har  qanday 
davlat  o’tmishdosh  davlatdan  tashqari  voris  davlatga nisbatan  va huquqiy 
vorislik  ob’ekti  hisoblangan  hududga  nisbatan  davlatlarning  huquqiy 
vorisligi paytida kuchga kirgan shartnoma ishtirokchisi hisoblanadi.  
Masalan,  voris  davlat  va  o’tmishdosh  davlatlardan  biri  o’rtasida  huquqiy 
vorislik  to’g’risida  kelishuv  tuzishda  shartnoma  boshqa  tomonlar  uchun  majburiy 
bo’lmaydi.  Voris  davlatning  shartnoma  bo’yicha  majburiyatlarni  qabul  qilish 
to’g’risidagi bir tomonlama bayonoti uni boshqa tomonlar uchun majburiy qilmaydi. 
Davlatlarning 1891 yildagi London konferensiyasi rezolyutsiya qabul 
qildi,  unda  “dastlabki  asosga  muvofiq,  xalqlar  ichki  tuzilmasi  qanchalik 
o’zgarishlarga uchrasa ham, traktatlar o’z majburiyatlarini o’zgartirmaydi” 
degan  fikr  tasdiqlandi.  Bu  boshqaruv  shaklining  o’zgarishi  (monarxiya  – 
respublika)  ham,  davlat  tuzumining  o’zgarishi  (federatsiya-unitar  davlat) 
ham  shartnomaga  ta’sir  qilmaydi  deganidir.  Bu  hukumatlarning 
konstitutsiyaviy almashuviga ham tegishli.  
Xalqaro maydonda tan olinishni maqsad qilib qo’ygan to’ntarishdan 
keyingi  yangi  hukumatlar  odatda  qabul  qilingan  majburiyatlarga  o’z 
sodiqligini  ko’rsatadi  deb  amaliyot  guvohlik  beradi.  1964  yilgi 
Braziliyadagi  harbiy  to’ntarishdan  so’ng  vaqtinchalik  hukumat  tashqi 
ishlar  vaziri  Braziliya  xalqaro  kelishuvlarga  rioya  qiladi  deb  bayonot 
berdi
3
.  1975  yili  Bangladeshda
4
,  1984  yilda  Nigeriyada
1
,  1985  yilda 
                                                 
1
 Qarang: YILC.1974. Vol.  II.Part One. P. 6. 
2
 ICJ. Reports. 1992. P.351. 
3
 Qarang: Правда. 1964.9 апрель 
4
 Qarang: Правда. 1975. 17 август 


179 
 
Sudanda  bo’lib  o’tgan  to’ntarishdan  so’ng  yangi  hukumat  huddi  shunday 
yo’l  tutdi.  Oxirgi  holatda  Misr  hukumati  bo’lib  o’tgan  voqealar  Sudan 
davlatining  ichki  ishi  deb  qabul  qilishini  va  ular  o’rtasidagi  kelishuvni 
bajarishga tayyor ekanini aytdi
2

Shartnomalarga nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi to’g’risidagi 
moddalarning qo’llanish sohalarini belgilashda Halqaro huquq komissiyasi 
ijtimoiy  yoki  boshqa  inqilobiy  shakllar  bilan  vujudga  kelgan,  davlat 
tuzumining 
o’zgarishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  huquqiy  vorislik 
muammolarini  ularni  qo’llanishdan  chiqarib  tashlashga  qaror  qildi. 
Komissiya  fikricha,  “aksariyat  hollarda”  inqilob  yoki  to’ntarish  qanday 
xarakterga  ega  bo’lmasin,  davlatning  aynan  o’xshashligi  emas, 
boshqaruvni o’zgartiradi
3

Chegaralar  tartibi  to’g’risidagi  shartnomalar  alohida  o’rin  tutadi. 
Ma’lumki,  1969  yil  Konvensiyasi  holatlarning  tubdan  o’zgarishi  chegara 
to’g’risidagi  shartnomani  tugatish  uchun  unga  murojaat  qilish  huquqini 
bermaydi  deb  belgilagan.  Huquqiy  vorislik  shartnoma  bilan  belgilangan 
chegara yoki ularning tartibiga dahlsizdir
4

 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish