Халкаро шартномалар хукуки


 Sharxlash prinsiplari va qoidalari



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   185
9.3. Sharxlash prinsiplari va qoidalari 
 
Prinsiplar  sharxlashning  birmuncha  umumiy  bo’lgan  tartib-
qoidalarini o’zida aks ettiradi. Ular orasida markaziy o’rin xalqaro huquqiy 
majburiyatlarni  vijdonan  bajarish  prinsipidir.  Xalqaro  huquq  normalari 
vijdonan bajarilishi va o’z navbatida adolatli sharxlanishi lozim. 
Vena Konvensiyalari bu prinsipni sharxlashning umumiy qoidasidagi 
asosiy  tarkibini  aniqlashtiradi:  “Shartnoma  uning  matnidagi  atamalarga 
berilgan  oddiy  ma’nodan,  shartnomaning  maqsadi  va  ob’ektidan  kelib 
chiqib vijdonan sharxlanishi lozim” (31-modda, 1-band). 
Ushbu  prinsipning  ahamiyati  Xalqaro  Sud  tomonidan  ko’p  bora 
e’tirof  etilgan.  Yadro  qurollarni  sinab  ko’rish  to’g’risidagi  masala 
yuzasidan  chiqarilgan  qarorda  shunday  deyiladi:  “Manbasi  qanday 
bo’lishidan  qat’iy  nazar,  huquqiy  majburiyatlarning  yuzaga  kelishi  va 
bajarilishini  tartibga  soluvchi  prinsiplardan  biri,  adolatlilik  prinsipi 
hisoblanadi.  Ko’plab  sohalarda  o’zaro  hamkorlik  taboro  muhimlashib 
borayotgan  asrda  xalqaro  hamkorlikda  ishonch  muhim  ahamiyatga  ega”. 
Bunda  adolatlilik,  ishonchlilik  prinsipining  ishonch  va  haqqoniylik  kabi 
elementlariga urg’u beriladi. 
Sharxlashning  keyingi  prinsipi,  samaradorlilik  prinsipi  hisoblanadi. 
Ushbu  prinsipni  tushinish  uchun,  1995  yil  2  oktyabrdan  Sobiq 
Yugoslaviya  uchun  Xalqaro  Tribunalning  qarorini  keltirib  o’tish  lozim: 
shu tariqa, mavjud xalqaro huquq nuqtai nazaridan kelib chiqib, “mumkin 
                                                 
1
  Robert  Kolb.  The  Law  of  Treaties  (An  Introduction).  -  Cheltenham,  UK;  Northampton,  MA,  USA:  Edwarb  Elgar 
Publishing, 2016. – P.145.; 


169 
 
bo’lgan doirada statut ushbu maqsadning samaradorliligini, ta’sirchanligini 
ta’minlagan holda sharxlanishi lozim”. 
Samaradorlilik prinsipi shartnomaning maqsadi va ob’ektiga muvofiq 
ravishda  sharxlanishi  talab  etadigan  Vena  konvensiyalarida  o’z  aksini 
topgan.  Shartnoma  maqsadining  kelgusida  shakillanib  borishi  – 
samaradorlilik prinsipining asosiy talabi.  
Navbatdagi  prinsip,  huquqiy  jihatdan  to’g’rilik  prinsipi.  Sharxlash 
tomonlarning boshqa turdagi majburiyatlari va xalqaro huquq normalarini 
hisobga olgan holda amalga oshirilishi va ularni buzilishiga olib kelmasligi 
lozim.  Qonunlarni  isloh  qilish  huquqni  buzilishiga  olib  kelmaydi.  Prinsip 
jiddiy  ahamiyatga  ega.  Aytib  o’tilganiday,  bir  tomonlama  sharxlash 
normalarning  buzilishini  to’g’irlash  uchun  ishlatiladi.  Huquqiy  jihatdan 
to’g’rilik prinsipi sharxlashning yaxlitlik prinsipi bilan bog’liq. U xalqaro 
huquq  normalari  barcha  holatlarda  bir  xilda  sharxlanishi  lozimligini 
anglatadi.  Normalarni  bir  holatda  boshqacha,  yana  bir  boshqa  holatda 
boshqacha sharxlash mumkin emas.  
Sub’ektlarni  xurmat  qilish  prinsipi  davlatlarning  suveren  jihatdan 
tengligi prinsipidan kelib chiqadi. Sharxlash natijalari sub’ektlarning faqat 
bittasiga  tegishli  huquqlarni  bir  tomonlama  ta’qiqlab  qo’ya  olmaydi. 
Sub’ektlardan  birining  huquqlarini  ta’qiqlovchi  tegishli  normalar 
chegaralangan bo’lishi kerak. 
Zamonaviy  xalqaro  huquqning  o’ziga  xos  xususiyati,  undagi 
adolatlilik  prinsipining  mustahkamlanganligi  hisoblanadi.  U  sharxlashda 
ham  muhim  rolga  egadir.  Sharxlashning  natijalari  sub’ektlardan  birining 
qonuniy manfaatlarini bir yoqlama chegaralashi mumkin emas. Adolatlilik 
prinsipi  tadqiq  qilishning  boshqa  vijdoniylik,  huquqiy  jihatdan  to’g’rilik, 
sub’ektlarning haq-huquqlarini xurmat qilish kabi prinsiplari bilan bog’liq. 
Sud  jarayonlarida  amalga  oshiriladigan  sharxlashda  bu  prinsip  alohida 
ahamiyatga ega. 
Sharxlashning asosiy qonun-qoidalari quyidagilar: 
Normalardagi mavjud atamalarning, matnni hisobga olgan holda, asl 
ma’nosi  tushunilishi  lozimligi  (matndan  kelib  chiqqan  holda  normalarda 
ishlatilgan  atamalar  o’zining  oddiy  ma’nosiga  muvofiq  keluvchi  ma’noda 
tushunilishi),  atamalarga  faqatgina  tomonlarning  xohish-istagidan  kelib 
chiqib  alohida  ma’no  berish  mumkin.  Xalqaro  Sudning  1950  yil,  Bosh 
Assambleyaning  davlatlarni  BMTga  qabul  qilishga  tegishli  bo’lgan 
vakolati  haqidagi  konsultativ  xulosasida  shunday  deydi:  “Sudning 
Shartnoma  holatini  sharxlashga  qaratilgan  birinchi  majburiyati  -  ularni 


170 
 
matnda  mavjud  bo’lgan  asl  va  oddiy  ma’nosiga  ko’ra  harakatga 
keltirishdir.  Agarda  tegishli  so’zlar  ma’nosi  matnda  ham  o’zining  asl  va 
oddiy  ma’nosiga  mos  ravishda  keltirilgan  bo’lsa,  u  holda  ishga  yakun 
yasaladi.  Agarda,  boshqa  bir  tomondan  so’zlarning  asl  ma’nosi 
aniqlanmagan  yoki  noo’rin  tushunchalarga  olib  keladigan  bo’lsa,  faqat 
o’shandagina Sud sharxlashning boshqa bir vositalari yordamida, tomonlar 
aslida  bu  so’zlarni  ishlatish  orqali  nimani  nazarda  tutgan  bo’lsalar  o’sha 
narsani aniqlashga harakat qilishi lozim
1

Maxsus normaning qoidasi – huquqning umumiy prinsipi. Sharxlash 
maxsus normalarni  umumiy normalar oldidan sharxlash  vakolatidan kelib 
chiqishi  lozim.  Gap  umumiy  imtiyoz,  maxsus  normalar  umumiy 
normalarni  bekor  qilishiga  yo’l  qo’yuvchi  kuchliroq  yuridik  kuch  haqida 
emas,  aynan  sharxlash  imtiyozi  haqida  bormoqda.  Maxsus  normalar 
umumiy  normalarni  aniqlashtiradi,  oydinlashtiradi  va  to’ldiradi,  ba’zida 
esa  istes’nolar  ham  qiladi.  Maxsus  normalarning  tadbiq  qilish  imtiyozini 
e’tirof  etgan  holda,  ularni  keng  ko’lamda  sharxlash  kerak  emas.  Bunday 
normalar,  ular  to’g’ridan-to’g’ri  qo’llanilishi  ko’zda  tutilgan  hollarda  va 
ular belgilanishiga qat’iy mos kelgan ravishda qo’llaniladi. 
Bir  tildagi  qonunlarni  sharxlashdagi  mavjud  qiyinchiliklar  barchaga 
ma’lum.  Bu  qiyinchiliklar  bir  nechta  tildagi  matnlarni  sharxlashda  bir 
necha  barobar  ortadi.  Har  bir  tilning  o’z  semantikasi  mavjud  bo’lib,  ular 
turli  xildagi  huquqiy  tizimlarning  yanada  muhimroq  bo’lgan  atamalari  va 
tushunchalarni o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish