Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   185
Xalqaro  sud  ham  2002  yili  Kamerun  va  Nigeriya  o’rtasidagi  chegaralar 
to’g’risidagi ish bo’yicha qarorda shunga o’xshash amaliyotni qo’lladi. 
Bu  ishni  ko’rish  jarayonida  Nigeriya  Marua  Deklaratsiyasi  uning 
Konstitutsiyasiga  muvofiq  u  tomondan  ratifikatsiya  qilinmaganini  qat’iy 
ishontirdi.  Sud  keltirilgan  dalilni  ahamiyatsiz  deb  tan  oldi.  Bu  sudya 
Rezekaning  e’tiroziga  sabab  bo’ldi,  u  hududiy  masalalarga  bag’ishlangan 
bu qadar muhim shartnomalar Konstitutsiyaga muvofiq tasdiqlanishi zarur 
deb hisobladi
2

Sud  amaliyotini  tahlil  qilish  natijasida  Halqaro  huquq  quyidagi 
xulosaga  keldi,  ya’ni  bu  amaliyot  “xalqaro  tribunallar  xalqaro  huquq 
bo’yicha  davlat  vakillari,  ya’ni  tashqi  ishlar  vaziri  yoki  xalqaro 
jarayondagi  vakillarning  o’z  davlatini  majburlash  vakolatlarini  istar-
istamas shubhaga soladi” deb har doim ham aniq bildirmaydi
3

Davlatlar 
amaliyotida 
shartnoma 
bilan 
kelishuvning 
nokonstitutsiyaviyligi  dalil  qilib  keltirilgan  bir  necha  holatlarni  ko’rish 
mumkin.  Biroq  bunday  dalillar  boshqa  davlatlar  tomonidan  juda  kam 
hollarda tan olingan. 
“Shartnoma  tuzish  vakolatlariga  doir  davlat  ichki  huquqi  nizomi  va 
halqaro tashkilot qoidalari” to’g’risidagi 46- moddada quyidagilar nazarda 
tutilgan:  davlat  shartnomaning  uning  uchun  majburiy  ekanligiga  uning 
roziligi  ichki  huquqning  u  yoki  bu  normasining  buzilishi  ifodalangan, 
uning  roziligi  haqiqiy  emasligi  asosida  shartnomalar  tuzish  vakolatlari 
bilan bog’liq xolatni, agar faqat ushbu normaning buzilishi aniq bo’lmasa 
                                                 
1
 Qarang: PCIJ.1933. Ser.A/B. No.53 P.75 
2
 Rezeka. ICJ.Reports.2002.P.491 
3
 YILC.1966. Vol. II.P.241. 


154 
 
va  o’ta  muhim  ahamiyatga  ega  normaga  tegishli  bo’lmasa,  dalil  qilib 
ko’rsatishga haqli emas. 
Xalqaro tashkilot haqida gapirilganda, u shartnomaning uning uchun 
majburiy  ekanligiga  uning  roziligi  bu  tashkilot  qoidalarining  buzilishi 
bilan  ifodalangan,  uning  roziligi  haqiqiy  emasligi  asosida  shartnomalar 
tuzish  vakolatlari  bilan  bog’liq  xolatni,  agar  faqat  ushbu  qoidaning 
buzilishi  aniq  bo’lmasa  va  o’ta  muhim  ahamiyatga  ega  qoidaga  tegishli 
bo’lmasa, dalil qilib ko’rsatishga haqli emas. 
Qoidalar buzilishi har qanday davlat va har qanday halqaro tashkilot 
uchun  ob’ektiv  aniq  va  ravshan  bo’lsa,  bu  aniq  buzilish  hisoblanadi,  bu 
holda  ular  o’zlarini  shu  masalaga  nisbatan  vijdonan  davlatlar,  zaruriy 
holatlarda  esa  xalqaro  tashkilotlar,  oddiy  amaliyotiga  muvofiq  tutishi 
o’rnatilgan.  
Tashkilotlarning 
davlatlar 
bilan 
tenglashtirilishi 
ayrim 
qiyinchiliklarni  tug’diradi.  Ko’rib  chiqilayotgan  modda  butunlay  davlat 
huquqiga  emas,  balki  faqat  shartnomalarni  tuzish  vakolatlariga  doir 
qoidalarga tegishlidir. Huquqning boshqa prinsip va normalariga qarshilik 
e’tiborga  olinmaydi,  chunki  ular  xalqaro-huquqiy  ahamiyatga  ega  emas. 
Gap tashkilot haqida borganda, uning ustavi tashkilot va uning a’zolariga 
vazifa yuklovchi xalqaro-huquqiy akt hisoblanadi. Shuning uchun tashkilot 
ustavining maqsad va prinsiplariga zid bo’lgan shartnoma kelishuvi, uning 
haqiqiyligi uchun ahamiyatsiz deb ko’rilmaydi. 
Shu  bilan  birga  keltirilgan  modda  faqat  umumiy  normani  belgilab 
bergan.  Aniq  masalalarni  hal  etishda  xalqaro  huquq  Komissiyasi 
tomonidan  ta’riflangan  qator  qoidalarga  tayanish  lozim.  Jumladan,  agar 
ichki  huquq  buzilishiga  kiritilgan  shartnoma  kuchga  kirib,  tomonlar  uni 
amalga oshirishni boshlagan bo’lsa, uni faqat boshqa tomon roziligi bilan 
tugatish  mumkin.  Shartnoma  tugatilishini  talab  qiluvchi  davlat  boshqa 
tomonlar oldida javobgarlikka tortilishi lozim. 
Keng  doiradagi  xalqaro  aktlarga  nisbatan  Konstitutsiyaviy  sud 
nazorati  O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  nazarda  tutilgan  va 
“O’zbekiston  Respublikasining  davlatlararo  shartnomaviy  va  boshqa 
majburiyatlarini  qamrab  oladi”  (109-modda).  Biroq  bunday  aktlarning 
nokonstitutsiyaviyligini belgilash oqibatlari aniqlanmagan. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish