XULOSA
Xalqimizni tarixi o‘z ildizlari bilan asrlar qa’riga borib taqaladi va uch
ming yildan ko‘proq davrini o‘z ichiga oladi. Qadimiy Turon,
Movarounnahr, Turkiston hududida ravnaq
topgan davlatlar jahon
madaniyatini rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan. Biron-bir xalq
ma’naviyatiga xos qadriyatlarning boshqa xalqlar tomonidan tan olinishi,
tabiiyki, ana shu xalq tarixiga nisbatan chuqur hurmat ifodasidir. Bunday
e’tirof xalqning g‘urur va iftixori, milliy o‘zligini yanada yuksaltirishga
xizmat qiladi.
Shu ma’noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas
dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi.
Buning tasdig‘ini dunyoning turli mamlakatlarida ularning hayoti va
faoliyati haqida e’lon qilinayotgan
ilmiy va badiiy asarlar, ulug‘
ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ham
ko‘rish mumkin. Shular qatorida Belgiyada Ibn Sinoga, Litvada Mirzo
Ulug‘bekka, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy
bobomizga, Misr poytaxti Qohira shahrida esa Ahmad Farg‘oniy xotirasiga
o‘rnatilgan muhtasham haykallarni eslash joiz. Xalqimizning asl tabiatida
mavjud bo‘lgan ana shunday ilmiy-ma’naviy salohiyat va fazilatlar haqida
gapirar ekanmiz, «Oqqan daryo oqaveradi»,
degan naql beixtiyor
yodimizga tushadi. Chindan ham, tariximizning qaysi davrini olmaylik,
yurtimizda ilmu ma’rifat va yuksak ma’naviyatga intilish hech qachon
to‘xtamaganini, xalqimiz dahosining o‘lmas timsoli sifatida eng og‘ir va
murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo‘lib kelganini ko‘rishimiz
mumkin.
Bugun O‘zbekiston deb ataluvchi hudud,ya’ni
bizning vatanimiz
nafaqat sharq, balki, umumjahon sivilizatsiyasi beshiklardan biri
bo‘lganini butun jahon tan olmoqda. Darhaqiqat, moddiy va ma’naviy
madaniyatimiz nafaqat o‘z xalqimiz, balki Yevropa, Osiyo, Arab
mamlakatlarini ham o‘ziga
jalb qilib,qiziqish uyg‘otmoqda va bu
umuminsoniy qadriyatlarga qo‘shilgan salmoqli hissadir.
Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki
jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy
fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli,
shu bilan birga bilimdon, zukko,
ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega,
zamonaviy kasb-hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni etishtirib
beradi.
“Tarbiya” fanini o‘qitishda sharq mutafakkir allomalari jahon
fanining rivojiga bebaho hissa qo‘shganliklari bilan bir qatorda- o‘z
faoliyatlarida
insonni
ulug‘lash,
xalqparvarlik,
mehnatsevarlik,
vatanparvarlik, adolat, olijanoblik, do‘stlik, rostgo‘ylik, kamtarlik, saxiylik,
mardlik, muruvvatlilik, odob, axloq, ilm-ma’rifat
haqida ilgari surgan
g‘oyalarini singdirish katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. “Tarbiya”
darslarida buyuk mutafakkirlarimiz merosini o‘rganish beqiyos ta’limiy va
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Zero, yoshlar qalbiga nur, ongiga ziyo bo‘lib kirib, ona Vatanimiz
O‘zbekistonning fayz-baraka yurti sifatida gullab yashnashiga munosib
hissa qo‘shayotgan yoshlar buyuk ajdodlarimiz yaratgan boy merosni
yanada puxtaroq o‘rgansalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.