HALIMA SADILLOYEVA
9. Bitiruv malakaviy ishlarini yozish metodikasi.
Reja:
1.Bitiruv malakaviy ishi va uning tarkibiy qismlari.
2.Bitiruv malakaviy ishi mavzu tanlash va adabiyotlar bilan ishlash.
3.Ishning nazariy va amaliy qismi.
4.Bitiruv malakaviy ishi uchun tajriba-sinov ishlarini bajarish.
Referat bilan kurs ishlarini yozish talabani tadqiqot ishiga tayyorlash bo'lsa, magistrlik dessertasiyasini yozishdan maqsad, tadqiqot.
Bitiruv malakaviy ishini yozganda talaba mavzu tanlashdan boshlab, himoyagacha bo'lgan bosqichlarni o'rganadi. Shuning uchun ham ba'zi Bitiruv malakaviy ishi mualliflari fan nomzodligi ilmiy darajasini berishga tavsiya etilgan hollari mavjud.
Bitiruv malakaviy ishi talabaning oliy o'quv yurtini muvaffaqiyatli bitirib, belgilangan bilimlarni to'liq egallab ishni yozish orqali malakali kadr bulib shakllanganligini ko'rsatuvchi xujjatdir.
Bitiruv malakaviy ishi mustaqil ravishda olib boriladigan tadqiqot, u dolzarb muammolardan biriga bag'ishlangan bo'ladi. Uni yozdirishdan maqsad:
- talabani o'quv muasasasidan kechgan umri davomida olgan bilimlarni jamlash, tartibga solish va o'z dunyoqarashiga va muayyan kasbga ega bo'lganligini ko'rsatish.
- amaliy hayotda uchraydigan vaziyatlardan mutaxassis sifatida mustaqil chiqib keta olishga, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy sohalarda echimini kutib turgan masalalar ichida eng dolzarbligi bilan ajratib olishga, maxsus adabiyotlar bilan ishlashga, tadqiqot ishiga birlamchi materiallar to'plashga va ularni tahlil qilib umumlashtirishga hamda fikrini boshqalar oldida isbotlab himoya qila olishga o'rgatishdir.
- mavjud bilimlardan foydalanib yangi bilimlarni topish va amaliy hayotda ulardan jamiyat manfaatida foydalanish uchun ko'nikma hosil qildirish.
Bitiruv malakaviy ishini bajarilish darajasi uning muallifi malakasi ko'rsatadi.
Bitiruv malakaviy ishini yozish va himoyaga tayyorlanish quyidagi bog'liq bosqichlardan iborat.
1 - bosqich. - davlat tomonidan olimlarga ijtimoiy buyurma qilib qo'yilgan va echimini kutib turgan masalalar orasida tadqiqot mavzusini tanlash va adabiyotlar bilan dastlabki tanishish.
2- bosqich - adabiyotlar bilan ishlash va mavjud birlamchi materiallar bilan tanishish, Bitiruv malakaviy ishini yozish muddatini belgilash.
3- bosqich - tuzilgan reja buyicha birlamchi materiallarni to'plash va maxsus adabiyotlarni tahlil qilish.
4 - bosqich - yig'ilgan materiallarni qayta ishlash, ularni tahlilini o'tkazish va Bitiruv malakaviy ishini yozib ilmiy rahbarga takdim etish.
5- bosqich - Bitiruv malakaviy ishiga tuzatishlar kiritish va unga taalluqli chizma, model yoki buyumni tayyorlash.
6- bosqich - tuzatishlardan keyin ishni ilmiy rahbarga ko'rsatib, uning roziligini olish va ishni himoyaga tayyorlash.
7 - bosqich - himoya va uning tantanasini o'tkazish. Bitiruv malakaviy ishini bosqichma - bosqich amalga oshirish muddatlari jadval shaklida tuzilib uch nusxada tayyorlanadi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. jadvalning bir nusxasi kafedrada, ikkinchisi ilmiy rahbarda va uchinchisi diplom ishi muallifiga bo'ladi.
Jadvalning muddatlari yuzasidan talaba rahbariga va zarur hollarda kafedrada hisobot berib turadi.
Mavzuni tanlash va adabiyotlar bilan dastlabki tanishish.
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi olimlar oldiga qo'yilgan masalalarning biriga qaratilgan bo'lishi lozim. Odatda bitiruv malakaviy ishi ilmiy ish sifatida kafedra o'ziga bir necha yilga tadqiqot rejasiga kiritilgan mavzularning birortasini talabalarga beradi. Bizning fikrimizcha bu to'g'ri. Talabalar Bitiruv malakaviy ishi to'g'risida olib borilgan tadqiqotlar mohir bir ilmiy rahbar qo'l ostida bajarilganda uning ilmiylik darajasi oshadi va amaliyotda qo'llash mumkin bo'ladi. Biroq mavzu kafedraning umumiy tadqiqot mavzusiga muvofiq kelishiga qaramay, uni tanlab olish erki talabiga beriladi. bu ishga majburlash man qilinadi. Chunki zo'rlab berilgan mavzuni tadqiqotchi chin yurakdan bajarmaydi.
Bitiruv malakaviy ishini yozishda rahbarlik kafedrada mavzuni muhokama qilinayotganda, kafedradagi o'qituvchilarga ajratilgan o'quv yuklamalari asosida belgilanadi. So'ngra o'quv muassasasining ma'muriyati Bitiruv malakaviy ishi mavzulari to'g'risida chiqarilgan buyrugida uning ilmiy rahbari ham kayd qilinadi.
Kafedra Bitiruv malakaviy ishi yozadiganlarni metodik qo'llanmalar bilan ta'minlaydi. Bu qo'llanmalar Bitiruv malakaviy ishiga qo'yiladigan talablar, uning hajmi va boshqa bir qator ko'rsatmalar va qoidalar, ko'rsatilgan bo'ladi.
Bitiruv malakaviy ishining rahbari:
- mavzuni tanlashga va adabiyotlar ro'yxatini tuzishga yordam beradi.
- dessertasiya rejasini tuzishga ko'maklashadi.
- asosiy va maxsus adabiyotlar ro'yxatini tuzishga va birlamchi materiallar to'plashga yordam beradi.
- ilmiy ish vaqtida bajarilishini nazorat qilib boradi.
- talaba bilan birgalikda tuzilgan va kafedra tomonidan tasdiqlangan jadval asosida konsultasiya berib boriladi.
- Ilmiy rahbar ish qanday yozilayotganini tekshirib, kuzatib boradi. Agar ish mavzudan chikib ketgan bo'lsa, yoxud uni to'la asoslanmagan bo'lsa, to'g'ri yo'lga solib, unga tegishli yordam beradi. O'z navbatida talaba ilmiy rahbarning vaqtini tejash uchun tayyor savollar bilan keladi, qo'lyozma savodli va tushunarli yozilgan bo'lishi kerak.
Ish tayyor bo'lgandan keyin ilmiy rahbar unga kengaytirilgan taqriz yozib, kafedra mudiriga topshiradi.
Taqrizga quyidagilar qayd qilinishi shart.
1. Muallif o'z oldiga qo'ygan masalani qanchalik hal qilishga erishganligi.
2. Bajarilgan ishning qismlari buyicha qisqacha tasnifi.
3 Maxsus adabiyotlar va birlamchi materiallardan foydalanish.
4. Mavzudagi qaysi masalalar yaxshi yoritilgani, qaysilari sust tahlil qilganlik darajasi.
5. Ishni mustaqil bajarish darajasi.
6. Dessertasiya ishidaga yakuniy fikrlarni asoslanganligi va tavsiyanomalarning amaliy ahamiyati, zamon va makon talabiga mosligi.
7. Ximoyaga kuyish mumkin yoki mumkin emasligi.
Kafedrna va dekanat bitiruv malakaviy ishini jadvaldan chikmay bajarilayotganini, ularning sifatini nazorat qilib turadi.
Bitiruv malakaviy ishi odatda kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan tashkil topadi. Uning qismlari o'zaro uzviy bog'liq bulib mantiqan bir- biridan kelib chiqishi va asosiy maqsadga xizmat qilishi kerak.
Ish tarkibiy tuzilishini shakllantira-yotganda, uning konsepsiyasi ham tuziladi. Ya'ni tadqiqotni amalga oshirish jarayoni ilmiy asoslab beriladi. Bunda tadqiqot yakunida nimaga erishish kerakligi, buinng uchun qanday ilmiy tadqiqot usullraidan va qaysi birlamchi materiallaridan foydalanish zarurligi va kuriladigan adabiyotlar tavsiloti bayon etib boriladi.
Mazkur ishga taalluqli adabiyotlarni ko'rishda yoki birlamchi materiallar to'plash va ishlash jarayonida yoxud ilmiy ish yozish paytida avvaldan to'zilgan reja o'zgarishi mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi umumiy hajmi qo'lyozmada 100-120 betdan oshmasligi kerak. Bitiruv malakaviy ishi matinini yozish, unga taallukli jadval, rasm vaboshqa birlamchi materiallar, kulyozmalar nashrga tayyorlash qoidalari asosida bajarilgan bo'lishi kerak.
Kirishning xajmi 3- 5 betdan oshmasligi kerak. Unda mavzuning dolzarbligi, amaliy ahamiyati, unga ijtimoiy buyurma borligi aytib utiladi. Sungra bu mavzuning ishlanganlik darajeasi yoritilib ishlanmagan javhalarni aniqlanadi va ulardan mazkur mavzuni tanlab olinganligini isbotlab beriladi.
Mazkur tadqiqotning kutilgan natija, ya'ni maqsadga etish uchun echilishi zarur bo'lgan masalalar majmui va ularni hal qilish uchun bajariladigan ishlar hamda bunda ishlatiladigan ilmiy amaliy usullar tizimi keltiriladi.
Asosiy qism dessertasiyaning umumiy xajmi 80 foizini tashkil qilish kerak. Dessertasiyaning nazariy qismini (ko'pincha unga alohida bulib ajratilgan) bayon qilishdan oldin, ushbu mavzuda chop etilgan adabiyotlarni chukur o'rganib chikib, ulardagi tushuncha, Qonun va qoidalarni tahlili beriladi.Sungra ular asosida nazariy asoslari ko'rsatilab, ilmiy asoslanadi.
Xulosa dessertasiya matnining boshidagi nazariy asoslari tadqiqotlar yakuni bilan solishtiriladi va yangi natijalar aniqlanadi. Xulosaning oxirida tadqiqot natijalaridan kelib chikib, amaliyotchilarga uni hayotga tadbik etish buyicha tavsiyalar beriladi. Shu bilan bitiruv malakaviy ishi xomaki nusxasi tayyor bo'ladi. Bitiruv malakaviy ishining bu nusxasi ilmiy rahbarga ko'rsatilib uning kamchiligi va analiz joylari to'zatiladi, adabiy taxrirdan utkaziladi va oxirgi nusxasini bosish uchun mashinaga yoki kompyuterga beriladi.
Bitiruv malakaviy ishini yozish buyicha tavsiyalar. Bitiruv malakaviy ishi adabiy bog'liq bo'lishi shart. Bitiruv malakaviy ishida boshqa mualliflarning fikri va adabiyotlaridan iktisoslar qilingan bo'lsa, manbalarning to'liq ko'rsatkichlari beriladi.
Bitiruv malakaviy ishida keltirilgan rakamlar tadqiqot mavzusini ochib berishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishi matni, undagi jadval, diogramma,rasm va kurgazma materiallar nashrga tayyorlash qoidalariga muvofiq bo'lishi shart. Bitiruv malakaviy ishi yozgan talaba kulida kolgan nusxasini ukib, ma'ruzani qisqacha matnini yozadi va ximoyaga ruxan tayyorlaydi.
Ximoya vaktida tadqiqotchining o'zini bardam tutib, xotirjamlik bilan ma'ro'za qilib beradi. Tushgan savollarni yozib olib, javob berishga tayyorlaydi. Savollarga javoblar qisqacha, lunda, maqsadga yunaltirilgan va malakali bo'lishi kerak.
“Bitiruv malakaviy ishi” oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalarining o’z ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 4 yil davomida olgan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, kengaytirish hamda o’zlashtirgan bilimlari orqali muayyan ilmiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy, madaniy sohalardagi muammolarni hal etish, o’z bilimlarini amaliyotda qo’llash maqsadida tayyorlaydigan ilmiy ishidir.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va mazmuni
Bitiruv malakaviy ishni talabalar bitiruv kursi davomida bajaradilar. Bitiruv malakaviy ish malakaviy faoliyat bo’lib, u talabaning nazariy va amaliy bilimlarni o’zlashtirganligini hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilashning muhim omili hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba:
tanlangan ilmiy mavzuning dolzarbligini asoslashi;
tadqiqotning maqsadi va uni amalga oshirishda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarni aniqlashtirishi;
tadqiqot predmeti va obyektini aniqlashi va tavsiflashi;
tadqiqot natijalarini tahlil qilishi va qayta ishlashni olib borishi;
xulosalar chiqarishi, olingan natijalarni baholashi va ilmiy tadqiqoti bo’yicha takliflar berishi lozim.
Malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi
titul varag’i;
mundarija;
kirish;
asosiy qism (mavzuning batafsil bayoni);
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati;
bitiruv malakaviy ish bilan bog’liq ilovalardan iborat bo’ladi.
Titul varag’i bitiruv malakaviy ishning birinchi sahifasi hisoblanadi va u belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi. Titul varag’idan keyin mundarija keladi.
Mundarija qismida bitiruv malakaviy ishning boblari, paragraflari va bandlari keltiriladi. Bitiruv malakaviy ishning boblari, paragraflari va bandlarining nomlari qisqartirilmaydi va asosiy matn sarlavhasiga muvofiq tarzda berilishi zarur. (5-ilova) Mundarijadan keyin ishning kirish qismi keladi.
Kirish qismida quyidagilar keltirilishi shart:
bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va ahamiyati;
mavzuning oldiga qo’ygan maqsadi va undan kelib chiqadigan vazifalar;
mavzuning o’rganilganlik darajasi;
tadqiqotning obyekti va predmeti;
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
tadqiqotning tarkibiy tuzilishi;
tadqiqot bo’yicha chop qilingan maqola va tezislarning manbalari (bu band faqat maqola nashr qildirganlarga tegishli).
Kirishning umumiy hajmi A4 format varaqda kamida 3 bet ko’pi 6
bet bo’lishi mumkin.
Asosiy qismda o’rganilayotgan mavzuning nazariy va amaliy jihatlari boblarga va paragraflarga ajratilgan holda bayon qilinadi. Bitiruv malakaviy ishning matnini bayon qilish tartibi alohida qism sifatida keltirilgan. Asosiy qismdan keyin xulosa qismi keladi.
Xulosada talaba tanlagan mavzusi bo’yicha nazariy va amaliy shart-sharoitlarni o’rganib, mavjud muammolarni bartaraf qilish va jarayonni yanada faollashtirish borasida qisqa, aniq va lo’nda fikrini muxtasar shaklda bayon qiladi. Bitiruv malakaviy ishda xulosaning hajmi A4 format varaqda kamida 3 bet, ko’pi 6 bet bo’lishi mumkin. Xulosadan keyin foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati bitiruv malakaviy ish muallifi tomonidan foydalanilgan barcha rasmiy xujjatlar, ilmiy manbalar, statistik va tahliliy materiallar, shuningdek, ilmiy maqola va tezislar to’plamidan tashkil topadi. Adabiyotlar va ulardan foydalanish tartibi alohida qismda keltirilgan.
Ilovada mavzuni yoritish uchun to’liq foydalanilmaydigan ma’lumotlar, jadvallar, grafiklar, rasmiy xujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va belgilangan tartibda ketma-ketlik asosida raqamlab chiqiladi.
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashga qo’yiladigan talablar
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash va rasmiylashtirishda quyidagi mezonlarga amal qilinadi:
bitiruv malakaviy ish bob va bo’limlarining mazmuni BMIning asosiy maqsadiga mos va talablariga javob berishi lozim;
BMI matni kompyuterda teriladi;
BMI umumiy qabul qilingan standart bo’yicha muqovalanadi;
BMIning hajmi qat’iy ravishda chegaralanmaydi, ammo uning kompyuterdagi matni hajmi 65-70 bet atrofida bo’lishi tavsiya etiladi:
bitiruv malakaviy ish A4 (210x297) formatli oq varaqning bir tomoniga 1,5 interval 14 shriftda yoziladi va uni yozish jarayonida quyidagi xoshiyalar o’lchamiga rioya qilish zarur:
chap tomondan - 3 sm.
o’ng tomondan - 1 sm.
yuqoridan - 2 sm.
pastdan -2,5sm.
bitiruv malakaviy ishda keltirilgan barcha jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar va boshqalarning nomi aniq qilib ustiga yoziladi va raqamlab chiqiladi;
bosma va yozma xarflar, daraja va indeksdagi belgilar aniq bo’lishi lozim:
jadvallar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, fotorasmlar BMI ichida ham ilovada ham standart varaklarda (A4 formatda) bo’lishi lozim. Rasmlar skaner yordamida matnning kerakli joyiga ko’yiladi.
bitiruv malakaviy ish matnini yozish jarayonida muallif ishda keltirilgan barcha ixtiboslar, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar, boshqa ma’lumotlar va ko’rgazmali vositalarni ular tegishli joyning o’zidagina ixtibos (sitata) va havola (snoska) qilishi zarur. Shuningdek, jadvallar, grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar, shakllar va boshka ma’lumotlar va ko’rgazmali vositalarni bayon qilishda matnda ularning tartib raqami ko’rsatilib izohlanishi kerak. Masalan, “5-jadval, 3-rasm, 4-chizma yoki 2-diagrammada keltirilgan ma’lumotga ko’ra” iboralarini ko’llash tavsiya etiladi.
Adabiyotlar va manbalar ro’yxatini tuzishda quyidagi tartibga rioya qilish zarur:
birinchi me’yoriy hujjatlar yillar bo’yicha ketma-ketlikda beriladi va unda oldin O’zR Qonunlari, keyin O’zR Prezidentining Farmon va qarorlari, undan keyin O’zR. Vazirlar Mahkamasining Qaror va farmoyishlari, oxirida O’zR Vazirliklari va Qo’mitalarining Qarorlari va nizomlari keltiriladi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari va ma’ruzalari keltiriladi;
mavzuga tegishli ilmiy-uslubiy va nazariy manbalar keltiriladi;
mavzuga tegishli dissertasiya va avtoreferatlar keltiriladi;
jurnallardagi ilmiy maqolalar keltiriladi;
ilmiy ishlar to’plamlari va konferensiya materiallari tezislar keltiriladi;
O’zR rasmiy idoralari tomonidan chop qilingan statistik to’plamlar va tahliliy materiallar keltiriladi;
xalkaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning rasmiy idoralari tomonidan chop qilingan statistik to’plamlar va tahliliy materiallar keltiriladi;
bitiruv malakaviy ishda xorijiy tillardagi ilmiy manbalardan foydalanilsa, ularni chet tillardagi adabiyotlar bandi sifatida ajratib, davlat tilida keltirilgan adabiyotlardan keyin tillar bo’yicha keltirish mumkin. Masalan: a) rus tilidagi manbalar:b) ingliz tilidagi manbalar va hokazo shaklida.
kitoblar, ya’ni ilmiy-uslubiy va pazariy manbalar xamda statistik va tahliliy materiallar keltirilganda kuyidagi tartibga amal qilish zarur: muallifning familiyasi (to’liq). ismi-sharifi (bosh xarflari), nuqta belgisi, kitobning nomi, nukta, tire, chop qilingan shahar, ikki nuqta, nashriyot nomi, vergul, nashr qilingan yil, nuqta, tire, kitobning “Ixtibos yoki havola” keltirilgan beti. Masalan, Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. - Toshkent: Ma’naviyat. 2008. -B.30-31.
jurnal va to’plamlar adabiyotlar manbasi sifatidakeltirilganda kuyidagi tartibga amal qilish zarur: maqola muallifining familiyasi (to’liq), ismi-sharifi (bosh xarflari), nuqta belgisi, maqolaning to’liq nomi, parallel ishorasi, jurnal, to’plam nomi qo’shtirnoqsiz holda, nuqta, chop qilingan shahar, ikki nuqta, nashriyot yoki tashkilot nomi, nuqta, nashr qilingan yil, nuqta, tire, jild soni, nuqta, tire, maqola yoki tezis bosilgan betlar;
bitiruv malakaviy ish yozish jarayonida foydalanilgan adabiyotning muallifi uch va undan ortiq bo’lsa, boshdagi ikkita muallif yuqorida keltirilgan talab bo’yicha rasmiylashtirilib, qolganlari uchun “va boshqalar” deb yoziladi:
BMI da foydalanilgan adabiyotlarning nomi tarjima qilinmaydi va yozuv imlosi o’zgartirilmaydi, ya’ni lotin imlosidagi manbalar lotin imlosida berilishi zarur.
Bitiruv malakaviy ishni rasmiylashtirishning yakuniy bosqichi
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan ilmiy rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so’ng, “Ilmiy raxbar xulosasi” bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. “Ilmiy rahbar xulosasi”da talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Xususan, ilmiy raxbarning xulosasida quyidagilar
bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi:
olib borilgan tadqiqotning kafedra ilmiy yo’nalishi bilan bog’liqligi;
tadqiqot ishining yangiligi;
talabaning ilmiy ishga yondashuvi va layoqatiga qiskacha tavsif;
xulosalarning sifati;
BMIga qo’yilgan talablarga mosligi o’z aksini topishi lozim.
Kafedra mudiri o’rnagilgan tartibda malakaviy ishning tayyorgarlik holatini aniqlaydi va taqdim etilgan materiallar asosida, bitiruv malakaviy ishni himoyaga kiritish masalasini kafedra yig’ilishida muhokama qilib, tegishli qaror qabul kilinishini ta’minlaydi.
Himoyaga kiritilgan bitiruv malakaviy ishi fakultet dekani imzosi bilan o’rnatilgan tartib bo’yicha mutaxassislarga taqrizga yuboriladi.
Tashqi taqrizda quyidagilar o’z aksini topishi lozim:
mavzuning dolzarbligi;
tadqiqot yangiligining asoslanganligi;
tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati;
BMIning mazmuni va tugallanganlik darajasi bo’yicha tanqidiy mulohaza:
BMIga qo’yilgan talablarga mosligi.
Taqrizlar iste’molchi korxona va tashkilotlardan, soha mutaxassislaridan, shuningdek boshqa oliy ta’lim muassasalarining turdosh kafedra professor-o’qituvchilari hamda sohaga tegishli ilmiy tadqiqot markazlarining ilmiy xodimlaridan olinishi mumkin.
Fakultet dekani BMImi “Taqriz”, “Ilmiy rahbar xulosasi” va “Topshiriq” bilan himoya uchun Yakuniy davlat attestasiya komissiyasiga taqdim etadi.
Talaba tomonidan taqdim etilgan BMI belgilangan me’yorlar darajasida bajarilmagan taqdirda ish kafedra majlisida, ilmiy rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiqlanib, tegishli qaror qabul qilish maqsadida universitet rektoriga taqdim etiladi.
Talaba himoya kunidan 10 kun oldin quyidagi hujjatlarni bitiruv malakaviy ishi bajarilgan kafedraga taqdim qilishi shart:
BMI ni belgilangan tartibda rasmiylashtirib, taqdim qiladi.
Ilmiy rahbar xulosasi.
Tashqi taqriz.
BMIning kafedrada muhokama qilinganligi va Yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi yig’ilishida himoya qilishga tavsiya etilganligi to’g’risidagi bayonnomadan ko’chirma.
Talaba BMI bo’yicha 5-7 bet xajmda kompyuterda annotasiya yozadi va 6
nusxada kafedraga taqdim qiladi.
Xulosa va taqriz hajmi 1,5-2 betni tashkil etishi kerak.
Ilmiy rahbar xulosasi, Tashqi taqriz, Topshiriq va BMIning kafedrada muxokama qilinganligi va Yakuniy davlat attestasiyasi komissiyasi yig’ilishida himoya qilishga tavsiya etilganligi to’g’risidagi bayonnomadan ko’chirma BMI muqovasining ichki tomoniga konvertga solib
ADABIYOTLAR:
Mavlonova R.A., To’rayev O.T., Xoliqberdiyev K.M. - «Pedagogika» T., «O’qituvchi » - 2008 yil.
2. Bo’ri Ziyomuhedov. “Ilm hikmati.” Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 1999 y
3. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori). 1997 yil. T.,“Sharq” nashriyoti.
4.R.Mavlonova, N.Vohidova, N.Raxmonqulova. «Pedagogika nazariyasi va tarixi». Darslik. Fan va texnologiyalar, T., 2010 yil.
w.w.w. /pedagog/ uz..
Do'stlaringiz bilan baham: |