3.BOB. PSIXOLOGIIK BILIMLARNI EGALAShNING AMALIY AHAMIYATI
3.1. Psihologiyani o‟rganish usullari va ularning psihologik tavsifi
Boshqa fanlarni o‗rganish kabi, psixologiyaning o‗rganishni ham, avvalo, bilish, ma‘lumot
olish uchun ahamiyati bor. Biz psixologiyani o‗rganib, voqe‘likning g‗oyat katta va sifat jihatdan
o‗ziga xos sohasi,- psixik hayot sohasi haqida bilim olamiz. Psixika qanday kelib chiqqan,
hayvonot dunyosida psixik hayot formalari qanday taraqqiy etgan, odam psixikasi tarixan qanday
rivojlangan, har bir odam tug‗ilish paytidan tortib uning ongi qaysi shart-sharoitlarga qarab
taraqqiy etadi, xarakter qanday vujudga keladi, odamning qobiliyatlari qanday shakllanadi -
psixologning ilmiy tadqiqotlari ana shu savollarimizga javob beradi. Odam tevarak-atrofdagi
dunyoni qanday idrok etadi, u qanday esida qoldiradi, qanday esga tushiradi va fikr yuritadi, u
qanday hislarni ko‗nglidan kechiradi, odam tevarak-atrofdagi dunyoni o‗z ehtiyojlariga
moslashtirib, yangi moddiy va ma‘naviy boyliklarni vujudga keltirib, qanday ish ko‗radi -
psixologiyani o‗rganish bilan ana shu masalalarni bilib olamiz. Psixologiyani o‗rganish odamni
psixika haqidagi va psixik hayotning xilma-xil hodisalari haqidagi bilimlar bilan boyitibgina
qolmay, shu bilan birga odam aqlini ham o‗stirishga yordam beradi. Odam aqlini o‗stirish,
jumladan, yangi bilimlar va ko‗nikmalarni tezroq egallash, yangi nazariy va amaliy vazifalarni
to‗g‗ri hal qilish qobiliyatini takomillashtirishda, o‗z fikrlarini nutqda to‗g‗ri ifodalay bilish va
boshqalarning nutqini to‗g‗ri tushuna bilishda ham o‗z ifodasini topadi. Albatta, har bir fan bilan
shug‗ullanish odamni kamolga yetkazadi. Ammo psixologiya bu sohada alohida o‗rin tutadi.
Odam psixologiyani o‗rganar ekan, avvalo o‗z aql-idrokini, uning jarayonlarini bilib oladi, unga
diqqat-e‘tibor beradi, aqlning faoliyatini kuchaytiradigan shart-sharoitni bilib oladi va shu bilan
o‗z aql-idrokining ko‗proq o‗sishiga yordam beradi. Psixologiya sohasiga ta‘luqli nazariy va
amaliy bilimlarga ega bo‗lish va uni amalda qo‗llash barcha kasbiy faoliyatni samarali bo‗lishini
kafolatlaydi. Lekin psixologiyaning nazariy bilimlariga ega bo‗lganlar amaliy tajribalar tashkil
etish, natijalarni tahlil qilish va xulosalash malakalariga ham ega bo‗lishlari maqsadga
muvofiqdir. Shu o‗rinda psixologiya sohasida olib boriladigan laboratoriya va amaliy
mashg‗ulotlar muammolariga to‗xtalib o‗tmoqchimiz. Oddiy bir psixologik tajriba o‗tkazish
uchun ham avvalo bilim, ko‗nikma va malaka kerak bo‗ladi. Psixologiyada chinakkam ilmiy
bilimga ega bo‗lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana
bilish kerak. Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni
bilishi lozim.
Psixologik eksperimentlar o‗tkazishda psixologiyaning o‗ziga hos metodikalardan
foydalaniladi. Ayni bu metodikalar orqali shaxsning psixologik holatlari, xususiyatlari, bilish
jarayonlari tadqiq etiladi. Olingan natijalarning taxlillari asosida har bir jarayonni psixologik
sifat taxlili ishlab chiqariladi.Psixologiyada olib boriladigan tadqiqot ishlari psixodiognostik,
44
psixokorreksion usullar yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek shaxsning psixik holatlarini
va bilish jarayonlarini aniqlashda quyidagi metodlardan foydalaniladi.
Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab
hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya‘ni qaysi yo‗llar bilan, qanday usullar bilan
tekshiriladi, degan savol tug‗iladi. Psixologiyada chinakkam ilmiy bilimga ega bo‗lmoq uchun
psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir pedagog
kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim. Xar bir fan kabi
psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakkamiga ilmiy asosda bilib olish uchun
quyidagi talablariga amal qilish lozim:Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar
bilan bog‗langan deb qaralishi zarur. Masalan, psixik hodisaning uning nerv fiziologik asosdan
ajratib o‗rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va umuman shaxsdan ajratib o‗rganish
yaramaydi.
Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o‗zgarish
jarayonida ko‗zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masalan, bolalar va o‗smirlar psixikasining
taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, voyaga yetgan odam psixikasining yetarlicha yaxshi bilib
bo‗lmaydi. Psixik hayot hodisalarning ularning taraqqiyot jarayonidan o‗rganganda miqdor
o‗zgarishlarining sifat o‗zgarishlariga o‗tishini va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga
o‗tishini ko‗zdan kechirmoq kerak. Masalan, odam psixikasining taraqqiy etishini o‗rgana turib,
bilim olish va to‗plash jarayonida odamning bilish qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi,
mushohadakorligi sifat jihatidan o‗zgarishni ko‗rsatib bersa bo‗ladi. Odam ongi uning tarixiy
taraqqiyotida shakllanadi. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taalluqli
umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakllantirish
milliy mafkura va milliy g‗oyani shakllanishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Odamning tevarak
atrofdagi voqe‘likni bilishi kuzatishdan, tajribadan boshlanadi. Shu sababli, ilmiy psixologiya
ham o‗z mavzuini o‗rganishni tajribadan, psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va tahlil
qilishdan boshlashi lozim. So‗ngra, aniqlangan va tahlil qilingan faktlar asosida, psixik hayot
qonuniyatlarini ochib, tegishli nazariy va amaliy xulosalar chiqarilishi lozim. Har bir fandagi kabi
psixologiyada ham tajriba, kuzatish va eksperiment shaklida qo‗llaniladi. Kuzatish va
eksperimentdan tashqari, ilmiy tekshirishning boshqa mahsus medotlari: suhbat metodi,
biografiya metodi, solishtirma tarixiy metod va boshqa metodlar ham qo‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |