2.2. Zamonaviy psixologiya tarmoqlari, ilmiy amaliy anjumanlar va psixologik xizmat
taraqqiyoti.
Hozirgi zamon psixologiyasi oldida to‗rgan asosiy maqsad, va zamonaviy
psixologiyaning ilmiy yondashishlari, turli yoshdagi insonlarda o‗qish jarayonida shaxs
fazilatlarini shakllantirish, kadrlarda kasbiy malakalarni egallash psixologik xususiyatlarini
shakllantirish va kayta tayyorlash shakllantirish vazifalaridir. Xar bir shaxs qaytarilmas
temperamentdir»- degan edi fiziolog olim I.P.Pavlov. Qolaversa, xar bir insonning o‗zigagina xos
imkoniyatlari mavjudligi va unga hamisha jiddiy e‘tibor berish zarurligi hakida O‗rta Osiyoning
buyuk mutafakkirlari Ibn Sino, Farobiy va Beruniy ham o‗z zamonalarida alohida qayd etib
o‗tganlar. Chunonchi, o‗qituvchi bola shaxsini tarbiyalash uchun, dastavval uning «betakror
olamiga» kira olishi va shunga mos keluvchi tarbiyaviy tadbirlar rejasini tuzishi va qo‗llamogi
lozim.
Taniqli ruxshunos olim L.S.Vigotskыy taraqqiyotga ilgarilab ketgan ta‘limgina samarali
bo‗lishini qayta-qayta ta‘kidlagan edi. Bugun bola kattalar yordamida amalga oshirilayotgan ishni
ertaga o‗zi bajarishi kerak. Bunga bolani xar tomonlama rivojlantiradigan uni fikrlashga
o‗rgatadigan, qobiliyatini asta-sekin o‗sib borishga imkon yaratadigan, tafakkurining yangi-yangi
qirralarini ochadigan pedagogik usullar va maxsus psixologik xizmat tizimi mavjud bo‗lgan
takdirdagina erishish mumkin. Yukoridagi muammolarni hal qilish jarayonida ta‘lim
muassasalari psixologlari quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim;
1.
Xar bir o‗quvchida namoyon bo‗lishi mumkin bo‗lgan stress (xissiy zo‗riqish) xolatlariga
xos asosiy ko‗rinishlarni aniqlash (Psixodiagnostik ishlar);
2.
O‗quv faoliyatini tashkil etish nazorat qilish va boshqarish jarayonida o‗quv faolligi va
samaradorligiga salbiy ta‘sir etishi mumkin bo‗lgan holatlarni oldindan ko‗rib bilishi va ularni
bartaraf etish uchun muntazam ravishda tegishli tadbirlar o‗tkazish.
(Psixoprofilaktik ishlar);
3.
Fanlarni o‗zlashtirmaydigan o‗quvchilarni o‗zlashtira olmaslik
sabablarini aniklash va shu asosda ular bilan aloxida mustakil ishlar olib borish, ulardagi
imkoniyatlarni keng mikyosda o‗rganish va rivojlanishi orkali o‗kuvchi shaxsidagi faollikni
oshirishni yo‗llarini izlash. (Rivojlantiruvchi va psixokorreksion ishlar);
Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga deyarli 180 yil bo‗ldi.
Shu davr ichida juda ko‗plab ilmiy tadqiqot natijalarini o‗z ichiga olgan monografiyalar,
darsliklar, qo‗llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o‗rni juda oshib
ketdi, deb bo‗lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko‗rsatgan barcha olimlar ko‗prok
diqqatlarini mavxum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning
31
barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta‘siri masalasi hozirgi davrga kelib, o‗ta dolzarb va
muhim muammolar qatoridan joy oldi.
XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o‗xshash murakkab
texnologiyalarni yaratgani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday xolatga duch
kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o‗ta aqlli inson o‗zi va o‗zi atrofidagilarning
ruhiy kechinmalarini to‗g‗ri baholay olmasligi sababli, o‗zini nochor va kuchsiz sezishi
mumkinligini hayot isbotladi.
XXI asrda juda ko‗plab davlatlarda bo‗lgani kabi dunyo xaritasida munosib o‗rin olgan
mustaqil O‗zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi
inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‗tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy
hamda ma‘naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy
bog‗ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o‗z ustida ishlashi, o‗z mukammalligi xususida
qayg‗urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining to‗qqizinchi sessiyasidagi ―O‗zbekistondagi demokratik
o‗zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy
yo‗nalishlari‖ mavzuidagi ma‘ruzasida ye
Do'stlaringiz bilan baham: |