Халқаро валюта тизимининг шаклланиши ва ривожланиши. Mundarija: Kirish



Download 76,95 Kb.
bet1/5
Sana21.01.2022
Hajmi76,95 Kb.
#396534
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Халқаро валюта тизимининг шаклланиши ва ривожланиши


Халқаро валюта тизимининг шаклланиши ва ривожланиши.

Mundarija:

Kirish……………………………………………………………………………3

  1. Xalqaro valyuta tizimining vujudga kelishi va evolyutsiyasi………….…5

  2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish shart-sharoitlari.…….…………..11

  3. Valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar..……………………………28

  4. O‘zbekistonning xalqaro valyuta munosabatlarida rolini oshirish yo‘nalishlari……………………………………………………………...36

Xulosa.………………………………………………………………………….42

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………..44

Kirish

Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro valyuta munosabatlarini bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirilishini jahon tajribasi ko‘rsatadi. Valyuta bozorida valyutalarga talab va taklif hamda valyuta kurslarining bir-biriga nisbati shakllanadi. Bozor orqali muvofiqlashtirish qiymat hamda talab va taklif qonunlariga bo‘ysunadi. Ushbu qonunlarning valyuta bozoridagi raqobatchilik sharoitidagi harakati valyuta almashuvlarining nisbiy ekvivalentligi, xalqaro moliyaviy oqimlarni tovarlar, xizmatlar, kapitallar, kreditlar harakati bilan bog‘liq jahon xo‘jaligi ehtiyojlariga mosligini ta’minlaydi. Bozordagi baho mexanizmi va valyuta kursi dinamikasining daraklari orqali iqtisodiy agentlar valyuta sotib oluvchilarning ehtiyojlari hamda taklif imkoniyatlari haqida ma’lumot oladilar. Demak, bozor valyuta operatsiyalari holati haqidagi ma’lumotlar manbasi sifatida maydonga chiqadi.

Biroq davlat azaldan valyuta munosabatlarining jahon xo‘jalik aloqalaridagi muhim rolini hisobga olgan holda dastlab bilvosita, keyinchalik esa bevosita valyuta munosabatlariga aralashib kelgan. Oltin standartini yigirmanchi asrning 30-yillarida bekor qilinishi natijasida oltin nuqtalar mexanizmining valyuta kursini stihiyali muvofiqlashtiruvchisi sifatidagi harakati to‘htadi. Kurs nisbatlarining katta va keskin o‘zgarishi hamda valyuta inqirozlari og‘ir ijtimoiy iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqargan holda milliy va jahon iqtisodiyotlariga salbiy ta’sir etdi. Valyutani bozor va davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi bir-birini to‘ldiradi. Raqobatchilikka asoslangan bozor rivojlanishda rag‘batlantiruvchi omillarni keltirib chiqaradi, davlat esa valyuta munosabatlarini bozor tomonidan muvofiqlashtirilishining salbiy oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan. Bu ikki muvofiqlashtiruvchilar orasidagi chegara aniq bir holatdagi manfaat va yo‘qotishlar bilan belgilanadi. Shu sababli ularning orasidagi nisbat tez o‘zgaruvchandir. Inqirozli larzalar, urushlar, urushdan so‘nggi vayronagarchiliklar sharoitida valyuta munosabatlarining davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi ustunlik qiladi.

Valyuta-iqtisodiy sharoitni yahshilanishi bilan valyuta operatsiyalari borasida erkinlashtirish yuz beradi, ushbu jarayondagi bozor raqobatchiligi rag‘batlantiriladi.

Ammo davlat valyuta munosabatlari ustidan kuzatuv va cheklovlarni amalga oshirish maqsadida doim valyuta nazoratini o‘z qo‘lida saqlab keladi.

Bozor iqtisodiyotini muvofiqlashtirish tizimida muhim o‘rinni valyuta siyosati egallaydi. Valyuta siyosati - bu, mamlakatning joriy va strategik maqsadlariga muvofiq Xalqaro valyuta va boshqa iqtisodiy munosabatlari jarayonida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidir. Ushbu siyosat iqtisodiy o‘sish barqarorligini ta’minlash, ishsizlik va inflyatsiya o‘sishini sekinlashtirish, to‘lov balansi muvozanatini qo‘llab-quvvatlash sharoitida iqtisodiy siyosatning eng muhim maqsadlariga erishishga qaratilgandir.

Valyuta siyosatining yo‘nalishlari va shakllari mamlakatlarning valyuta-iqtisodiy holati, jahon xo‘jaligining evolyutsiyasi, jahon arenasidagi kuchlar joylashishi bilan belgilanadi. Turli tarixiy bosqichlarda birinchi qatorga valyuta siyosatining aniq vazifalari chiqadi: valyuta inqirozini bartaraf etish va valyuta barqarorligini ta’minlash; valyuta cheklovlari, valyutani erkin ayirboshlanishiga o‘tish, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish hamda shu kabilar. Valyuta siyosati mamlakatlar o‘zaro aloqalari tamoyillarini aks ettiradi: nisbatan kuchsiz (birinchi navbatda rivojlanib borayotgan) hamkorlar kamsitilishini keltirib chiqaruvchi hamkorlik va kelishmovchiliklar, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashuv.



  1. Download 76,95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish