Халқаро валюта тизимининг шаклланиши ва ривожланиши. Mundarija: Kirish


Bunda oltin standarti quyidagi prinsiplarga ega bo‘lgan



Download 76,95 Kb.
bet3/5
Sana02.07.2022
Hajmi76,95 Kb.
#733070
1   2   3   4   5
Bog'liq
Хал аро валюта тизимининг шаклланиши ва ривожланиши. Mundarija

Bunda oltin standarti quyidagi prinsiplarga ega bo‘lgan:

  1. milliy pul birliklarining oltin asosida belgilanishi;

  2. oltin tomonidan xalqaro pullar vazifasining, bundan kelib chiqib, umumiy to‘lov vositasi vazifasining bajarilishi;

  3. markaziy banklar muomalasida bo‘lgan banknotlarning erkin tarzda oltinga almashtirilishi;

  4. davlatning milliy oltin zahirasi bilan ichki pullarning mutanosibligini saqlab turish;

  5. to‘lov balanslaridagi defitsitlarni oltin bilan qoplash.

Bu davrning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, oltin standartida erkin xalqaro valyuta aylanmasi majud bo‘lgan. Xorijiy valyuta egalari ularni erkin tarzda tasarruf etishlari, ya’ni o‘z xohishlariga ko‘ra bankka yoki har qanday uchinchi shaxsga sotishlari mumkin bo‘lgan. Ko‘zlangan maqsaddan qat’iy nazar milliy valyutaning xorijiyga yoki oltinga aylanishiga hech qanday cheklovlar qo‘yilmagan. Birinchi jahon urushi oqibatida davlatlar tomonidan o‘zaro majburiyatlarning bajarilmasligi, oltinni eksport qilishga taqiq qo‘yilishi kabi omillar xalqaro valyuta bozorining normal faoliyati buzilishiga olib kelgan. Natijada oltin muomaladan olib qo‘yilib, oltin standarti amal qilishni tugatgan. 1919 yili davlatlar o‘z milliy valyutalari kursini barqaror saqlash bo‘yicha choralarni ko‘rmay qo‘yishgan va oqibatda valyuta kurslarining nazoratsiz o‘zgarib turishi sodir bo‘lgan.
Mazkur holatlar xalqaro valyuta tizimi rivojlanishining ikkinchi bosqichiga o‘tishga turtki bo‘lgan. 1922 yili Italiyaning Genuya shahridagi xalqaro konferensiyada davlatlar o‘zlaridagi oltin zahiralarining tashqi savdo va boshqa operatsiyalarni tartibga solish uchun yetarli emasligini e’tirof etishib, xalqaro pul aylamasida oltindan tashqari ingliz funt sterlingi va AQSH dollaridan foydalanishga kelishib olingan. Natijada ma’lum davlatlarning pullari oltinga emas, balki ingliz funt sterlingi va AQSH dollariga almashtiriladigan tartib o‘rnatilgan. Bu davrda davlatlar valyutalarining kurslari o‘zgarib turgan.
Biroq bu tizim uzoq hukm surmagan. 1929-1931 yillardagi iqtisodiy tanazzul oqibatida bu tizim ham amal qilishni to‘xtatgan. Holatni yaxshilash uchun 1933 yili Londonda bo‘lib o‘tgan 66 davlat ishtirokidagi konferensiyada oltin standartiga qaytish, bojxona sohasida, tashqi qarzlarni uzishda imtiyozlar berish, narxlarni oshirish orqali valyutalarning barqarorligini saqlash masalalari muhokama qilingan. Ushbu konferensiyada davlatlar yakdil kelishuvga erishmaganligi natijasida dunyo valyuta tizimi quyidagi uch blokka bo‘lingan: sterling (Britaniya imperiyasi davlatlari, bir necha G‘arbiy Yevropa davlatlari, Eron, Iroq, Misr va Yaponiya); dollarli (Kanada, Nyufaunlend va Lotin Amerikasi davlatlari); oltin (Fransiya boshchiligida unga Belgiya, Gollandiya, Shveysariya, Italiya va Polsha kirgan).
O‘z navbatida, bu davrda valyutali kliringning turli shakllari rivojlangan. Masalan, 1931 yili Vengriya va Shveysariya o‘rtasida dastlabki kliring kelishuvi imzolangan bo‘lib, 1939 yilga kelib davlatlar o‘rtasidagi bunday kelishuvlarning soni 83 taga, hisob-kliring kelishuvlari 53 taga, hisob-kitob kelishuvlari 36 taga yetgan.
Xalqaro valyuta tizimida o‘zgarishlar sodir bo‘lishining 3-bosqichi 1944 yili AQSHning Bretton-Vuds shahridagi konferensiya bilan bog‘liq bo‘lib, xalqaro pul aylamasida ikki valyutadan – AQSH dollari va ingliz funt sterlingidan foydalaishga kelishib olingan.
O‘z navbatida ushbu konferensiyada xalqaro valyuta tizimini tartibga solish maqsadida Xalqaro valyuta fondi tashkil etilgan bo‘lib, dastlab unga 44 davlat a’zo bo‘lgan. Ushbu davlatlar o‘zlaridagi mavjud oltin zahirasidan kelib chiqib milliy valyutalarining boshqa davlatlar valyutasiga nisbatan kursini belgilash majburiyatini zimmasiga olgan. Bunda 10%ga adashishga ruxsat etilgan.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng funt-sterling oltinga almashtirilishi uchun Buyuk Britaniya yetarli darajada oltin zahirasiga ega bo‘lmagan. Shu bois AQSH dollari bu borada yetakchilikni qo‘lga olgan va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi hisob-kitoblarda monopol tarzda qo‘llanila boshlangan.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng G‘arbiy Yevropa davlatlari iqtisodining tiklanishi natijasida AQSH dollarining jahon bozoridagi mavqei tusha boshlagan va 1971-yilga kelib 30-yillardan buyon birinchi marta AQSH dollari defitsitga uchragan. Bu esa xalqaro savdoga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Mazkur holat Bretton-Vuds kelishuvining xalqaro savdo talablariga javob bermay qo‘yganini anglatar edi. Buning oqibatida 1976-yili Yamayka davlatida 20 davlat vakillari mavjud xalqaro valyuta tizimini isloh qilish haqidagi kelishuvga erishishgan va bu xalqaro valyuta tizimi rivojlanishining 4-bosqichini boshlab bergan. Yamayka kelishuvida oltin standarti, milliy valyutaning oltinga bog‘liqligi bekor qilingan. Davlatlarning markaziy banklariga oltinni oddiy mahsulot sifatida erkin bozor narxida olish-sotishga ruxsat berilgan. O‘z navbatida Xalqaro valyuta fondi tomonidan emissiya qilingan “SDR” deb nomlangan xalqaro shartli pul birliklari joriy qilinib, ulardan xalqaro hisob-kitob va zahira vositalari sifatida foydalanila boshlangan. Shuningdek, quyidagi rasmiy valyuta zahiralari e’lon qilingan: AQSH dollari, Germaniya Federativ Respublikasi markasi, ingliz funt sterlingi, Shveysariya franki, Yaponiya yenasi va fransuz franki. Shu bilan birga milliy valyutalar kursining erkin o‘zgarishi, davlatlarning o‘z milliy valyutalari kursini erkin belgilashi joriy qilingan.
Shuningdek, Yevropa Hamjamiyati davlatlari 1991-yili Maastrixtda yagona Yevropa valyutasiga o‘tish haqida kelishib olishgan. Bu haqda 1992-yili shartnoma imzolanib, 1993-yil 1-noyabrdan kuchga kirgan. Unga ko‘ra yangi Yevropa valyutasini amalga kiritish uch bosqichni o‘z ichiga olib, birinchi bosqichda Yevropa Hamjamiyati davlatlari valyuta almashinuvining yagona mexanizmiga qo‘shilishi lozim bo‘lgan. 1994 yili boshlangan ikkinchi bosqichda inflyatsiya, foiz stavkalari borasida barcha davlatlar siyosatini yaqinlashtirish choralari ko‘rilgan. Uchinchi bosqichda esa davlatlar yagona valyuta tizimi – yevroga o‘tishgan. Mazkur pul birligi naqd pulsiz shaklda 1999-yildan amalga kiritilgan. Yevropa Markaziy banki uning emitentiga aylangan.
Yuqorida qayd etilganlar asosida ta’kidlash mumkinki, qadimdan valyuta munosabatlari davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelgan. So‘nggi 150 yil davomida esa xalqaro valyuta tizimini yaratish bo‘yicha ko‘plab harakatlar olib borilgan bo‘lib, ularda dunyoning rivojlangan mamlakatlari o‘z milliy valyutalarining dunyo pul muomalasida qo‘llanilishiga harakat qilishgan. Hozirda esa aksariyat davlatlar o‘z milliy valyutalarining barqarorligini ta’minlash maqsadida o‘ziga valyuta siyosatini olib bormoqda.
So‘nggi yillarda dunyo miqyosida valyuta munosabatlarining murakkablashib borayotganligi sababli valyuta munosabatlarining o‘ziga xos jihatlarini o‘rganishga e’tibor tobora kuchaymoqda. Hatto mazkur munosabatlar valyuta huquqi doirasida o‘rganilmoqda.
Valyuta huquqining huquq tizimidagi o‘rni xususida A.Tedeyevning fikricha, ko‘plab olimlar valyuta huquqini moliya huquqining instituti sifatida e’tirof etishgan
O‘z navbatida A.Tedeyevning fikricha, valyuta huquqi deganda:

  • valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish tizimining faoliyati;

  • valyuta qimmatliklari bilan operatsiyalarni amalga oshirish;

  • valyuta qimmatliklariga nisbatan huquqlarni ta’minlash va valyuta operatsiyalari

  • sohasida ommaviy tartibni himoya qilish;

  • milliy valyutaning barqaror kursini saqlash borasida vujudga keluvchi munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar tushuniladi.

Aynan mazkur sohalarda vujudga keladigan munosabatlar valyuta munosabatlari bo‘lib, ular valyuta huquqini huquqiy tartibga solishning o‘zagini
tashkil etadi.
Valyuta munosabatlari markazida valyuta va uning o‘ziga xos jihatlari turadi. “Valyuta” atamasi italyancha “miqdor” ma’nosini anglatadi. Mazkur atama adabiyotlarda davlatlarning milliy pul biriligi bilan birga xorijiy davlatlar pul birligini ifodalash uchun ishlatiladi. Biroq, amaliyotda valyuta atamasi xorijiy pul birliklarini ifodalashda qo‘llaniladi.
Xalqaro valyuta fondi bitimlarida “valyuta” atamasi qonun bilan belgilangan, qaysidir davlatning hududidagi moliya-valyuta munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan, davlatning pul tizimidagi hisob-kitob birligi sifatida belgilangan. Shuningdek, bu borada E.Hojiyevning fikricha, valyuta tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi: ya’ni, birinchidan, valyuta davlatning pul birligi hisoblanadi; ikkinchidan, valyuta xorij davlatlarining pul birligi, shuningdek, xalqaro hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan va xorij pul birligida ifodalangan kredit va to‘lov hujjatlari hisoblanadi. O‘z navbatida G.Gafarovaning fikricha, “valyuta” va “pul” atamalari bir xil bo‘lsada, ma’lum davlat ichida “pul” atamasi, undan tashqarida esa “valyuta” atamasi qo‘llanilad. Bu borada ta’kidlash lozimki, bu ikki tushuncha bir-biridan farq qiladi. Pulning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishi uni valyutaga aylantiradi. Shu bois pullar tashqi bozorlarda valyuta sifatida ham ishtirok etishi, ham ishtirok etmasligi mumkin. Mazkur masalada G.Gafarovaning ta’kidlashicha, valyuta maqomi pullarga qo‘shimcha vazifa beradi: pullar pul birligida qiymatga ega bo‘ladi, ya’ni tovarga aylanadi va sotib olinishi yoki sotilishi mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi haqida so‘z borganda ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 1994-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining hududida 1000 so‘m-kuponga bir “So‘m” nisbati bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — “So‘m” muomalaga kiritilib, 1994-yilning 1-avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining butun hududida to‘lovlarning barcha turlari faqat milliy valyuta “So‘m” bilan amalga oshirilishi belgilangan. Olimlar tomonidan valyutani bir necha jihatlariga asosan tasniflash ilgari surilgan.
Jumladan: maqomiga ko‘ra – milliy, xorijiy, xalqaro va mintaqaviy (masalan, yevro); boshqa valyutalar kursiga nisbatan holati bo‘yicha: mustahkam, yumshoq; moddiy shakliga ko‘ra: naqd, naqd pulsiz.
O‘z navbatida G.Gafarova valyutalarni quyidagicha tasniflagan:

  • mansubligiga ko‘ra: milliy, xorijiy valyuta va jamoaviy valyuta (bunda Xalqaro valyuta fondi tomonidan chiqariladigan va naqd pulsiz xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan valyutalar hamda Yevropa Hamjamiyatiga a’zo davlatlar hududida amalda bo‘lgan “yevro” pul birligi nazarda tutilgan);

  • qo‘llanilish usuliga ko‘ra: erkin konvertatsiya qilinadigan, qisman konvertatsiya qilinadigan va konvertatsiya qilinmaydigan valyutalar;

Jahon bozorida foydalanilishi darajasiga ko‘ra: zahira valyutasi va boshqa xalqaro valyutalar. Bunda davlatlarning markaziy banklari xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun to‘playdigan va saqlaydigan valyuta hisoblanadi. 1944-yilgacha ingliz funt sterlingidan zahira valyutasi sifatida foydalanilgan. 1944-yili Bretton-Vuds (AQSH)da zahira valyutalari sifatida ingliz funt sterlingi va AQSH dollaridan foydalanish haqida qaror qabul qilingan. Hozirda esa xalqaro moliya-valyuta munosabatlari rivojlanishi sharoitida yevro, yapon iyenasi va boshqa bir qator davlatlar valyutalarining mavqei mustahkamlanib bormoqda.
Xorijiy davlatlar valyutasi, shuningdek, u bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish haqida so‘z borganda birinchi navbatda mamlakatimizda valyuta munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan, 2003-yil 11-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga murojaat qilish lozim. Qonunning 3-moddasi 1-qismida “valyuta boyliklari” yoritilgan bo‘lib, unga ko‘ra “Chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi”.
Mazkur qoida valyuta boyliklari tushunchasi qaysi elementlarni qamrab olishini belgilab bergan.
Shuningdek, Qonunning 3-moddasi 2-qismida chet el valyutasi tushunchasi orqali nimalar qamrab olinishi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra “muomalada bo‘lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko‘rinishidagi chet el pul belgilari, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan hamda xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‘lgan chet el pul belgilari, shuningdek hisobvaraqlarda va omonatlarda bo‘lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklaridagi mablag‘lar chet el valyutasi hisoblanadi”.
Shuningdek, valyuta boyliklari sifatida chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar haqida so‘z borganda ta’kidlash mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 22-iyuldagi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasida berilgan tushunchalarga ta’riflarga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar — hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Mazkur ta’rif umumiy ma’noda qimmatli qog‘ozlarga nisbatan berilgan bo‘lib, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlarning asosiy jihati ularning chet el valyutasida ifodalanganligi hisoblanadi.
Shuningdek, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasida valyuta operatsiyalari turlari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:

  • valyuta boyliklariga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o‘zga shaxsga o‘tishi hamda valyuta boyliklarini to‘lov vositasi sifatida ishlatish bilan bog‘liq operatsiyalar;

  • valyuta boyliklarini O‘zbekiston Respublikasida olib kirish va jo‘natish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish va jo‘natish;

  • xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirish;

  • rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida milliy valyutadagi operatsiyalar.

Adabiyotlarda valyuta operatsiyalarining huquqiy tabiati borasida ko‘plab bahs-munozaralar olib borilgan. Bunda bahslar valyuta operatsiyalari deganda bitimmi, shartnomami yoki hisob-kitob tushunilishi, shuningdek, bitim deganda to‘liq shartnomami yoki uning amalga oshirilishi bo‘yicha operatsiyalar tushunilishi borasida borganligini ta’kidlash mumkin.
Masalan, N.Yerpilevaning fikricha, valyuta operatsiyalari “valyuta qimmatliklarining harakatlanishi bilan bog‘liq bitimlar asosida amalga oshiriladigan valyuta rezident va norezidentlarning harakatlari hisoblanadi”.
Bir qator olimlar esa valyuta operatsiyalarini bitimlar deb e’tirof etishadi. Masalan, A.Brizgalinning fikricha, “valyuta operatsiyalari” deganda milliy qonunchilik yoki xalqaro kelishuvlar bilan tartibga solingan, predmeti valyuta qimmatliklari bo‘lgan bitimlar yoki boshqa harakatlar tushuniladi. D.Uzoykin esa “qonunchilikda keltirilgan valyuta operatsiyalarining ko‘pchiligi bitimlar hisoblanadi.”, deb qayd etgan. A.Yemelinning fikricha, “valyuta bitimlari valyuta qimmatliklariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishiga olib keladi, valyuta operatsiyalari esa ashyoviy huquqlarning valyuta qimmatliklariga o‘tishi bilan bog‘liq”. Bunda R.Rajkov A.Yemelining fikrini ma’qullab, “operatsiyalardan farqli tarzda aynan bitimlar valyuta qimmatliklariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishiga olib keladi”, deb qayd etgan.
Bundan kelib chiqib, operatsiyalarni har doim ham bitimlarga tenglashtirib bo‘lmasligini ta’kidlash mumkin.
Mazkur fikrni boshqa olimlar, jumladan A.Selivanovskiy va R.Lyubimovalar tomonidan ham ma’qullangan. Shuningdek, L.A. Vostrikova, I.N. Sokolovalar valyuta operatsiyalarining bitimlar bo‘yicha kelib chiqishini ta’kidlashgan.
Bu borada o‘z davrida L.Luns ham “valyuta bitimlari – bu xorijiy valyutaning oldi-sotdisi bilan bog‘liq bitim bo‘lib, ularda valyuta pul vazifasini emas, balki “mahsulot” vazifasini bajaradi. Bundan kelib chiqib, faqatgina ob’ekti xorijiy valyuta bo‘lgan bitimlar valyuta bitimlari hisoblanadi”, deb ta’kidlagan.
O‘z navbatida valyuta operatsiyalariga keng ma’noda ta’rif berilganini ham kuzatish mumkkin. Masalan, T.Teplyakovaning fikricha, valyuta operatsiyalari – bu valyuta qonunchiligida nazarda tutilgan, valyuta va valyuta qimmatliklariga nisbatan amalga oshiriladigan, milliy valyutani va umuman olganda davlatning iqtisodiy suverenitetini muhofaza qilish uchun davlat tomonidan tartibga solinishi va nazorat qilinishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning harakatlari hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilgan qarashlarni tahlil qilish asosida ta’kidlash mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 101-moddasiga ko‘ra “Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi”.
Bitimlarning valyuta operatsiyalaridan farqi ham aynan shunda, ya’ni ularning huquq va burchlarni belgilashi, o‘zgartirishi yoki bekor qilishida namoyon bo‘lib, valyuta operatsiyalari aynan bitimlardan kelib chiqqan holda bitimlardan ko‘zlangan maqsadga erishishga xizmat qiladi. Ularni bir-biridan ajratuvchi jihatlar ham shunda namoyon bo‘ladi. Bundan kelib chiqib, ta’kidlash mumkinki, “valyuta operatsiyalari – bu valyuta bitimlaridan kelib chiquvchi, valyuta qimmatliklariga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishiga olib keluvchi harakatlar yig‘indisi hisoblanadi”.




  1. Download 76,95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish