1.3.1. Takliflar turi bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiyalash)
Guruh (Group) va yakka holda (FIT) ga xorijiy turizm. Turistik biznesda professional (kasb mutaxassis)lar bir-birlarini yarim so‘zda tushunadigan bir qator atamalar mavjud. «FIT» va “Group” atamalari ko‘proq ishlatiladigan atamalar hisoblanadi. FIT abbreviaturasi Foreiqn Independent Traveler ma’nosini anglatadi. Tom ma’noda – xorijiy mustaqil sayohatchi, ruschada – yakka turist deb ataladi. U sayohat marshruti va grafigini o‘z xohishiga qarab, o‘zi belgilaydi.
Yakka turist turagentlik xizmatidan foydalanishi mumkin. Lekin, sayohatni mustaqil tashkil etaolishi ham mumkin. Masalan, Internet orqali.
Otellar, restoranlar, transport va boshqa korxonalar (yetkazib beruvchilar) o‘z xizmatlarini yakka – individual turistlar va guruh holdagi turistlar uchun alohidagi tariflar bo‘yicha taklif qiladilar. Yakka individual holdagi sayohat odatda guruh sayohatiga qaraganda qimmatga tushadi (bir turistga hisoblanadi).
Kompleks xizmat ko‘rsatish (Packaqe tour) guruh turizmi uchun taklif qilingan xizmatlarning asosiy tipi hisoblanadi. Turist turpaketni sotib oladi, unda tur qiymatiga qo‘shilgan xizmatlar to‘plami qayd etilgan. Odatda, turpaket qiymati tur paketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati summasidan pastroq. Guruh turpaketi guruh vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh turistlari uning evaziga kompleks xizmat ko‘rsatishlarni oladi. Bunga aviatashish, mehmonxonaga joylashish, restoranda ovqatlanish, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar qo‘shilgan.
Turpaketga butun marshrut bo‘ylab gid-tarjimon xizmatlari ham kiritilishi mumkin. Bu yoshlar va maktab guruhlari, shuningdek uchinchi yoshdagi turistlar orasida ayniqsa mashhurdir. Professional (kasbiy) gid-tarjimonlar ekskursiyalar o‘tkazadilar. Ular turistlar boradigan yo‘l (marshrut) bo‘yicha axborotlar beradilar. Guruhga xizmat ko‘rsatishda barcha tashkiliy masalalarni ham hal etishda ko‘maklashadilar. Guruhning barcha a’zolariga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatadilar. Gid – tarjimonlar sayohat chog‘ida turistlar ko‘rganlarini tushuntiradilar, ular haqida aytib beradilar.
Hammasi qo‘shilgan (All - inclusive) – joylashish xizmatining alohida turi bo‘lib, ayrim qimmat otellar tomonidan butun restoran – mehmonxona xizmatlari to‘plami bitta narxga qo‘shilgandir.
Ayniqsa muhim mu’tabar shaxs (VIP) lar uchun turistik kompleks xizmat taklif qilish alohida katta e’tiborni talab qiladi. Bu yuqori servis darajasi (va baland narxni) ni taqozo etadi. Bu masalan, aeroport, chegara va bojxona rasmiyatchiliklaridan o‘tish bo‘yicha, bo‘lishi mumkin. Alohida shinamxona, limuzinda tranfer tashrif buyurish, tantanali kutib olish, prezident xonasiga joylashtirish, kutib olish va marosimlarni tashkil etish ham shu xizmatlarga kiradi.
Klubda dam olish (Club Holdays) alohida tashkiliy tarkibga taklif qilinadi. Qaysikim u o‘z hududiga va joylashish vositalariga ega. Klub mijozlarining ko‘ngil-ochish va faol dam olishi uchun maxsuslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |