Chizma 4
AQSH turagentligi aylanma tarkibi
61 %
|
Avtomobillar sotish;
|
11 %
|
Otellarda nomerlarni bronlashtirish;
|
11 %
|
Kruiz (dengiz, daryo sayohatlari)ga biletlar sotish;
|
7 %
|
Avtomobillarni ijaraga olish;
|
3 %
|
Temir yo‘l transportiga biletlar sotish;
|
7 %
|
boshqalar
|
Manba: А.Ю.Александрова. Международный туризм. М., 2004.
Turagentlar bozori bir qator xarakterli qirralarga ega. Ular oldi-sotdida ishtirok etuvchilar sonining ko‘pligi bilan ajralib turadi va o‘zida o‘tkir raqobat kurashini aks ettiradi. Turagentlar bozorga kirish uchun ko‘p yo‘llarga ega. Bu faoliyatni boshlash ham uncha qiyin emas. U yirik sarmoya va yuqori malaka talab qilmaydi. Shu bilan birga ko‘pincha bozorga kirishda oson tuyulgan usul aldamchi bo‘lib chiqadi va turagent yetarli resursga ega bo‘lmagani va boshqaruv ko‘nikmasi yomonligi oqibatida inqirozga uchraydi.
Turli ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 20-30 mingdan 70 gacha turagentlarni sanash mumkin. Ularning sonini aniq belgilash juda mushkul. Chunki mamlakatlar bo‘yicha terminalogiya va definitsiyalar bir-biridan farq qiladi. Statistikada ularni yig‘ishning umum qabul qilingan mezonlari ham yo‘q. Bir holatda, ko‘pchilik Amerika qo‘shma shtatlaridagi singari amal qiluvchi barcha turagentlar hisobga olinadi, boshqalarida – litsenziyadan o‘tganlarigina hisobga olinadi. Misol uchun, Fransiyada turizm to‘g‘risidagi 1992 yildagi qonunga muvofiq turagentlik faoliyatga ruxsat beruvchi maxsus litsenziyasi bor kishilargina turistik operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Litsenziya o‘zining professsional yaroqligini tasdiqlagan, mijozga zarur moliyaviy kafolat beraoladigan, qoplash uchun yetarli sug‘urta polisiga ega bo‘lgan, olgan majburiyatini moliyaviy jihatdan javobgarligini his qiladigan, xususiy idorasiga ega jismoniy va yuridik shaxslarga beriladi.
Turagentlar statistikasini yuritishda shunday ham chigal vaziyatni turli fondlar, klublar, jamiyatlar, assotsiatsiyalar yashirin ravishda turistik biznes bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslar yanada murakkablashtirmoqda. Turizmga bevosita aloqasi bo‘lmagan bu shaxslar turagentlik xizmatlarini taklif qilishayapti. Bunday ko‘rinishdagi tadbirkorlik strukturalarida ish tajribasi yo‘q, texnik imkoniyatga, turizm sohasida zarur ishbilarmonlik aloqalarga ega emaslar, litsenziyasi ham yo‘q. Ular milliy qonunchilikni ko‘p buzishadi. Bunday sheriklar bilan hamkorlik qilish, odatda omadsiz yakun topadi.
Turagentlik asosiy massasi o‘zini uncha ko‘p bo‘lmagan mablag‘i va cheklangan bozor bilan namoyon qiladi. Ular na yetkazib beruvchilarga, na iste’molchilar xalq atvoriga zarracha ta’sir o‘tkazisha olmaydi. Ularning ko‘pchilik qismi bir xil hajm va strukturaga ega, bir-biriga o‘xshash turistik mahsulotlarni, deyarli teng narxlarda taklif qiladilar.
Londonning «Ekonomist» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda turagentliklarning aksariyat qismi kichik biznesga taaluqlidir. Bunday firmalarda uch kishidan besh kishigacha band bo‘ladi. Bular direktor, mijozlarni qabul qiluvchi agentlardir. Ular konsultatsiya berishadi, turistik xizmatlarni sotishni amalga oshirishadi, shuningdek hisob yozib beruvchi va kuryerlik ishlarini bajaruvchi kotiblar bor. Qizig‘i shundaki, kichik agentliklarning yarimini egalari xotin-qizlardir.
Yirik chakana turistik firmalar oz sonli bo‘lgan va shundayligicha qolayapti. Faqat 3 % AQSH turagentliklari 15 mln. amerika dollaridan oshadigan yillik oborotga ega. Ular o‘rtasida asosiy sotish hajmi ta’minlanadi. 50 yetakchi amerika kompaniyalariga AQSH turagentliklari ko‘rsatayotgan barcha xizmatlarning uchdan biri to‘g‘ri keladi (jadval 15).
Turagentliklar turistik mahsulotlarni iste’molchilarga yaqinlashtiradi. Ularni xarid qilinishiga qulaylik yaratadi, xarid esa mijoz uchun qiyinchilik to‘g‘dirmaydi. Sayohatga yo‘l olish uchun turistik firma yonidagi turagentlikka murojaat qilish kifoya. Vositachilik operatsiyalari chakana xarakteridan kelib chiqib, iste’molchi yaqinligi turagentlik tarmog‘i geografiyasini belgilaydi. Turistik xizmatlarni amalga oshirish ko‘pchilik aholi punktlari gavjum rayonlarga qaratilgan. AQShda turagentlarning joylashishi bunga misol bo‘la oladi. Shimoliy Amerika turagentlar bozoridagi ahvol tipik hisoblanadi. Uning ta’rifi (xarakteristikasi) jahonning boshqa turistik regionlariga asos bo‘lib qolishi mumkin.
Yevropada barcha chakana turistik firmalarning 70 % ga yaqini to‘plangan. Londonning «Ekonomist» jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, ularda 200 mingdan ortiq kishi band bo‘lib, oboroti esa 75 mlrd. amerika dollarini tashkil qiladi. Shundan 50,5 mlrd. YEI mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Nisbatan taraqqiy etgan turagentlik tarmoqlari Germaniya va Buyukbritaniyada turistik chiqish asosiy generatorlarida joylashgan. Shuningdek Niderlandiyada ham bu tarmoq rivojlangan. Fransiya, Ispaniya va Italiyada agentlar orqali bozorga chiqish kam rol o‘ynaydi.
So‘rovlarga ko‘ra, agar Niderlandiyada turizm sohasida so‘raluvchilardan har ikki kishidan biri vositachilar xizmatidan foydalangan bo‘lishsa, Ispaniyada har besh kishidan biri murojat qilgan. Chakana sotish tarmoqlari turizm industriyasining ajralmas qismi sifatida jahonning qolgan regionlarini ham qamrab olgan. Osiyoda barcha turagentlarning 8 %, Lotin Amerikasida 4 %, Afrika va Yaqin Sharqda ham 4 % ishlayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |