Халқаро туризм



Download 1,06 Mb.
bet124/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

Joylashtirish. Mehmonxona xo‘jaligi joylashtirish vositalarining favqulodda xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Ular nafaqat maishiy qulayligi va xizmatlar to‘plami bilan, balki joylashgan o‘rni va mulkchilik tipi bilan ham farqlanadi. Yuqorida so‘z yuritilganidek albatta xarajatlar tarkibi bilan ham ajralib turadi. Bozor sharoitida o‘zgarishlarga taklif bilan chiqish ana shunga bog‘liq.

Otellar va motellar aksariyat qismi mijozlarni vaqtincha yashashi uchun belgilangan nomerlar soniga qarab ularni taklif qilishi mumkin. Ular daromadni maksimallashtirish uchun nomer fondini to‘liq yuklanishi uchun intiladilar. Shu nuqtai nazardan bozorda joylashtirish korxonalari va aviakompaniyalar xulqlarida juda ko‘p umumiyliklar bor. Ammo havo transportidan farqli ravishda mehmonxona xo‘jaligida takliflar hajmini ikki holatga ko‘ra o‘lchash juda murakkab: Birinchisi statistik hisoblardan, ikkinchisi esa joylashtirish sektorida narx siyosati xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Otellar va ularga o‘xshash joylashtirish vositalari ish natijalari mavjud o‘rinlardan foydalanishga bog‘liq. Amalda mehmonxona korxonalari kam hollarda uzoq muddat davomida to‘liq yuklangan bo‘ladi. Talab kamligidan nomerlar bo‘sh qoladi, joriy remont tufayli oborotdan chiqib ketadi, xo‘jalik ehtiyojlariga ajratib beriladi. Ular shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga bepul foydalanish uchun berilishi mumkin. Bularning barchasini e’tiborga olgan holda, mutaxassislar mehmonxona korxonalari faoliyatining ekspluatatsiya asosiy ko‘rsatkichlari natijalari sifatida yuklanish darajasini kiritdilar. Bu statistik hisobotda aks etadi va mehmonxona biznesi rivojlantirishda katta amaliy ahamiyatga ega.

Shuning bilan birga yuklanish koeffitsiyentidan foydalanish olingan ma’lumotlarni o‘lchashda muammo tug‘diradi. Gap shundaki, yuklanish turli usullar bilan mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin, bu mehmonxona xizmatlari takliflarini baholashda chalkashliklar keltirib chiqaradi. Odatda u sotilgan nomerlarni sotish uchun taklif etilgan nomerlar soniga nisbatan belgilaydi.

Yuklanish baholashda farq qilishdan tashqari, yana bir holat mavjudki, mehmonxona sektorida takliflar hajmini o‘lchashni qiyinlashtiradi. Nomerlar hamma mijozlarga bozor narxidan past holda, bu joylashtirish vositasiga hatto zarar keltirsa ham taqdim etilishi mumkin. Bunday narx siyosati turi mehmonxona xo‘jaligiga umumiy ovqatlanish xizmatlari va uning boshqa bo‘limlari tarkiblarida xarajatlarni qoplash va nomavsumda naqd pul harakatini saqlab turish imkonini beradi.

Xullas, otellar egalari o‘zlarida barcha mavjud nomerlarda koyka – o‘rinlarni to‘liq band bo‘lishi va nomer fondi qiymatida aks etgan maksimal yuklanishdan manfaatdordirlar. Ishlab chiqarish imkoniyati darajasida ishlashga intilish mehmonxona korxonalari chiqimlari strukturasidan kelib chiqadi, bunda doimiy chiqim yuqori bo‘ladi. Ularning ulushi o‘rtacha 60 % ni tashkil qiladi.

Mehmondorchilik korxonalarida xarajatlar haqida axborotlar va ularning munosabatlari hisobotlardan olingan va jahon bo‘yicha o‘rtachalashtirilgan. Chiqimlar tarkibi kattaligi joylashtirish vositalari tiplari mintaqalar bo‘yicha sezilarli farq qilayapti. U mehmonxona korxonalari umumiy chiqimlar hajmining 45 % ga yetadi.

Ishlab chiqarish chiqimlarini qisqartirish uchun barcha joylashtirish vositalari o‘sha bitta masalani hal qiladi. U ham bo‘lsa servis darajasini pasaytirmasdan qanday qilib, mehnatni tejash. Agar qolgan mamlakatlar va mintaqalarda masalan, Janubiy Osiyo, Afrika, Markaziy Amerikada bu muammo unchalik o‘tkir bo‘lmasada, iqtisodiy rivojlangan G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika kabi ishchi kuchi qimmat mamlakatlarida birinchi rejada turibdi. Bu yerda mehnat mijozlarga xizmat ko‘rsatishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish yo‘li bilan kapitalga almashtiriladi.

Keyingi 20 yilda mehmonxona xo‘jaligida professionalizm va mehnat unumdorligini hech narsa ommaviy kompyuterlashni oshirgani yo‘q. Kompyuterlar rejalashtirish, koordinatsiyalash, baholash va joylashtirish korxonalarida nazorat jarayonlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Rahbarni o‘z ichki hissiyotiga ishonib bozorni tahlil etishi, xayolida kelajakda qilinadigan ishlarni rejalashtirishi, tasodifiy ma’lumotlarga tayanib taraqqiyotning istiqbollarini ishlab chiqishi hollari o‘tmishda qolib ketdi. Bugungi kunda bularning o‘rniga ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashgan tizimi keldi. Mehmonxona ishlarida bular o‘rinlarni bronlashtirish, nomer fondini boshqarish, mijozlar bilan hisob-kitoblarni aniq va tez bajarishni osonlashtirdi, daromadlar, naqd pul harakati, mehnatga haq to‘lash, bandlik va boshqalar ustidan nazoratni kuchaytirish imkonini berdi. Kompyuterlar eng yangi dasturlar yordamida murakkab operatsilarni bajarish imkonini beradi, qaysikim buni ilgari faqat odam bajarardi (masalan endi kompyuter ko‘z ochib yumguncha optimal ishlab chiqarish masalasini hal qiladi).

Kompyuterlar asta-sekin ishlab chiqarish jarayonlaridan insonni siqib chiqarayapti. Bu mehnatni kapital bilan almashinishi va doimiy xarajatlar ulushi o‘sishini bildiradi. Mehmonxona korxonalari chiqimlari tarkibi yanada og‘irlashadi, undan kelib chiqadigan otellar xulqi xususiyatlari va bozordagi boshqa joylashtirish vositalari esa yorqin aksini topadi. Ular avvalgidan kuchli, nomer fondi to‘liq yuklanishi darajasida mehmonxona xizmatlari takliflaridan manfaatdor, bu narx siyosatida o‘z aksini topadi.




Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish