Saqlashga imkonsizlik – bu turistik xizmatlarning navbatidagi farqli qirralaridir. Ularni pala-partish amalga oshirish yoki ko‘plab qoldirish mumkin emas. Transportda yo‘lovchi tashish, joylashtirish vositalarida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari singari kelgusida sotish uchun jamg‘arilishi mumkin emas. Bugun otelda foydalanilgan nomer, samolyotdagi o‘rin ertaga uning egalariga o‘rnini qoplab bo‘lmaydigan yo‘qotish bo‘lib qaytadi. bunday holda turistik mahsulot buzilishga mahkum. Xizmatlarni saqlashga imkonsizlik – doimiy talablar sharoitida murakkab muammo hisoblanmaydi. Biroq ko‘pgina xizmatlar turlariga, shu jumladan, turistik xizmatlarga talab tebranib, o‘zgarib turadi. Uning kattaligi yilning mavsumi va hafta kunlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Agar talab taklifdan oshib ketsa, vaziyatni sanoatdagi kabi ombordan tovar olganday o‘nglash mumkin emas. Xuddi shunday talab kam bo‘lganidan xizmatlarni zarur kunlarga atab zahira qilib ham bo‘lmaydi. Agar taklif ortiqcha mavjud bo‘lsa, ishlab chiqarish quvvati bekor turadi va firma zarar ko‘radi.
«Bir daqiqada» xizmat xizmatlar bozorida taklif va talab muvozanatini t’minlovchi strategiyani ishlab chiqishni talab qiladi. Bozoriy muvozanatga erishishning turli yo‘llari mavjud. Masalan, differensiyalashgan narx, chegirma belgilanishi, boshqa rag‘batlar talabni mavsumlar – vaqtlarga bir tekis taqsimlash imkonini beradi. Talabni boshqarishning boshqa keng tarqalgan usuli – xizmatlarga oldindan buyurtmalar olish tizimini joriy etishdir. Talablar avji davrida korxona xizmat ko‘rsatish tezligini oshiradi, qo‘shimcha xizmatlar taklif qiladi (qahva, yangi gazeta jurnallar va boshq). Bu asosiy xizmatlarni kutayotgan mijozlarni zeriktirmaydi. Korxona aralash kasbga xodimlarni o‘qitadi, vaqtincha xodimlar yollaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan ta’rif (xarakteristika)lardan tashqari, turistik mahsulot bir qator boshqa farqli qirralarga ega. Ular orasida iste’mol xususiyatlarining buzilib ketishi, noaniqlik va qandaydir darajada xizmat ko‘rsatish manbaining anonimligi, ishlab chiqaruvchining ko‘p subyektlikka asoslanganligi va turistik xizmatlarda sotuvchi va iste’molchining bir-biridan ajralib qolishi, turistik mahsulotning sotilmay qolishi. Bu talabning yangi dinamik shaklini tug‘diradi, yetkazib beruvchiga qarab boradi. Turistik xizmatlarning bu xususiyatlari turizmda operatsiyalarni boshqarishni iqtisodiy samaradorlik jihatidan sanoatga qaraganda ancha qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |