Халқ таълими вазирлиги


XXI asr ta’lim va tarbiya jarayonlarida pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalar



Download 62,27 Kb.
bet3/14
Sana24.02.2022
Hajmi62,27 Kb.
#224826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
bmi chala

1.XXI asr ta’lim va tarbiya jarayonlarida pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalar.
O‘zbekistonda axborotlashtirish jarayonida uning ham jamiyat, ham shaxsning o‘rni beqiyosdir. Axborotlashtirish har bir istagan sohasini tubdan o‘zgartirish qobiliyatiga ega. Bunday sharoitda jamiyatdagi har bir shaxsning barkamollik sari intilishlari ro‘yobga chiqadi. Chunki kerakli axborotlarni o‘z vaqtida olish bilan birga ulardan to‘g‘ri foydalana olish insonni ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Respublikamiz xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan shahar va tumanlardagi barcha maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari, maxsus maktab-internetlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish keng joriy etilmoqda. Maktablarda zamonaviy o‘quv kompyuter tarmoqlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, maktablar “ZiyoNET” jamoat ta'lim axborot tarmog‘iga ulangan bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar undan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratilgan.1
“O‘zbekistonda elektron kitob (Jet Book)lardan foydalanish” loyihasi esa o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda. Maktablarda veb-saytlar ochilib, maktabda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, o‘qituvchilar tomonidan yaratilayotgan elektron darsliklar mazkur veb-saytlarga joylashtirilib borilmoqda. O‘z navbatida ana shunday yo‘nalishda o‘zoro tajriba almashish (masalan “O‘rgan-o‘rgat” tadbiri) ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ham albatta axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarning samarasidir.
Yaratilayotgan ana shunday imkoniyatlar natijasida o‘quvchilar zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallab, bu borada zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib bormoqda.
Ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini olib kirish zarurati 70-80 yillardan boshlab (o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishi pasayib ketgach ) dars metodlarini, shakl va metodlarini o‘zgartirish, yangilik kiritishdan boshlandi. Nostandart (ular 40-50 tadan oshdi) darslarga axborot texnologiyasini (kompyuter. filmoskop, kodoskop va h.k) va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bilan takomillashtirib borilmoqda.
Mustaqillikka erishgach, ta'limda, umuman, barcha jabhalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, hech qanday to‘siqlarsiz axborot izlash, olish, tekshirish, uzatish hamda axborotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda. Ushbu chora-tadbirlarning uzluksiz amalga oshirilib borilishi O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan.
Globallashuv jarayoni ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan keng foydalanishni talab etadi. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.
Axborot voqea va hodisalar haqidagi ma'lumotlarni beradi. Hodisa, voqealar mazmun – mohiyatini ochib beradi. Axborot termini kishilik jamiyatining barcha jabhalarida qo‘llaniladi va ular asosida ta'lim – tarbiya jarayoni olib boriladi hamda pedagogik faoliyat boshqariladi2.
Ta'lim jarayoni – bu avvalo axborot almashinish jarayonidir. O‘qituvchi o‘quvchiga bilimlarni ma'lum qiladi (tegishli axborot beradi) va o‘z navbatida teskari aloqa tarzida undan bayon qilingan bilimlar qanday o‘zlashtirilganligi haqida tasavvur hosil qiladigan axborot oladi. Bu axborot o‘quvchilarning diqqat bilan o‘tirishlarida, o‘qituvchiga qarab turishlarida, yuz ifodalarida o‘z aksini topadi. Agar teskari aloqa bo‘lmaganda edi, o‘qituvchi bergan axborotining o‘quvchilar tomonidan qanday qabul qilinayotganini bilmagan bo‘lar edi. Teskari aloqa o‘qituvchiga o‘z nutqini davom ettirish yoki to‘xtatish, ish turini o‘zgartirish, umuman, faoliyatini korrektura qilish imkonini beradi.Xuddi shu kabi kompyuter va ta'lim oluvchi o‘rtasida kommunikatsiyanining samaradorligini belgilovchi va natijalarini kafolatlovchi o‘qituvchi hisoblanadi.
Kommunikatsiya (lot communikatio) – informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladigan kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtai nazardan yondashiladigan kommunikatsiya aloqa ham deb ataladi.
Ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan kommunikatsiya guruh yoki tashkilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar o‘rtasida aloqa almashish jarayonini o‘z ichiga oladi. Bunday turdagi kommunikatsiya asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi katta ahamiyatga ega. Guruh ichidagi kommunikatsiya uchun shu guruh yoki a'zolari o‘rtasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli3.

Ta'lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamon talabidir. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega.


Axborotlar oqimining ortib borishi va ta'lim metodlarining murakkablashishi bilan ta'limni asosan an'anaviy usulda tashkil etish tobora qiyinlashib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari o‘quv jarayonida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ta'lim sohasi uchun nihoyatda keng imkoniyatlarni taqdim qiladi:

  • differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi;

  • teskari aloqa bog‘lashi: o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi;

  • darslarda animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanilishi;

  • o‘quvchilarga fanni o‘zlashtirish uchun ko‘nikmalar hosil qilishi va hokazo.

Bilishning asosini amaliyot tashkil etadi. Axborot texnologiyalari esa ana shu jihatdan ham o‘z ustunligiga ega. O‘rganilgan nazariy bilimlarning texnik vositalar asosida amaliy jihatdan ham yoritib berish imkoniyatining mavjudligi o‘quvchilarning ta'lim jarayonida yanada faol ishtirok etishini ta'minlaydi. Axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish, ikki tomonlama muloqot (o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘quvchi va o‘quvchi o‘rtasida)ni samarali tashkil etish o‘quvchilar faolligining yuqori bo‘lishini talab etadi. O‘quv-tarbiya jarayonida axborot-metodik ta'minotini amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning bajaradigan asosiy vazifasi - ikki tomonlama muloqotni ta'minlashdir. Teskari aloqasiz, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi doimiy muloqotsiz o‘qitish mumkin emas. Bu jarayonning samarali tashkil etilishida o‘quv-biluv motivlari alohida o‘rin kasb etadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari esa o‘z navbatida motivlarni yuzaga keltiruvchi eng muhim omillardan biridir. Chunki, axborotlarning jamlanganligi, ko‘rgazmaliligi, ya'ni turli xil taqdim etish imkoniyatlariiing mavjudligi, animatsiyalardan foydalanish, ta'lim-tarbiya oluvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlariga mos axborotlarni taqdim etib borish o‘quvchilarda ta'limga bo‘lgan qiziqishni va bilim olishga bo‘lgan ichki harakatlantiruvchi kuchlar(motiv)ni yuzaga keltiradi. Bu borada olib boriladigan ishlar mazmuni motivni o‘stirishga, uni qo‘ya bilishni o‘rgatishdan iborat.
Axborotlashtirish axborot jarayonlarini rivojlantirish vosita va sharoitlarining butun majmui bo‘lib, tegishli texnik, bazani yaratish, tashkiliy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy islohotlar qilishni o‘z ichiga oluvchi jarayon bo‘lib, u ta'limni texnologiyalashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlanishini ta'minlaydi.
O‘qitishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi ta'lim oluvchilarning ma'lum tematika doirasida ilmiy-texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil ijodiy faoliyatini ko‘zda tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta'lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi.

Download 62,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish