Kengash raisi: A.To`rayev
Baxmal tumani xalq ta`limi tasarrufidagi 56-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan Jamoat Kengashi yig’ilish
BAYoNNOMASI
14.09.2021 yil. Barlos QFY.
-
Qatnashdilar:
|
Maktab Jamoat Kengashining 11 nafar a’zosi
|
Kun tartibi:
Yangi o’quv yilining ochilishi va unga tayyorgarlik ko’rish hamda 2021 yil 15avgust kuni qabul qilingan 666-sonli Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori to’g’risida.
Ma’ruzachi: A.To`rayev– maktab direktori
Eshitildi:
Yig’ilishni maktab direktori A.To`rayevkirish so’zi bilan ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan yig’ilish qatnashchilarini tanishtirib o’tdi va so’zini davom ettirib o’tkazilayotgan yig’ilishning asosiy maqsadi o’quvchilarni har jihatdan qo’llab-quvvatlash, mustaqil davlatimiz rivojiga, kelajagi buyuk davlat bo’lgan O’zbekistonimiz yoshlarining ta’lim va tarbiyasiga, ularning jismonan chiniqqan, xar tomonlama barkamol avlodlar bo’lib yetishlariga alohida e’tibor qaratilayotganligi, shu maqsadda mamlakatimizda yosh avlodni axloqan pok, ma’nan yetuk va jismonan kamol topgan shaxslar qilib yetishtirishning o’ziga xos tizimi shakllanganligi, shuningdek, mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganligi to’g’risida ma’lumot berdi.
Maktab direktori A.To`rayev so’zini davom ettirib, bunga ustozlarga hamda o’quvchilarga yaratilayotgan sharoitlar, ularning talim olishlariga ko’rsatilayotgan e’tibor yaqqol misol bo’la olishini, 666-sonli Vazirlar Mahkamasining “Davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ham bugungi kun yoshlarining salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ularning kiyinish madaniyati va amalga tartib-intizomga amal qilish ko’nikmalarini mustahkamlash uchun mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilishini aytib o’tdi.O’quvchilarga yangi o’quv yilida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Bundan tashqari tadbirda tuman IIB vakili leytenant D.Narimonov so’z olib maktab o’quvchilariga yo’l harakati va yong’in xavfsizligi qoidalarini yana bir bor tushuntirib o’tdi. Voyaga yetmaganlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish yuzasidan gapirib o’tdi.
Tadbirda yong’in xavfsizligi xodimi so’zga chiqib o’quvchilarga yong’in xavfsizligi qoidalari, prezidentimizning 2992-sonli qarorida haftaning har chorshanba kuni yong’in xavfsizligi kuni ekanligi to’g’risida gapirib o’tdi.
Yig’ilish yuqoridagilardan kelib chiqib
QAROR QILADI:
1. Kun tartibidagi masala yuzasidan berilgan axborot ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.O’quvchilar davomatini yanada yaxshilash maqsadida oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi kuchaytirilsin.
3.O’quvchilarning sifatli talim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilsin, bu yuzasidan bo’yicha olib borilayotgan ishlar yanada rivojlantirilsin.
4.Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish bo’yicha maktab –IIB hamkorligidagi ishlar kuchaytirilsin.
5. Ushbu qarorlarini bajarilishini nazorat qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari O.Yaxshiliqov zimmasiga yuklatilsin.
Barcha sinf rahbarlari va o’qituvchilarga:
-o’quvchilarni maktabning ichki tartib qoidalariga hamda odob-ahloq qoidalariga amal qilishlarini ta’minlash;
- o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
- tashkil etilgan to’garaklarga o’quvchilarni keng jalb etish;
- mahalla fuqarolar yig’ini va proflaktika inspektori hamda o’quvchilarning ota-onalari bilan o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish ishlari olib borilsin.
Maktab direktori:
|
|
A.To`rayev.
|
|
|
|
Kotib:
|
|
O.Yaxshiliqov.
|
Baxmal tumani xal ta`limi
56-umumta’lim maktabning “Oila, mahalla
ta’lim muasssasi” jamoat kengashining yig’ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |