Халқ таълими вазирлиги ҳузуридаги “Оила – маҳалла – таълим муассасаси” ҳамкорлиги Жамоат кенгаши тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида


IV. Ota-onalar qo`mitasi, uning a’zolarining huquq va burchlari



Download 3,62 Mb.
bet55/72
Sana10.07.2022
Hajmi3,62 Mb.
#772680
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
Bog'liq
175 hujjatlari

IV. Ota-onalar qo`mitasi, uning a’zolarining huquq va burchlari.

1. Ta’lim muassasasi ota-onalar qo`mitasi raisi Pedagogika kengashining a’zosi sifatida kengash kun tartibiga qo`yilgan masalalarni muhokama etishda ota-onalar nomidan o`z taklif va mulohazalarini bayon eta oladi.


2. Ta’lim muassasasi direktori yoki pedagogika kengashiga muassasani boshqarishni takomillashtirish, o`quv-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish, moddiy bazasini mustahkamlash va boshqa masalalar bo`yicha o`z taklif-mulohazalarini og`zaki yoki yozma tartibda bayon etadi.
3. Fan o`qituvchilari, sinf rahbarlari roziligi va muassasa ma’muriyati bilan kelishgan holda ular o`tayotgan darslar, to`garak mashg`ulotlari, sinf soatlari va tarbiyaviy soatlarni kuzatadi.
4. Ta’lim muassasasi moddiy bazasini mustahkamlash, ta’mirlash ishlariga yordam berish bo`yicha ota-onalar majlisini chaqiradi. Har qanday tadbir uchun ota-onalardan mablag` yig`ish ularning har birining roziligi bilangina amalga oshiriladi va bu haqida ota-onalar qo`mitasining qarori chiqarilishi shart.
5. Qo`mitaning ta’lim muassasasining moddiy bazasini yaxshilashga ko`maklashish sho`‘basi barcha shakldagi homiylik hamda muruvat yordamlari - pul mablag`lari, turli jihozlar, anjomlar va boshqalarning, shuningdek, ta’lim xizmatlari ko`rsatish, ishlab chiqarishni tashkil etish orqali topilgan mablag`larning tegishli tartibda muassasaga kirim qili­nishi, sarflanishini nazorat qiladi. Shu bilan birga, qo`mita raisi muassasa direktoridan muassasa hisobiga tushgan byudjetdan tashqari mablag`larning miqdori, ularning qay maqsadlarda ishlatilgani haqida ota-onalar qo`mitasi yig`ilishida hisobot berishini talab qilishga haqli.
6. Yetim, ota-onasiz qarovsiz qolgan bolalar hamda kam ta’minlangan oilalarning bolalariga hukumat qaror­lari bilan beriladigan bepul darsliklar, o`quv anjomlari, issiq kiyim-boshni topshirish maqsadida muassasada va har bir sinfda tuzilgan komissiya tarkibiga ta’lim muassasasi hamda sinf ota-onalar qo`mitasining a’zolari kiritiladi.
7. Fanlarni bo`sh o`zlashtirayotgan hamda tarbiyasi og`ir o`quvchilarning shunday ko`rsatkich berayotganiga sabab bo`layotgan asosiy omillarni hamda o`qituvchilarning bunday bolalar bilan qo`shimcha ishlashi va ularga e’tiborini o`rganadi;
Ahvolni yaxshilash yuzasidan choralar ko`rilishini muassasa ma’muriyatidan, ota-onalardan talab qiladi. Zarur hollarda muassasa ma’muriyati bilan mahalla, ta’imni boshqaruv va huquqni muhofaza qilish organlari, hokimi­yatlar qoshidagi «Voyaga yetmaganlarishlari bo`yicha komissiya»larga murojaat va takliflar bilan chiqadi.
8. Iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash uchun muassasada shart-sharoitlar yaratilishini kuzatib boradi, zarur hollarda iXalq ta`limiisoslashtirilgan sinflar, to`garaklar tashkil etilishini, muassasa va sinflardagi kutubxona fondini boyitish, iste’dodli va iqtidorli o`quvchilarni rag`batlan­tirish uchun zarur choralar ko`rilishini ma’muriyatdan talab qiladi va bu ishlarni tashkil etishda vakolati doirasida yordam beradi.
9. Muassasa ma’muriyati ota-onalar qo`mitasi yoki uning prezidiumi samarali ishlashi uchun, muassasa sharoitidan kelib chiqqan holda, alohida xona ajratib berishi mumkin.
10. Ota-onalar qo`mitasi raisi, uning a’zolari yoki prezidium a’zolari jamoatchilik tartibida faoliyat yuritadi. Qo`mitaning eng faol a’zolari muassasaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, byudjetdan tashqari mablag`lar hisobidan moddiy va ma’naviy rag`batlantirilib turishi mumkin.
«Ta’lim taraqqiyoti» jurnali 2003 y. 2-3-son.



Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish