1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
“TARIX (MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR BO‘YICHA) TA’LIM
YO‘NALISHI III BOSQICH ,,A” GURUH TALABASI
HAKIMOV SHAHBOZBEK
KURS ISHI
MAVZU:
Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) davri diplomatiyasi;
ISH RAHBARI:
Katta o‘qituvchi B. Abdullayev
Andijon - 2015
2
REJA:
I. Kirish
II. Asosiy qism:
1. XIX asrning oxirgi choragi –XX asr boshida Fransiya va Prussiyadagi ijtimoiy-
siyosat vaziyat;
2. Fransiya-Prussiya urushining kelib chiqish sabablari, bahona va boshlanishi.
3. Urushning borishi va harbiy harakatlarning jadallashuvi;
4. Fransiya-Prussiya urushining yakunlari, oqibatlari;
5. Fransiyada davlat to`ntarishi, uning oqibatlari va Frans-Pruss yarash sulhini
imzolanishi;
6. 1871-yildagi Parij kommunasi; va uning tor-mor etilishi; Frankfurt sulx
shartnomasi
7. Kommuna inqirozidan keyingi Fransiya-Prussiya munosabatlarini keskinlashuvi
III. Xulosa;
IV. Foydalanilgan adabiyot va manbalar ro‘yxati;
VI. Ilovalar;
3
Kirish
“Tarixiy xotira tug’usi to’laqonli ravishda
tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining
barcha muvaffaqiyat, yo’qotish va
qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan
xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina
chinakam tarix bo’ladi.”
Xalqimizning asrlar sinovida yanada kuchayib, toblanib borgan mustahkam
irodasi, iymon-e’tiqodi nafaqat qadimiy ma’naviyatimiz, balki milliy o‘zligimizni
saqlab qolishga asos bo‘ldi. “Agar biz dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqillikni qo‘lga kiritish, milliy tiklanish, o‘z
davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini mustahkamlash
jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda - bu
iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo‘ladimi, madaniyat, ta’lim-tarbiya va ilm-fan
bo‘ladimi — o‘zining beqiyos ichki qobiliyat va salohiyatini ishga solish, uni
ro‘yobga chiqarish hisobidan taraqqiyotga erishganini ko‘ramiz.”
1
Masalan,
Yaponiya yoki Janubiy Koreyani olaylik. Bu mamlakatlarning Ikkinchi jahon
urushidan keyin qanday og‘ir ahvolga tushib qolganini hammamiz yaxshi bilamiz.
Xo‘sh, ular nimaning evaziga qisqa davr ichida bu qadar rivojlanishga erisha oldi?
Axir, bu o‘lkalarda mo‘l-ko‘l tabiiy xomashyo manbalari, mineral resurslar deyarli
yo‘q-ku! Albatta, bu borada o‘sha paytda dunyoda mavjud bo‘lgan siyosiy omillar,
xalqaro vaziyatning ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Lekin yapon va koreys xalqi
asrlar davomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o‘ziga xos milliy
ma’naviyati hisobidan ham rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas.
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T.: Sharq 1998,-B.28
4
Shuning uchun «yapon mo’jizasi» yoki «koreys mo’jizasi» haqida gap ketganda,
taniqli ekspert va mutaxassislar ham birinchi galda «yapon xarakteri», «koreys
tabiati» degan iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular bu o‘rinda avvalo mazkur
xalqlarga mansub ma’naviy fazilatlarni nazarda tutadi. Ya’ni, bu xalqlarning ichki
dunyosi va irodasi ma’naviyat negizida yanada toblangan, kamolga yetgan.
Bunday xulosaning tasdig‘ini nafaqat mazkur ikki davlat, balki boshqa mamlakat
va xalqlar misolida ham ko‘rish qiyin emas. Vijdon pokligi va bedorligi asrlar,
zamonlar osha inson ma’naviyatining tayanch ustunlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu
boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradi-ki, qaerda davlat va jamiyat
taraqqiy topsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk
maqsadlar qo‘yib yashashi uchun Yurtboshimiz Islom Karimov 1998-yil 14-iyulda
bir guruh tarixchi olimlar va yetakchi jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda
tarix fanini, bugungi ahvoli va istiqbolini chuqur tashkil etish haqidagi o‘z fikr-
mulohazalarini bildirib, bu yo‘nalishda tarixchi olimlar oldiga qator vazifalarni
qo‘ydi. Prezidentimiz: ”Muayyan masalada turli fikrlarni berish, bahs orqali
haqiqat oydinlashuviga erishish lozim. Tarixiy voqealarni, shaxslar faoliyatini
izohlash yo‘li bilan odamlarni asl haqiqatdan ogoh etishimiz kerak”, - deb
ta’kidladi.
1
Ushbu vazifalardan eng muhimi - yangi jamiyatimizni isloh, qilish va
yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, hozirgi davr talabi asosida
yangicha fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, muhimi, ular ongiga milliy istiqlol,
Vatanga sadoqat va yurtparvarlik g‘oyalarini yanada chuqurroq, singdirish va teran
anglatishdan iboratdir.
1
Karimov I.A.Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. Manaviyat-T.: 2008.
5
Prezidentimiz o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli
asarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan
millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan.”
O‘zbekistan Respublikasi istiqlolga erishishi natijasida jamiyatimizning barcha
sohalarda tubdan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqdi. Xususan, Vatanimiz tarixiga
milliy vatanparvarlik nuqtai-nazaridan qiziqish ortmoqda. Sovet mustamlakachiligi
yillarida eng qadimgi davrlardan to O‘zbekiston mustaqillika erishguniga qadar
bo‘lgan tariximiz soxtalashtirildi. Endilikda, ya’ni mustaqillik yillarida
tarixshunosligimizda bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va amalga
oshirilmoqda. Yangi tarixning ko‘rib chiqiladigan davri - 1871 yilgi Parij
Kommunasidan to Oktabr davlat to'ntarishigacha bo‘lgan vaqtni o'z ichiga oladi. U
oldingi davrning uzviy davomidir, chunki kapitalizmning rivojlanishi bu davrning
asosiy mazmuni bo'lib qolaveradi. “Boyliklar va hokimiyat eng yirik burjuaziya —
kapitalistik monopoliyalar qo‘lida to‘planishining tezlashuvi yangi tarixning qarab
chiqilayotgan davrga xos eng muhim jihatidir. XIX asr oxiriga kelganda bunday
monopoliyalar hukmron kuchga aylandi — kapitalizm o‘z taraqqiyotining yangi
bosqichiga — imperializm bosqichiga qadam ko‘ydi. Bu hol jahon xalqlarini
kapitalistik ekspluatatsiya qilishning kuchayishiga va kapitalizmning barcha
ziddiyatlari chuqurlashuviga olib keldi. Ishchilar sinfi ancha o‘sdi va uning
ijtimoiy-siyosiy roli kuchaydi. 1871-yilgi Parij Kommunasi mag‘lubiyatga uchradi,
lekin burjuaziya hokimiyatini ishchilar sinfi hokimiyati bilan almashtirish
mumkinligini isbot kilib berdi.”
1
Biz o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad qilib
olgan mavzu, ya’ni “Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) davri diplomatiyasi”
mavzusini tadqiq qilish orqali Fransiya-Prussiya urushi urushi davrida
dunyodagi xalqaro vaziyat qay tarzda o‘zgardi, o‘zaro kuchlar nisbati nima
sababdan o‘zgardi, nima sababdan Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) urushi
kelib chiqdi, urushning boshlanishiga asosan qaysi davlatlar va shaxslar
1
Янги тарих. 1871 — 1917, А. П. Аверьянов ва бошк..; И. М. Кривогуз тахририда.— Т.: Укитувчи, 1989.
6
sababchi bo‘lganligini dalil-isbotlar orqali bayon qilib, mavzuning
dolzarbligini ochib berish mumkin.
Ishning maqsad va vazifalari. Har bir inson biron bir ishga kirishsa,
inson o‘sha olib boryotgan ishiga nisbatan o‘z oldiga maqsad va vazifalar
qo‘yib oladi. Jumladan, meni xalqaro munosabatlar tarixiga qiziqishim tufayli
1870-1871- yillarda sodir bo‘lgan Fransiya-Prussiya urushi davri diplomatiyasi
tarixini va o‘sha davrdagi Yevropa davlatlarning turli sohadagi olib borgan
ishlarini, xalqaro miqyosdagi bir-biri bilan olib borgan diplomtik va hamkorlik
(ittifoqchilik, sherikchilik) aloqalarini, XIX asr oxiri-XX asr boshlaridagidagi
dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy manzarasini imkon qadar o‘rganishni
o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.
Ishning davrlashtirilishi. Kurs ishining xronologik davri XIX asrning 60-
yillar oxiri-70-yillari boshlaridagidagi dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
manzarasi, ya’ni asosan Fransiya- Prussiya urushiga oid voqealardan iboratdir.
Bunga sabab: aynan 1868-yil Ispaniya taxtiga nomzod masalasidagi murosasizlik,
Yevropada gegemonlik uchun kurash, birinchi darajali davlatga aylanish
borasidagi kurashlar pirovardi Frans- Pruss urushini yuzaga kelishini muqarrar
qilib qo’ydi. Natijada 1870-yil 17—iyulda Fransiya Shimoliy Germaniya ittifoqiga
urush e’lon qildi, mustaqillik va bosqinchilik xarakteridagi qirg’inbarot urush
ro’y berdi. Bu dahshatli urush 1871-yilga qadar davom etdi.
Tadqiqotning obekti va predmeti. Tadqiqotning nazariy asosini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari tashkil qiladi.
Mazkur tadqiqot ishi 1870- yildan 1871- yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga
olganligi sababli asosiy e’tibor o‘sha davrda hamda keyingi yillarda nashrdan
chiqqan adabiyotlar, maqolalar, ilmiy ishlar; mustaqillik davrida e’lon qilingan
xolis yoritilgan tarixiy materiallar maqola va monografiyalar shu kabilarga
qaratilgan.
7
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Biz o‘rganishni o‘z oldimizga maqsad
qilib olgan mavzu, ya’ni “Fransiya-Prussiya urushi (1870-1871) davri xalqaro
munosabatlar” mavzuiga ko‘plab tarixchilar tomonidan juda ko‘plab murojaat
qilinganligi ma’lum. Ushbu kurs ishimizni tayyorlash jarayonida, biz ko‘proq
tarixiy material va manbalarga, xrestomatik asarlarga va Internet saytlaridan
olingan ma’lumotlarga tayangan holda voqea-hodisalarni qiyosiy tahlil asosida
yoritishga harakat qildik.
Ishning amaliy ahamiyati. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundaki,
jahon tarixidagi bu qisqa davr tarixi, undagi ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy o‘zgarishlar, turli xil nazariyalarning vujudga kelishini, ularning sabab
va mohiyatini chuqur va har tomonlama o‘rganish orqali tarix yangi-yangi
ma’lumotlar olib keladi. Kurs ishining natijasiga ko‘ra, bayon etilgan faktik
materiallar va ilmiy xulosalardan Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti “Tarix”
ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘tiladigan “Jahon tarixi (Yangi tarix II va III
tom)” fanidan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida, talabalarning mustaqil va
kurs ishlarini tayyorlashlarida, to‘garak ishlarini olib borishda manbaa bo‘lib
xizmat qilishi mumkin.
8
1. XIX ASRNING OXIRGI CHORAGI –XX ASR BOSHIDA
FRANSIYA VA PRUSSIYADAGI IJTIMOIY-SIYOSAT VAZIYAT
XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya imperatori
Napoleon III mavqeyiga putur yetdi. Buning asosiy sababi—Fransiyaning o`z
qo`shnilari bo`lgan Angliya va Germaniyadan tobora orqada qolayotganligi bo`ldi.
Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi.
“1869-1870 yillarda Fransiyada bonapartchilar rejimining krizisi juda ham
kuchayib ketdi. Buni, ikkinchi imperiya dushmanlarigina emas, balki uning
tarafdorlari ham imperatorning o‘zi va uning a’yonlari ham fahmlar edilar.
Bonapartchilar to‘dasi, faqat g‘olibona urush qilish yo‘li bilangina hokimiyatni
qo‘lda saqlab qolish, omonat turgan imperator taxtini mustahkamlash, ko‘tarilib
kelayotgan
inqilob
to‘lqinini
to‘xtatish
mumkin,
degan
qarorga
keldilar.”
2
“Prussiyani tor-mor keltirish, shimoliy-german ittifoqini tugatish,
Germaniyaning tarqoqligi va parokandalik davriga qaytarish va Fransiyaning
mayda german davlatlarining taqdirini hal etuvchi kuchga aylantirish va bu bilan
ikkinchi imperiyaning ilgarigi obro‘ va shuxratini tiklash Napoleon III
hukumatining mo‘ljal va maqsadlari edi. Bu maqsadlar fransuz xalqiga yot edi.
Urush bonapartchilar to‘dasining faqat shaxsiy g‘arazli manfaatlariga mos
tushardi xolos.”
2
Chunonchi, Prussiyaning 1866-yildagi Avstriya ustidan erishgan
g‘alabasidan so‘ng german davlatlarning Prussiya atrofida birlashishiga Fransiya
to‘sqinlik qilar edi. “Fransiya german davlatlaridagi ichki separatizmni qo‘llab-
quvvatlar edi. Prussiya ministr-prezidenti va Shimoliy-german ittifoqining kansleri
1
Янги тарих II том Т.: 1960-B.601- 602.
2
Галкин И.С, Застенкер Н.Е, Хвостов В. М. Янги тарих II том (1871-1918), Т.:1964.
9
O.Bismark ushbu muammo «Qo‘shniga (Fransiyaga) qarshi birgalikda olib
borilgan urush» evaziga hal etilishi mumkin deb hisoblardi. Shuning uchun ham
Prussiya Fransiyaga qarshi urushga tayyorgarlik ishlarini urushdan ancha ilgari
boshlangan edi. Bismarg tomonidan ishlab chiqilgan dasturda ya’ni «Germaniyani
yuqoridan», «qilich va qalqon» siyosati bilan Prussiya boshchiligida birlashtirish
dasturida Fransiyaga qarshi urush muqarrar deb topilgan edi. 1868 yildayoq
Prussiya shtabi Fransiyaga qarshi urush operatsiyalari rejasini ishlab chiqib, harbiy
tayyorgarlik bilan bir qatorda siyosiy va diplomatik tayyorgarliklar ham ko‘rilgan
edi. Prussiya janubiy german davlatlarini o‘z tomoniga og‘darib olishga, Avstriya-
Vengriya va Chor Rossiyasini betaraf qilib qo‘yishga muvofiq bo‘lgan edi.
Prussiya yunkerlari, harbiylari burjuaziyaning siyosatini qo‘llab-quvvatlagan,
ko‘pchilik qismi mag‘lubiyatga uchragan Fransiya yerlarini egallashga orzumand
edilar.”
1
Tarixiy taraqqiyot taqozosi bilan Germaniya oldiga qo‘yilgan asosiy, eng
muhim va eng zarur vazifa Germaniyani milliy jihatdan birlashtirish, yagona
umumgerman davlatini tuzishdan iborat edi. Ikkinchi imperiya yagona german
davlati tuzilishiga yo‘l quyishni istamas edi va qurol kuchi bilan bunga qarshilik
ko‘rsatardi. Shu sababli Prussiya yunkerlari, harbiylari va burjuaziyasi reaksion va
agressiv maqsadlarni ko‘zlagan bo‘lishiga qaramay, Germaniyaning Fransiyaga
qarshi urushi, uning boshlang‘ich davrida, o‘zining mazmuniga ko‘ra ob’ektiv
jihatdan nemislar uchun milliy manfaatni ko‘zlagan adolatli urush edi.
Bu urush Germaniyaning milliy jihatdan birlashishi uchun, bu ishda unga
qarshilik ko‘rsatayotgan tashqi reaksion kuch ya’ni bonapartchilar imperiyasiga
qarshi qaratilgan urush edi. Shimoliy-german ittifoqining hukumati urushga barcha
sohalarni diplomatiyani, armiyani, sanoatni tayyorlardi.
1
Галкин И.С, Застенкер Н.Е, Хвостов В. М. Янги тарих III том (1871-1918), Т.:1964.
10
2.
FRANSIYA
-
PRUSSIYA URUSHINING KELIB CHIQISH SABABLARI
,
BAXONA
VA BOSHLANISHI
.
Urushining kelib chiqish sabablari. Fransiya va Prussiya o‘rtasidagi
urush Evropa tarixidagi muhim voqea sanaladi. Odatda uni yangi zamon tarixining
ikkinchi davrining boshlanishi deb hisoblashadi. So‘nggi yillardagi adabiyotlarda
bu urush fransuz – German urushi, deb atalmoqda. Chunki urushda ko‘pchilik
nemis davlatlari qatnashishgan. Fransuz – German urushi har ikki mamlakat
o‘rtasidagi chuqur ziddiyatlarning oqibatida kelib chiqqan. Ma’lumki, Shimoliy
german ittifoqi tarkibiga ko‘pchilik nemis davlatlari birlashgani holda, mamlakatni
to‘la ma’noda birlashtirishga tarafdor bo‘lishdi. Faqat 4 ta nemis davlati iqtisodiy
va diniy umumiylik (katolik) jihatidan Fransiya bilan bog‘langan edilar. Mana shu
tariqa nemis davlatlarining milliy manfaati siyosiy jihatdan birlashishni taqozo
etardi. Demak, Fransiya Germaniya urushining birinchi sababi bevosita nemis
davlatlarining tarixiy taqdiri bilan o‘zviy bog‘liq edi.
Urushning ikkinchi sababi
bevosita Fransiya bilan aloqador edi.
Fransiyada ikkinchi imperiya rejimi XIX asrning 60- yillarida tanazzulga
uchradi. Ayniqsa sanoatda tanglik nihoyatda kuchaydi. Korxonalarda ish kunining
13-14 soatga etmagan bolalarning 12 soatlik ish kuniga majbur etilishi
norozilikning kuchayishiga sabab bo‘lgan. 1866-1867 yilalrdagi iqtisodiy krizis
Fransiyada ommaviy ishsizlikni keltirib chiqardi. 60- yillarning oxirida Napoleon
III imperiyasidagi aholining 70 % qishloqlarda yashagan qishloqlardagi 19,5 mln.
aholining 4 mln. ersiz dehqonlar edi.
Shuningdek, 2,5 mln. mayda dehqonlar hom bor edi. Fransiya keyingi
davrda Prussiyaning Germaniyani birlashtirishiga to`sqinlik qila olmay qoldi. Agar
Germaniya yagona davlatga birlashadigan bo`lsa, Fransiyaning xalqaro
11
maydondagi obro`siga jiddiy zarar yetar va Yevropadagi ikkinchi davlatdek
mavqeyi barham topar edi. Fransiya hukmron doiralari esa buni aslo xohlamas
edilar. Fransiya hukmron doiralari 1860- yildagi Angliya-Fransiya savdo
shartnomasidan ham norozi edi. Chunki, ingliz tovarlarining Fransiyaga ko`plab
kiritilishi Fransuz tovarlari bilan raqobatni kuchaytirmoqda edi. Bundan tashqari,
mamlakatda ishsizlik, qashshoqlik, qimmatchilik mehnatkashlarning doimiy
yo`ldoshi bo`lib qolgandi. Shuning uchun ham 1870- yil yanvar oyida Parijda
o`tkazgan 200 ming kishilik namoyishning dahshati bejiz emas edi. Mamlakatda
Napoleon III rejimiga qarshi burjua oppozitsiyasining noroziligi ham kuchayib
borardi. Fransiyaning xukmron doiralari o‘sha og‘ir krizisdan qutilishining birdan
– bir yo‘li urush deb bilishdi.
Bunday sharoitda, Napoleon III uchun Prussiyaga qarshi g`olibona urush
zarur edi. Bu urush Fransiyaning, shuningdek Napoleon III ning ham mavqeyini
tiklagan bo`lardi. Buning uchun esa urushda g`alaba qozonish, Germaniyaning
birlashishiga yo‘1 qo`ymaslik va Germaniyaning ba’zi hududlarini bosib olishi
zarur edi. Prussiya ham bir necha yillardan beri Fransiyaga qarshi urushga
tayyorlanib kelmoqda edi. Uning maqsadi, Germaniyada Prussiyaning
hukmronligini mustahkamlashga to`siq bo`lgan Fransiyani
yengish va
Germaniyani birlashtirishni nihoyasiga yetkazish edi. Tomonlarga urushni
boshlash uchun bir bahona zarur edi, xolos. Tez orada bunday bahona ham topildi.
Urushga bahona (Ispan taxtiga da’vo masalasidagi murosasozlik).
“Fransiya – Germaniya urushining boshlash uchun faqat bahona topish kerak edi.
Ispaniya taxtiga kimni o`tqizish masalasi — urushning boshlanishi uchun bahona
bo`ldi. Xo`sh, bu muammo qanday vujudga kelgan edi? o`zining bir vaqtlardagi
qudratini yo`qotgan Ispaniyada 1868- yilda inqilob yuz berdi. 1868 yilda
Ispaniyada ro‘y bergan inqilob tufayli qirolicha Izabella II Fransiyaga qochib
12
ketishga majbur bo`ldi. Fransiya imperatorining xotini (millati ispan edi)
Izabellaning taxtni qaytarib olishida yordam berishga qaror qildi.”
1
Biroq, tez orada, Yevropaning buyuk davlatlari o`rtasida Ispaniya taxti
uchun boshlanib ketgan kurash bunga imkon bermadi. Fransiya taxtga o`z
nomzodini, Germaniya esa o`z nomzodini qo`yishga harakat qildi. Ispan kortesi
(parlament) taxtga pruss qirolining qarindoshi shahzoda Leopold Gogensollern-
Zigmaringenning Ispaniya taxtiga, qirolicha Izabella ag‘darilgandan so‘ng,
nomzod etib ko‘rsatilishi bilan bo‘lg‘usi keskin vaziyatni keltirib chiqardi.
Fransiya hukumati bunga norozilik bildirdi. Chunki mamlakatning janubiy
chegaralarida pruss ta’sirining ortishi, Fransuz manfaatlariga mos kelmas edi.
Fransiya hukumati, Prussiyaning ta’siri kuchayib ketishidan xavfsirab
norozilik bildirdi. Fransiya hukumati Germaniyadan o`z nomzodidan voz
kechishini talab etdi. Imperator Vilgelm II bunga rozi bo`ldi. Biroq, bu rozilik
Fransiyani qanoatlantirmadi. Endi, Fransiya Germaniyadan kelgusida ham Ispan
taxti uchun nomzod ko`rsatmasligini, hozir ko`rsatgan nomzodidan taxt davosidan
butunlay voz kechishiga erishishini talab qildi. Qirol Ispan taxtiga Leopold
nomzodini qattiq turib tavsiya etmasligini bildirardi.
Darhaqiqat, 12 iyulda Leopold Gogensollern - Zigmaringen Ispaniya
taxtidan voz kechganligini rasmiy suratda e’lon qildi.
Lekin, Prussiyada ham, Fransiyada ham ashaddiy harbiy doiralar bu
janjalning tinch tugaganidan norozi bo‘lib qoldilar. Bu janjalni chiqarishda xizmat
ko‘rsatgan Bismark o‘ziga itoat qiluvchi matbuot orqali “Germaniya xo‘rlandi”
deb shov-shuv ko‘tardi va qulay payt poylab turdi.
Fransiyada 12-iyul kuni kechqurun bo‘lgan imperator kengashida,
erishilgan natijalar bilan qanoatlanib qolmay, Prussiyaga yangi talablar qo‘yilsin,
1
U.Jo‘raev, E.Xoliqov, D.Qodirov “Jahon tarixi”, O‘qituvchi, T.:2014.
13
degan qaror qabul qilindi. Harbiy ministr Lebef: “Biz tayyormiz, biz shaymiz,
armiyamizda hamma narsa, so‘nggi askarning getridagi so‘nggi tugmasigacha
hamma narsa joyida”,-degan mashhur g‘amgin nutqini ham o‘sha vaqtda so‘zlagan
edi.
Ertasiga, 13 iyul kuni Benedetti Parijdan olgan topshiriqqa amal qilib,
Vilgelm I ga Fransiya hukumatining yangi talablarni qo’yadi:
-- agar Leopold Ispaniya taxtini egallash uchun yana o‘z nomzodini
qo‘yadigan bo‘lsa, Vilgelm I hech qachon norozilik bildirmasligi to‘grisidagi
talabni qo‘ydi. Bu talab atayin qilin qilingan haqoratomuz talab bo‘lganligidan
Vilgelm uni bajarishdan bosh tortdi. Elchi o‘sa kuni qirol huzuriga ikkinchi marta
kirmoqchi bo‘lganida, qirol uni qabul qilmadi Ertasiga qirol Benedetti bilan
uchrashib unga, muzokaralar Berlinda davom etish mumkinligini bildirdi.
O‘shandayoq Emsdan Bismarkka telegramma yuborilgan edi, bu telegrammada
qirol bilan Fransiya elchisi o‘rtasida 13-iyulda bo‘lgan suhbat mamuni bayon
qiligan edi.
Bismark Emsdan olingan telegramma matnini shunday qisqartirib
yubordiki, natijasida uning ma’nosi juda o‘zgarib ketib, Fransiya uchun, uning
milliy sha’ni uchun isnod keltiradigan mazmun hosil bo‘lgan edi. Oradan ancha
vaqt o‘tgandan keyin Bismark o‘zining memuarlarida buni yozgan edi. Ana shu
tariqa soxtalashtirilgan “Ems depeshasi”ni Bismark matbuotda e’lon qildi. Natijada
Bismarkning ayni muddaosidek bo‘lib chiqdi.
15-iyulda Fransiya hukumtining boshlig‘i Olive Qonun chiqaruvchi
korpusdan armiyaga rezevdagilarni chaqirish uchun kredit berilishini talab qildi va
buning oqibatlari uchun javobgarlikni “bamaylixotir” o‘z zimmamga olaman, dedi.
“Bonapartchi agentlar va korjoma kiyib olgan politsiyachilar Parij ko‘chalarida
namoyishlar uyushtirdilar, milliy bayroqlar va imperatorning suratlarini ko‘tarib
olib, “Berlinga!” degan urushqoqlik shiorlarini aytib bordilar”
1
1
И. С. Галкин, Н. Е. Застенкер, В. М. Хвостов “Янги тарих” III том (1871-1918), Т.: 1964.
14
Reynning har ikkala tomonida hukmron sinflar avj oldirayotgan ashaddiy
shovinizmga fransuz va nemis ishchilar sinfining birdamligi qarama- qarshi
turardi. Internatsional a’zolari bo‘lgan fransuz ishchilari 1870- yil 2- iyul
xitobnomasidagi nemis ishchilarini birgalikda harakat qilishga va Reynning ikkala
tomonidagi istibdodga qarshi kurashga da’vat qildilar.
Lekin na fransuz va nemis ishchilar ahvolni o‘zgartirish va urushga
qarshilik ko‘rsatish uchun yetarli kuchga ega emas edilar. Har ikki mamlakatda
urushga zo‘r berib tayyorgarlik ko‘rishayotgan edi. Nihoyat, 19- iyulda Fransiya
Prussiyaga urush e’lon qildi.
Urushning boshlanishi. “1870- yilning 19- iyul kuni Fransiya Shimoliy –
German ittifoqiga qarshi urush e’lon qildi. Bu davrda Pruss qo‘shinlariga barcha
Shimoliy German ittifoqiga mansub bo‘lgan davlatlarning armiyalari va xatto
ittifoq tarkibiga kirmagan 4 ta nemis davlati qurolli kuchlari ham qo‘shilishdi.”
1
German qurolli kuchlari son jihatdan Fransiyalarnikidan ikki marta ustun bo‘lgani
holda yaxshi xarbiy tayyorgarlik ko‘rgan jangovar xolatdagi armiya edi. Nemis
qo‘shinlari uchta armiyaga bo‘lingani holda aniq reja asosida harakat qilishdi. Ular
bir - birlari bilan mustaxkam bog‘langan holda harakat qilishardiyu 1870- yilining
avgustida nemis harbiy qismlari Reyin daryosidan o‘tishib Elzas va Lotaringiya
chegaralariga etib borishdi.
“Fransuz armiyasida mutlaqo boshqacha holatni ko‘ramiz. Mamlakat
hayotining barcha sohalarini qamrab olgan tanglik armiyaga ham katta ta’sir
ko‘rsatgan edi. Fransuz xarbiy qismlari 8 korpusga bo‘linishib, asosan
mamlakatning Shimoliy – Sharqiy chegaralariga yo‘naltirilgan edi. Armiyaga
dardmand xarbiy sohada layoqatsiz bo‘lgan Napoleon III bosh qo‘mondon edi. U
to‘rt yil mobaynida Prussiyaga qarshi urushga tayyorlanib kelayotgan edi. Lekin,
1
Янги тарих. 1871 — 1917, А. П. Авeрянов ва бошк..; И. М. Кривогуз тахририда. Укитувчи, .— Т.: 1989.
15
bonapartchilar matbuotining maqtanchoqlik bilan baqirishlariga qaramay,
urushning taqdiri birinchi kundayoq ma’lum bo‘lib qoldi:
--armiya idorasida tartibsizlik va sarosimalik hukm surardi;
--harbiy qo‘shilmalarni yaxlitlash chalkashib ketgan;
--ularning yo‘nalishlar va ma’lum yo‘lni bosib o‘tish muddatlari buzilib
ketgan;
--ularning ta’minoti yo‘lga qo‘yilmagan edi;
qo‘mondonlik qancha jangchi borligini, qancha to‘p va o‘q dori borligini
bilmasdi. Fransiya urush e’lon qilgandan beri ikki xaftacha o‘tgan bo‘lsa ham,
fransuz armiyasi hamon hech narsaga erisha olmagan edi. Xarbiy vazir va shtab
boshlig‘i bo‘lgan Lebef ham kuchli xarbiy salohiyatga ega emas edi. Garchand
urushni Fransiya tomoni e’lon qilgan bo‘lsa-da, urushning boshidayoq uning
armiyasi xujum o‘rniga mudofaani afzal ko‘rdi.”
1
Urushning dastlabki kunlariga oid bo‘lgan tarixiy xujjatlar Fransiyaning
armiyasi nochor ahvolda ekanligidan guvohlik beradi. Mana bu xujjatlarga e’tibor
beraylik. Urush harakatlari ketayotgan rayondan Parijga 1870- yil 20- iyul kuni
soat 9:50 da yuborilgan telegramma: Mets qal’asida shakar, kofe, guruch, aroq, tuz
yo‘q, yog‘ va suxari oz qolgan. Zudlik bilan loaqal bir million poyoqni Tionvillga
yuborilgan. Fransuz armiyasining 2- korpus qo‘mondoni general 21-iyul kuni
xarbiy vazirlikka yo‘llangan telegrammada “Ombordan kartalar uyumini
yuborishayapti, ularning hozirgi davrda keragi yo‘q. Bizda Fransuz chegaralarining
bironta kertasi yo‘q”. O‘sha kuni boshqa general xarbiy vazirilkka yuborgan
telegrammasida “Belforga etib keldim. Lekin o‘z brigadamni topa olmadim.
Diviziya boshlig‘ini ham topmadim. Nima qilay? Bilmadim, polkim qaerda ekan:
Eng achinarlisi, Fransuz armiyasining bosh shtabi boshlig‘i xarbiy vazirga
yo‘lagan ma’lumotida aytadiki, “Armiyaga ketayotgan otryadlar hamon qurol –
1
Янги тарих , И.С.Галкин таҳрири остида. – T.: 1964.
16
aslahasiz kelishayapti”. Mana shu tarzda Fransuz armiyasining nochor ahvolga
tushib qolganligidan darak beruvchi xujjatlar saqlanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |