Hak qiluv qarori o’zbekiston respublikasi nomidan



Download 9,46 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi9,46 Kb.
#214351
Bog'liq
HAK QILUV QARORI


HAK QILUV QARORI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN

2021-yil 11-fevralida Fuqarolik ishlari bo’yicha Pastdarg’om tumanlararo sudining ochiq sud majlisida sudya Qodirov N.Q raisligida, Asadov A.D kotibligida, prokuror yordamchisi Mamasoliyev M.A ishtirokida manfaatdor shaxs Qosimova Shaxzoda Amriddin qizinig shi buyicha arizachi Pastdarg’om tumani, “Sinchi” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Yunusov Anvar Damir oʻgʻli, Muminov Abdujabbor Abbos o’g’lini muomalaga layoqati cheklangan deb topish to’g’risidagi 1-28009/5-sonli fuqarolik ishi ko’rilib quyidagilar



ANIQLANDI:

Qosimova SH.A turmush o’rtog’i Muminov A.A qonuniy nigohdan o’tgan holda oilaviy turmush qo’rganlar, o’ralarida 3 nafar maktab yoshidagi farzandlari bo’lib, utuman kasalxonasida haydovchi bo’lib ishlab keladi.

“Sinchi”mahalla qo’mitasining sudga bergan arizasida Muminov A.A bir qancha vaqtdan buyon sprtli ichimliklar iste’mol qilib kelganligi tufayli oilasini og’ir ahvolga solib qo’yayotganligi, uning xatti-harakatlari farzandlarining tarbiyasi uchun salbiy ta’sir ko’rsatayotganligi bayon qilingan.

Muminv A.Aga nisbatan barcha tarbiyaviy ta’sir choralari qo’llanilgan bo’lsada, ijobiy natija bermaganligi sababli Pastdarg’om tunam “Sinchi” mahalla qo’mitasi uning oilasi manfaatini ko’zlab, muamala layoqatini cheklash haqida iltimos qilgan.

Qosimova SH.A “Sinchi” mahalla aholising aytilganlarni tasdiqlab, turmush o’rtog’i Muminov A.Ani spirtli ichimlik ichishini suiste’mol qilganligi sababli muomala layoqatini cheklashni so’raydi. “Sinchi” mahalla fuqrolar yig’inining tasdiqlash bilan bir qatorda Muminov A.A ning tez-tez spirtli ichimliklar ichib turmasa, iloji yo’qligini aytib, shunfay kasalga mubtalo bo’lganligidan afsuslanayotganligini bayon qilgan.

Mahalla qo’mitasining raisi Yunusov A.D Muminov A.Aning harakatlarini noto’g’ri deb hisoblab, uning muomala layoqatini cheklashni suraydi, bunga asos qilib u maoshini spirtli ichimlik ichishga xarajat qilib, bundan tashqari oilasifagi bor narsalarni olib chiqib sotib yubaroyotganligini, oilasiga moddiy yordam bermayotganligini bayon qiladi..

Prakuror yordamchisi arizani qanoatlantirish lozimligi haqidagi fikrini eshitib, sud Muminov A.Aning muomalaga layoqatini quyidagi asoslarga ko’ra cheklashni zarur deb hisoblaydi.

O’zbekiston Respublikasi FKning 31-moddasiga ko’ra, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qilib, o’z oilasini og’ir moddiy ahvolda qoldiradigan bo’lsa, uning muomala layoqati sud tomonidan cheklab qo’yilishi mumkinligi aytilgan.

Guvoh sifatida so’roq qilingan Nosirov SH.S, Yorqinov A.Alar haqiqatdan ham Muminov A.A bilan qo’shni ekanliklarini, u kuniga uyiga mast holda kelishini va oilasining notinchligini, moddiy tomondan qiylanganligi sababli, qo’shni sifatida ulardan tez-tez pul va oziq-ovqat surab yurishini aytdilar. Muminov A.A spirtli ichimlik ichishni suiiste’mol qilganligi tufayli hushyorxonada 3 marta bo’lganligi haqidagi ma’lumotnoma ham bu holatlarni tasdiqlaydi.

Ishfagi 2 ta bayonnoma shulardan dalolat beradiki, Muminov A.A =ning xulqi mahallada bir necha marotaba muhokama qilingani va tarbiyaga qaratilgan bu harakatladan tegishli xulosa chiqarmasdan, oila va jamoatchilik oldidagi vazifalarini bajarmay kelgan. Sud tekshiruvi jarayonida Muminov A.Aning ruhiy kasalligi haqida hech qanday dallilar yo’qligi aniqlandi.

Sud yuqoridagilarga asoslanib, O’zbekiston Respublikasi FKning 31-moddasi hamda FPKning 249-253, 313-314-moddalarini qo’llab

QAROR QILADI:

Pastdarg’om tumani “Sinchi” mahalla fuqarolar yig’ini raisining Ynusov Anvar Damir o’g’lini muomalga layoqati cheklangan deb topish to’g’risidagi arizasi qanoatlantirilsin.

Muminov A.Aning muomala layoqati cheklangan deb hisoblansin hamda u mustaqil ravishda oylik maoshini tasarruf qilish huquqidan mahrum etilsin.

Muminov A.Aga nisbaan homiy etib turmush o’rtog’i Qosimova SH.A belgilansin

Muminov A.A tomonidan ayrim mulkiy harakatlar homiy roziligi bilan amalga oshirilsin.

Hal qiluv qarori ustidan 1 oylik muddat ichida arizachi va ishda ishtirok jalb qilingann boshqa shaxslar, shuningdek, isshda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar Fuqarolik ishlari bo’yicha Samarqand viloyat sudiga shu sud orqali apellatsiya tartibida shikoyat yoki prokuror protest keltirishi mumkin



Sudya; Qodirov N.Q .
Download 9,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish