Hajr arokim, O`zni may birla fasona…



Download 23,17 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi23,17 Kb.
#737372
Bog'liq
MAQOLA YANGI 111


HAJR AROKIM, O`ZNI MAY BIRLA FASONA…” g`azali tahlili.
Akramova Dilnoza Rustam qizi
SamDU magistranti
Telefon:+998(99) 806 14 86 dilnozaakramova@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqola Hazrat Alisher Navoiyning tasavvufiy-irfoniy qarashlarini o`zida aks ettirgan rindona g`azal sharhiga bag`ishlangan. Unda tahlil etilayotgan g`azalning zohiriy hamda botiniy ma’nolari ochib berilgan. G`azal tahlili olim Najmiddin Komilov talqin etgan me’zonlar asosida tahlil qilindi.
Annotation: This articleis dedicated to the commentary of rindona ghazal, which reflect the mystical and mystical views of Hazrat Alisher Navoi. It reveals the external and internal meanings of the analyzed ghazal. The analysis of the ghazal was based on the criteria interpreted by the scientist Najmiddin Kamilov.
Kalit so'zlar: ishq, oshiq, may, soqiy, hajr, boda, qadah.
Keywords: ishq, ashiq, may, saqi,hajr, boda, qadah.
Alisher Navoiyning Xazoyin ul-ma’oniy kulliyotining Badoyi’ ul-vasat devonidan o`rin olgan ushbu g`azal shaklan musalsal, mazmunan rindona g`azal hisoblanadi. Adabiyotshunos Najmiddin Komilovning “Ma’nolar olamiga safar” kitobida g`azallarni sharhlash mezonlariga asoslanib ushbu g`azalni tahlil qildik. G`azalning dastlabki baytiga e’tibor qaratamiz.
Hajr arokim, o`zni may birla fasona aylaram,
Yig`lamoqqa boda ichmakni bahona aylaram.
Hajr ichida o`zimni afsona aylayman.Yig`lash uchun boda ichishni bahona aylayman.
Dastlab baytning zohiriy ma’nosiga e’tibor qaratamiz. G`azal lirik qahramonning ahvolini arzi-hol qilishidan boshlanadi. Zohiran qaraganda lirik qahramon –oshiq, oshiq esa hajr o`tida qiynalmoqda. Dardini yengillatish maqsadida boda, ya’ni may ichadi. May ichish oshiq uchun yig`lamoqqa bahona, xolos. Oshiq ishq o`tiga dosh berolmay yig`lashni xohlayapti. Endi g`azalning botiniy ma’nosiga e’tibor qilamiz. Ushbu g`azal tasavvufiy ma’no kasb etgan. Zohiran go`zal ishqida yonayotgan oshiqning asl muhabbati Olloh. Baytda izoh talab qiladigan boda so`zining ma’nosi mast qiladigan ichimlik. Ammo oshiq ichadigan boda- ilohiy muhabbat, Haq jazbasining muhabbatidir. Endi g`azalning ikkinchi baytiga nazar solamiz.
La’lgun har mayki ichdim ul mayi lab hajridin,
Ko`zdin ashki la’lgun yanglig` ravona aylaram.
Labi may kabi qizil yorimning hajrida lalday qizil may ichaman. Keyin ko`zdan qizil qon yoshlarimni oqizaman.
Oshiq la’l rangiday qizil may ichib mast bo`lmoqda. La’l bu-qizil qimmatbaho tosh. Yorining hajrida o`rtanib ko`zidan yosh o`rniga qizil qon oqmoqda. Oshiq may ichishda davom etyapti. Negaki, hajr o`tida qovrilmoqda. Mayi lab-yorning lablarida may bor. Bu may muhabbat, ma’rifat va haqiqat. Oshiq mana shularga erishmqchi. SHu sabab yorning lablari uning muddaosi.
To icharmen may, qadahdek yig`laram behud bo`lib,
Topmasam bir dam, fig`oni behudona aylaram.
May ichishda davom etarkanman, behud bo`lib yig`layman. Agar bir on yorimdan xabar topmasam o`zimni unutgudek fig`on chekaman.
Borgan sari oshiqning ahvoli og`irlashmoqda.Mahbub hajrida ko`zidan qon yoshi oqizayotgan oshiq endi butkul o`zini-da unutdi. Goh es-hushi o`zida bo`lsa, goh es-hushidan ayrilib telba misol bo`lib qoldi. Bu haqiqiy ishq. Ko`ngilda chin Yor muhabbati barq urmoqda. Oshiqning vujudi Iloh ishqi bilan yonmoqda. Bu hammaga ham nasib qilavermaydigan, hamma ham erisha olmaydigan ilohiy ishq.
Zavraqi may bo`lmasa, bilkim, o`larmen, ey rafiq.
G`ussa bahridin aning birla karona aylaram.
Ey do`st, agar may kemasi bo`lmasa mening o`lishim tayin. G`am dengizidan may bilan birga uzoqlashaman.
To`rtinchi bayt lirik qahramonning rafiq ya’ni do`stga murojaati bilan boshlangan. Oshiq uchun g`am dengizida suzish uchun may to`latilgan kema zarur. Agar shunday kema topilmasa, oshiq halok bo`ladi. SHu vaziyatda may bilan birga g`am dengizidan chetlashadi. CHunki oshiqning maqsadi g`am-qayg`u dengizida may ichib behud, mast bo`lish. Bu oddiy mastlik emas. Qalbda Yor ishqi bilan sarxusht bo`lish, o`zni unutish, faqat ma’shuq jamolinigina istashdir-bu.
To to`la tutsun debon soqiy manga yetgach qadah,
Toshqi davri xattini aning nishona aylaram.
Soqiy menga ko`proq may quy deb, dengiz toshayotgan paytda yorimning labi ustidagi tukni o`zimdan nishona qilib ko`rsataman.
Ya’ni agar dengiz toshib soqiy meni ko`rmay qolsa, yorimning labi ustidagi tukni nishona qilib ko`rsataman. Qadah oshiq qalbi, bu qalb ishq bilan to`ldirilgan. Lekin oshiq bundan qoniqmaydi, soqiydan ko`proq may so`rashda davom etadi. Sajjodiy lug`atida “soqiy” quyidagicha izohlanadi: “Soqiy irfoniy adabiyotlarda ba’zan jannat bulog`i va ramziy-istioraviy ma’noda murshidi komil-soqiyga nisbat beriladi. SHuningdek soqiydan maqsad Haq zotiga e’tiborning zuhur topishi, izhor etilishidir”. Soqiy tasavvufiy ma’noda haqiqat, ma’rifat bodasini ulashuvchi. Demak, lirik qahramon soqiydan ilohiy ishq bilan to`latilgan may so`ramoqda. Umuman, may va qadah so`zlarini bitta ma’noda idrok etish ilohiy tajalli bilan dunyo yoki ko`ngil orasida bir yaqinlik, birlashish yuz berishini anglatadi. Ya’ni istilohlardan ma’no qidirsak, “Jom-moddiy dunyo, may esa Yorning tajallisini aks ettiruvchi timsollar ekan, bunda uch ma’no bir-biri bilan bog`liq holda zuhur etadi: 1) ilohiy nur jilosi, 2) dunyo, 3) inson qalbi”. Bu o`rinda jom qadah ma’nosida.[2.15]

Soqiyo, tut bodakim, ko`prak meni mabhut etar,


Nechakim andishai bu korxona aylaram.
Ey soqiy, menga boda tut, boda meni ko`proq lol qoldiradi. SHuncha g`am-anduhimni bu olamga aytaman.
Baytdagi tushunilishi qiyin so`zlardan biri mabhut etmoq. Bu so`z majozan lol qoldirmoq ma’nosida, korxona so`zi esa dunyo, jahon ma’nosida qo`llanilgan. Andisha g`am, qayg`u ma’nosida. Oshiq soqiyga yuzlanishda davom etmoqda. Soqiy qancha may quysa ham kam. Oshiq yana-yana istayvermoqda. Bu esa oshiq qalbining Iloh ishqida kuyganligidan, o`zni faqat muhabbat yo`liga baxshida etganligidan va haqiqat sharobiga tashnaligidan dalolat beradi. Oshiq butkul o`zlikdan kechgan, unga ma’shuq jamoli bo`lsa bas. U o`zining g`am-anduhini soqiyga so`zlaydi. Soqiy oshiqqa to`g`ri yo`l ko`rsatuvchi, do`st, sirdosh. Faqat ugina oshiq dard-u holini biladi.
Ne osig`, chun yor ko`ngli aylamas bu yon kashish,
Ey Navoiy, nechakim dilkash tarona aylaram.
Ey Navoiy, yorning ko`ngli bu yon kelishni istamasa, sening buncha dilkash so`zlaganingdan nima foyda.
Lirik qahramon Navoiyning o`zi. Yorning hajrida ozor chekib, mayparast bo`lgan oshiq ko`z yoshlarini oqizdi. ammo buning sira foydasi bo`lmadi. Oshiqning birgina orzusi ma’shuq visoliga yetishmoq. Lekin yorning ko`ngli oshiqning oldiga kelishni xohlamasa oshiqning shuncha harakatlari, dilkash so`zlaridan hech qanday foyda yo`q.

Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Navoiy A. 20 Jildlik—Toshkent: Fan, 2000
2.Komilov N, Ma’nolar olamiga safar.—Toshkent: Tamaddun, 2012.
Download 23,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish