Хаиткариева сабохат хашимовнанинг ўзбекистон тарихи фанидан


Журналистикада демократия, плюрализм



Download 0,6 Mb.
bet32/41
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#792295
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
Хаиткариева сабохат хашимовнанинг ўзбекистон тарихи фанидан

18.Журналистикада демократия, плюрализм.
Режа:

  1. Oshkoralik va uning qo‘llanilishi

  2. Oshkoralik har xil qarashlar, fikrlar mavjudligidir.

Oshkoralik va uning qo‘llanilishi
Oshkoralik mavzusi matbuot erkinligi haqidagi masala bilan uzviy
bogiiq. Oshkoralik - demokratiyaning zarur boigan shartlaridan biri - Demokratiya deb, fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita shakllari amalda o‘rnatilgan va yuzaga chiqarilgan siyosiy tuzumga aytilishi 0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasida ta’kidlangan. Demokratik davlat o‘z - o‘zini boshqarish, ko‘p partiyaviylik, ommaviy axborot vositalarining erkin bo‘lishi, fikrlar xilma - xilligiga sharoit yaratadi. Ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, senzuraga yo‘1 qo‘ymaslik bilan oshkoralikni ta’minlash mumkin. Shu o‘rinda “Buxoro axbori” gazetasiga muharrirlik qilgan C hoipon “Matbuot kuchli bir davlatdir”1 deb nomlangan dasturiy maqolasida (maqola tahririyat nomidan berilgan) gazetaning asosiy vazifasini quyidagicha belgilaydi: - gazeta xalq tushunishi qiyin boigan uzun - uzun materiallar o‘rnig ko‘proq xabarlarni yoritadi, sodir boigan voqealar to‘g‘risida m aium ot beradi, ya’ni yangiliklarni berib boradi; -gazeta muhim voqealarning mohiyatini anglatish uchun sharh xususiyatidagi maqolalar chop etib boradi; -matbuot - xalqning tili, so‘zi sifatida ish ko‘radi. Shu sababli hatto
yosh jumhuriyatning xato va kamchiliklarini ko‘rsatib, bu bilan ularni tuzatishga yordam beradi gazeta hukumatning ham tilidir. Shuning uchun hukumat muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida xalqqa m aium ot berib boradi." Xuddi shu so‘nggi jumlalarga e ’tibor qarating. Choipon xuddi shu yerda gazetaning oshkoralik tamoyillariga amal qilishni ham alohida ta’kidlagan edi. Oshkoralik sharoitida axborot faoliyatining foydali ijtimoiy ta’siri birinchi darajali ahamiyatga ega boiadi. Unga birinchi navbatda yashayotgan jamiyatimizni chuqur bilish kiradi. Ikkinchidan, ijtimoiy harakat ta’sirini ham alohida ko‘rsatish muhim.
Oshkoralik samarasiga boshqarish organlarining oddiy fuqarolar bilan
aloqasini mustahkamlash ham ta’sir qiladi. Xuddi shunda boshqaruv tizimini jamoatchilik nazoratida ushlab turish imkoniyati tugiladi. Yana shu bilan bir qatorda axborotning “pastdan ” doimiy oqib kel ishini ta’minlaydi. Oshkoralikni faqat aytish, yozish imkoniyati deb oS lamaslik balki uni “tepa” eshitishi va xulosalar chiqarishiga erishish harakati deb ham tushunmoq lozim. Oshkoralik har xil qarashlar, fikrlar mavjudligidir. Oshkoralik yashashi uchun tabiiyki, unga kafolat kerak: Yana axborot tizimida qonunchilik bazasining rivojlangani ham zarur. Oshkoralikning amalga oshishi uchun demokratik yo‘nalishda axborot almashinuvida ishtirok etayotgan odamlarning siyosiy, axloqiy hamda
kasbiy madaniyati yuqori boiishi ham talab qilinadi. Prezidentimizning “Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalari ijodiy jamoasiga yuborgan tabrigida (2001-yil) “... biz demokratik davlat ozod va tom ma’noda erkin hayot qurmoqchi ekanmiz, bu o‘zgarishlarni avvalambor matbuotdan boshlashimiz darkor” - degan so‘zlarini yoddan chiqarmasligimiz kerak. Shu o‘rinda О‘zbekiston Milliy Universiteti jurnalistika fakulteti dekarii, tarix fanlari doktori Qudrat Ernazarov “Nozik tushunchalarga nozik munosabat” maqolasida shunday voqeani yozadi: “. .. vatanimiz fuqaroligi haqida qonun yuzasidan muhokamalar davom etayotgan edi. “Literaturnaya gazeta” muxbiri A. Krujilin qonun loyihasidagi «Ushbu mamlakatda yashovchi har bir fuqaro o‘zbek xalqining urf-odatlari va an’analarini hurmatlashi kerak” degan mazmundagi jumlaga “yopishib” oladi, uni o‘zicha talqin etadi. Talqin shu darajaga etadiki, yo‘q yerdan, ikki e’tiqod, ikki an’ana, ikki qadriyatlar asosida yashovchi ikki xalq orasiga sovuqchilik tushurishgacha boradi.
Muxbirning yozishicha, kishilar qonunni hurmatlasa kifoya, ular mahalliy xalq urf-odatini hurmatlashga majbur emas. Misol tariqasida u o‘g‘il bolani qoiini halollash, ko‘p xotinlilik, qurbonlik qilish, qalin singari odatlarni sanab o‘tadi va nasroniylar bunday odatlarga rioya qila olmasliklarini aytadi... Bu o‘rinda biz uchun muhimi - jurnalistning nuqtai nazari va xolisligida! E ’tiqod va tushunchalarga daxldor o‘ta nozik masalalar xususida so‘z yuritganda yuksak professional mahorat bilan, shaxsiy zaifliklaru xusumatlarni chetga surib qocygan holda yozish haqida bormoqda so‘z!
1906-yilning 14(27) iyunidan chiqa boshlagan “Taraqqiy” gazetasining birinchi sonida e’lon qilingan bosh maqolada Turkiston xalqlarining o‘z milliy mustaqilligi uchun, so‘z, matbuot erkinligi va boshqa siyosiy huquqlarga erishish uchun kurash olib borishi Ur/imligi ta’kidlangan edi. Hur fikrli nashrlaming birinchisi boigan “Taraqqiy” gazetasi o‘zbek milliy jurnalistikasi tarixida alohida ahamiyatga ega bo’lib qoldi. U tug’ilgan kun o‘zbek milliy matbuoti tugilgan kun sifatida
nishonlanadigan boidi. Bu haqda yuqorida aytgan edik. Aytilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, oshkoralik o‘ta murakkab va ko‘p jihatli hodisa boiib, unga erishish zarur va bizda bunga hamma sharoitlar yaratilgan.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish