Hadisshunoslik ilmi va mazhablarining shakllanishi mundarija kirish


Imom Buxoriy hadislaridan na’munalar, muqaddas kitobni anglash



Download 67,17 Kb.
bet5/6
Sana25.02.2022
Hajmi67,17 Kb.
#462346
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hadisshunoslik ilmi va mazhablarining shakllanishi

2.2 Imom Buxoriy hadislaridan na’munalar, muqaddas kitobni anglash.
Shayx, imom, hofiz (Qur’on va hadisni yod biluvchi) Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil Ibn al- Mug’iyra al-Buxoriyning “Sahih Buxoriy” asari 4 ta jilddan iborat bo’lib jami 7397 ta hadis rivoyat qilingan. Har bir kitob boblarga bo’lingan bo’lib, boblar esa alohida bir mavzuga ixtisoslangan. Misol uchun asarning birinchi jildida 1-bob – Rasulilloh solallohu alayhi vasallamga nechuk vahiy kela boshlagani hamda Alloh taoloning “Biz senga Nuh va undan keying payg’ambarlarga nechuk vahiy yuborgan ersak, shunday vahiy yubordik” degan qavli hususida kechadi. Mazkur asarni arab tilidan Zokirjon Ismoil tarjima qilgan. Mazkur asarni o’qir ekanmiz nima uchun bu asarga Qur’oni Karimdan keying asar deya ta’rif berilganini bilish qiyin emas. Bu asar orqali ikki olam sarvari Muhammad salollohu alayhi vasallamning juda ko’p sunnatlarini va nasihatlarini bilob olishimiz mumkin. Asarda hadis rivoyat qilgan sahoba yoki sahobiy ismi keltrib o’tiladi hamda bu asarning nima uchun “sahih” ekanligi yuqorida ko’p bor ta’kidlaganimizdek qolganlariga ko’ra ishonarliroqdir.
Mazkur asarning birinchi kitobida shunday hadis rivoyat qilinadi: Oisha roziyallohu anho onamiz shunday rivoyat qiladi: “ Qattiq sovuq kunlardan birida ul kishiga vahiy kelganining guvohi bo’lgan edim. Shunda ul zot butun borliqni unutgan holatda bo’lib, peshonalari qattiq terlab ketgan erdi”, - deb aytadilar12.
Rasulalloh solallohu alayhi vasallamning suyukli ayollari, 622-yildan to umrlarining oxiriga qadar zavjalari bo’lmish, mo’minlar onasi Oisha onamiz roziyallohu anhodan keltirilgan ushbu hadisdan ko’rishimiz mumkinki Rasulalloh solallohu alayhi vasallamga vahiy kelishi oson bo’lmagan. Ul zot solallohu alayhi vasallam vahiy kelgan chog’da butun borliqdan uzilib qolganligi esa Qur’oni Karim oyatlarining naqadar muqaddas, shu bilian birgalikda oddiy so’z emasligini bilishimiz mumkin. Ba’zi ulamolarning nega ayollardan payg’ambar chiqmagan degan savolga manashunday javob berishlari, ya’ni payg’ambarlik yukining og’ir ekanligini ham shu hadis orqali ko’rishimiz mumkin. Yana ba’zi bir hadislarda ul zot solallohu alayhi vasallamning g’orda kunlab qolib keltishlari, shu bilan birga yotgan o’rnilarida terlab behush bo’lishlarini ko’rishimiz mumkin. Albatta, ayol kishi bunday og’ir yukni ko’tarishi qiyin bo’lar edi.
Urva ibn Zubayr Oisha onamiz roziyallohu anhodan shunday rivoyat qiladi: “Dastlabki vahiy Rasulalloh solallohu alayhi vasallamga uyqularida sof tush tarzida nozil bo’lgan erdi. Keyin, tong shafag’i yang’lig’ nurdan o’zgasi tushlariga kirmay qo’ydi. Shundan so’ng, Rasululloh solallohu alayhi vasallam yolg’izlikni xushlaydigan bo’ldilar. Oilalarini tark etib, yolg’iz o’zlari Hiro’ tog’idagi g’orda qatorasiga bir necha tun toat-ibodat qilib chiqar edilar. Shu boisdan ham o’zlari birlan yegulik olib chiqib ketar edilar. Yegulik tugagach, Xadicha onamiz roziyallohu anhoning oldilariga keliz yana taom olib yana chiqib ketar edilar.
Haqiqatga yetgunlariga qadar shunday qilaverdlar. Bir kuni odatdagidek Hiro’dagi g’orda ibodat birlan mashg’ul bo’lib o’tirganlarida xuzurlariga bir farishta kelib: “Iqro’(o’qi)!” – deb aytdi. “O’qiy olamasman, dedim, - deydilar Rasulalloh solallohu alayhi vasallam, - shu payt ul zot meni bo’g’a boshladi, hatto men hirillab qoldim. Keyin meni qo’yib yubordi-da, yana: “O’qi” – dedi. Men “O’qiy olmasman”, - deb erdim, ul meni ikkinchi bor bo’g’ishga tutundi, so’ng yana qo’yib yubordi-da: “ O’qi” – dedi. Men ersam: “O’qiy olmasman”, - dedb javob qildim. Ul uchinchi marta bo’g’a boshladi, men tag’in hirillab qoldim. Keyin qo’yib yubordi-da: “Seni yaratgan robbingning, insonni alaq(lahta qon)dan yaratgan Parvardigoringning nomi ila o’qi, o’qi! Robbing eng sahovatldir!” – dedi”. Shundan so’ng Rosulalloh solallohu alayhi vasallamning qo’rquvdan avzoyi-badanlari titrab-qahshab Xadicha bintu Huvaylid roziyallohu anho onamizning oldilariga keldilar-da: “Meni o’rab qo’yinglar!” – dedilar. Ular Rasulalloh solallohu alayhi vasallamni qo’rquvlari tarqaguniga qadar o’rab qo’ydilar. So’ng, Xadicha onamiz roziyallohu anho Xadicha onamiz roziyallohu anhoga bo’lgan voqeani aytib berdilar-da: “ Men o’zimdan xavotr oldim” – dedilar. Xadicha onamiz roziyallohu anho bunday dedilar: “Yo’q, aslo bunday emas. Xudo haqqi Alloh taolo sizni hech vaqt sharmanda qilmaydi, siz qarindosh uruqchilik munosabatlarini yo’lga qo’ygaysiz, og’irni yengil qilgaysiz, yo’qsinlarni to’ydirgaysiz, mehmon kutgaysiz va haqqi eguliklarni ro’yobga chiqarishga sa’yu imdod aylagaysiz”.
So’ng, Xadicha onamiz roziyallohu anho Janob Rasulolloh solallohu alayhi vasallamning amakivachchalari bo’lmish Varaqa ibn Navfal ibn Asad ibn Abduluzzo huzuriga lib bordilar. Ul kishi johiliyat davrida nasroniy dinini qabul qilgan edilar. Ibroniychada xat-savodi bo’lib, Injildan Alloh taolo istagancha matnlarni ko’chirib yozar edilar. O’zlari keksa va ko;zlari ojiz edilar. Xadicha onamiz roziyallohu anho Varaqaga: “Ey amakimning o’g’li, birodaringizning gaplariga quloq osingiz!” – dedilar. Varaqa: “Ey, birodarimning o’g’li, nimalarni ko’rdingiz, ayting!” – dedi. Rasulalloh solallohu alayhi vasallam nimalarni ko’rgan bo’lsalar birma-bir a’yon qildilar. Varaqa Janob Raulalloh solallohu alayhi vasallamga qarata: “ Bu Alloh taolo Muso alayhisallomga yuborgan o’sha Hazrat Jabroilning o’zginasidir. Koshki erdi, men yosh bo’lsamu, islom diniga da’vat etmoqda ishtirok etsam, sizning qavmingiz o’z orasidan sizni quvib chiqrganda men hayot bo’lsam!” – dedilar.
Rasulalloh solallohu alayhi vasallam hayratomuz: “Mening qavmim o’z oasidan meni quvib chiqaradimi?” – dedilar. Varaqa: “ Ha, shunday. Bu vaqtga qadar hech kimsa menga siz kabi habar keltirmagan erdi, garchi keltirgan ersada, men uni qaytarib yuborgan erdim. Sizga Alloh taolo muyassar etgusi kunlar, menga ham nasib etsa, sizga amaliy bergumdir!” – dedi. Varaqa ko’p o’tmay dor ul-baqoga rihlat etdi. Rosulalloh solallohu alayhi vasallamga uzoq vaqt vahiy kelmay qoldi13.
Yuqoridagi ushbu hadisi shariflardan Rasulalloh solallohu alayhi vasallamga dastlabki vahiy qay holatda kelganini ko’rishimiz mumkun. Shu bilan birga Xadicha onamiz roziyallohu anho Injilxon bo’lgan Varaqaning oldilariga olib borishlaridan ko’rishimiz mumkunki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning kelishlariga ishora bor. Buni Injildan yaxshi xabardor bo’lgan kimsalar bilishlari mumkin edi. Ammo o’sha davrda makkaliklarning aksariyati but-sanamlarga sig’inar Injil, Tavrot kabi kitoblar haqida bilmas edilar. Ba’zi bilgan makkaliklar esa bu kitoblarni noto’g’ri talqin qilar edilar. Shuning uchun ham Varaqaning gaplari to’g’ri bo’lib chiqganligini ko’rishimiz mumkin. Ya’ni o’shanda Varaqa ibn Navfal: “sizni qavmingiz quvib chiqaradi” - deb to’g’ri aytgan edi. Chunki keyinchalik Rasulalloh solallohu alayhi vasallam o’z qavmi bilan birgalikda qabilasidan quvib chiqarildilar va bir necha yil Makkadan tashqarida yashashga majbur bo’ldilar.
Yana bir boshqa rivotda Rasulalloh solallohu alayhi vasallam ham shunga o’xshash gapni ta’kidlaganlar: “ Bu dunyoda eng qiyin avvalo payg’ambarlarga, so’ng ularning, izdoshlariga keyin esa solih kishilarga bo’ladir14” – deganlar.
Imom Buxoriyning “Sahih Buxoriy” asarida bunga o’xshash hadislarni juda ko’plab uchratishimz mumkin. Bu sahih hadisar orqali Islom dinining vujudga kelishi, shakillanishi va rivojlanishi haqida juda ko’plab ma’alumot olishimiz mumkin. Bu asarnin Qur’oni Karimdan keyin truvchi asar deya e’tirof etilishiga asarmi o’qish davomida bir necha marta guvoh bo’lishimiz mumkin. Ushbu asarning musilmon olamida “Ilmlarning qiblasi” deya e’tirof etiladigan mashhur Misrdagi Al-Azhar unversitetida asosiy qo’llanma sifatida o’qitilishi bu asarning darajasini yana ham oshiradi.

Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, Yurtimizda yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning bebaho ilmiy-ma’naviy merosini tadqiq qilish, ular qoldirgan asarlarni ilmiy-izohli tarjima qilib, ommalashtirish hamda xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini to‘plab, xalqimizga yetkazish dolzarb masalalarga aylanmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimov shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat-ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘’tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom dinida Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba’ bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini imon nuri bilan munavvar etib, haq va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda15”.
Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” (Ishonarli to‘plam) asari haqida so‘z ketganda shuni aytish mumkinki, mazkur manba Islom dini ta’limotida Qur’oni karimdan keyin asosiy manba sifatida foydalaniladi. Imom al-Buxoriy yashagan davrdan oldin ta’lif etilgan hadis kitoblarida sahih va g‘ayri sahih hadislar aralash holda berilgan bo‘lib, o‘quvchi ulardagi biror hadisni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini, hadis rivoyat qiluvchining ahvolini tekshirmay va aniqlamay turib, bilolmasdi. Buning uchun o‘quvchi o‘sha hadisga aniqlik kiritish maqsadida ulamolardan so‘rashga majbur bo‘lardi. Manashunday murakkab davrda shu kabi buyuk asarning yozilishi taqsinga sazovor albatta. Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” kitobiga mashhur olimlar tomonidan yuzdan ziyod sharh va xoshiyalar bitilgan. Imom Buxoriyning ijodiy merosi o‘zining hajmi, zamonasining diniy va ijtimoiy fanlarini to‘la-to‘kis qamrab olganligi bilan kishini hayratga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 14-15 aprel kunlari Samarqand viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini qurish taklifini bildirib, shunday degan edi: “Buyuk mutafakkir bobomiz, barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriy mangu qo‘nim topgan ushbu maskanda o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy muhit mavjud. Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga ham kirib, o‘ziga katta ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan o‘rganib ketsin. Shunda ularning qalbida ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi rivoj topadi, ayni paytda shunday buyuk zotlarning avlodi mas’uliyatini his etadi16”.
Demak, hadislar mazmunan har bir mo‘minning ishonchini, e’tiqodini mustahkamlaydi va shu bilan birga insonni ma’naviy kamolotga da’vat etadi. Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo‘lib hisoblanadi va undan yoshlar tarbiyasida foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi. Hadis ilmining yetuk namoyondasi bo’lgan Imom Buxoriy o’zining “Sahih Buxoriy” asari bilan hadis ilmiga ulkan hissa qo’shdi.
Bu inon bilan nafaqat turkiy xalqlar balki butun musilmon olami faxrlansa arziydi.



Download 67,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish