Hadislarda nutq va nutq odobi haqida



Download 96 Kb.
bet2/10
Sana26.08.2021
Hajmi96 Kb.
#156601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
HADISLARDA NUTQ VA NUTQ ODOBI HAQIDA

Hadisshunoslik

degan fan hadislarning «sahih» (ishonchli)larini «nosahih» (ishonchsiz)laridan ajratish bilan shug’ullangan.

Payg’ambarimiz so’zlari - hadislar roviylardan yig’ilgan. «Roviy» ma’lumot beruvchi, aytuvchidir. Roviylar asosan ikki xil bo’lgan: sahobalar, tobeinlar. Sahoba deb payg’ambarimizni ko’rgan va u kishi bilan suhbatda bo’lganlarga aytilgan. Tobeinlar esa, payg’ambarimizni emas, sahobalarni ko’rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilardir. Hadis ikki qismdan - sanad va matndan tashkil topgan. Sanad - payg’am­barimiz so’zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi hujjati bo’lsa, matn uning mazmunidir. Imom al-Buxoriy mana shunday hadis ilmining Buxorodan yetishib chiqqan va butun dunyoga shuhrat taratgan allomasi edi.

U kishining hayot yo’llari ham ibratlidir.

Imom al-Buxoriyning ismi - Muhammad, otasining ismi - Ismoil bo’lib, 810- yilning 21- iyunida Buxoro shahrida tug’ildi. Otasi Ismoil Buxoriy ham muhaddis edi, goho tijorat bilan shug’ullanardi. Lekin juda halol, xudojo’y odam edi. Zamondoshlari, uning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror dirham ham pul kirgan emas edi, deb yozadilar.3

Onasi ham diyonatli, qalbi Allohda, qo’li duoda yuruvchi pokiza ayol bo’lgan. Aytishlaricha, Muhammadning ko’zi yoshligida jaro-hatlanib, ojizlanib qoladi. Tabiblarga qaratadilar, foyda bermaydi. Bir kuni ona tush ko’radi. Ibrohim alayhissalom unga qarata: «Ey volida, duolaring sharofatidan Alloh o’g’lingga ko’rish ne’matini qaytardi!» -deb xitob qilayotganmish. Cho’chib uyg’onib, o’g’lidan xabar olibdi. Muhammadning ko’z-qaroqlarida nur o’ynardi.

Imom al-Buxoriy mana shunday oilada o’sdi. Otasi erta vafot etganidan, tarbiyasida onasining xizmati katta bo’ldi. Kichkinaligidan hadis ilmiga ko’ngil qo’ydi. O’n yoshlaridan o’z zehni va yod olish quwati bilan ustozlarini shoshirib qo’ya boshladi. O’n olti yoshida minglab hadislarni yod bilar, ularning «sahih» - «nosahih»ligini birma-bir isbot qilib bera olar edi. U bular bilan cheklanmadi. Kesh bi­lan Marvdan Makka-yu Madinagacha, Balx bilan Hirotdan Bag’dod-u

Basragacha, Nishopurdan Misr va Shomgacha yurtma-yurt, shaharma-shahar kezib, ilm o’rgandi, o’zi aytganidek, «mingdan ortiq ishonchli ulamodan hadis yozib oldi». Qanchadan qancha mashhur muhaddislar bilan uchrashdi, sahobalar va tobeinlaraing hayot sanalarini birma-bir tekshirib, ularning har bir hadisini Qur’oni karim oyatlariga va payg’ambarimiz hayotlariga solishtirib chiqdi.

Bularning samarasi sifatida bizga yigirmadan ko’proq asar qoldirdi. Buyuk alloma mehnatining naqadar kattaligini tasawur qilish uchun birgina ma’lumotni keltirish bilan cheklanamiz. U yolg’iz «Al-jome’ as-sahih» (Ishonchli to’plam) kitobi ustida 16 yil ishlagan. Unga kiritil-gan 7397 hadis 600 ming hadisning ichidan saralanib olingan.

O’z aql-u zakovati va tinimsiz mehnati bilan olis yurtlarda beqiyos shuhrat topgan, «muhaddislar imomi», «muhaddislar sultoni» unvonlarini olgan al-Buxoriy nihoyat, ona yurtiga, Buxoroga qaytadi. Biroq ona Buxoroda u, afsuski, o’ziga munosib qadr topmaydi. Bir voqea yuz beradi-yu, u kindik qoni to’kilgan shahrini tark etadi. Bu voqea shunday edi:

Shu yillari Buxoro amiri bo’lib turgan Xolid ibn Ahmad al-Buxoriy huzuriga ilm olish maqsadi bilan dunyoning turli tomonidan kelayotgan odamlar oqimini ko’rgach, u ham bolalarini o’qitmoqchi bo’ladi va olimga chopar yuborib, saroyiga kelib, ularga dars berishini buyuradi. Imom al-Buxoriy amir chopariga «Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman», - deb javob beradi. Amir yana chopar yuboradi, u holda bolalari uchun maxsus vaqt ajratib, boshqalarsiz alohida saboq berishini talab qiladi. Buyuk olim yana rad etadi. Ilm olmoqlik Rasululloh sunnati ekanligini, shunga ko’ra, hamma tengligini, ilm kerak bo’lsa amir va uning bolalari uning uyiga yoki masjidga borishlari mumkinligini aytadi. Xullas, ora buziladi. Imom al-Buxoriyning Buxoroda turishi qiyin bo’lib qoladi.4

Imom al-Buxoriy hayotining so’nggi yillari Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog’ida kechdi. U 870- yilning 31- avgustida vafot etdi. Qabri o’sha yerda, hozirgi Samarqand viloyati Payariq tumani Xar­tang qishlog’idadir.

Buyuk bobomiz to’plab, saralab bergan minglab hadislar mana, necha asrdirki, avlodlar uchun qo’llanma va yo’llanma bo4lib keladi. Mumtoz adabiyotimizning juda ko’p namunalari, minglab she’rlar, yuzlab dostonlar payg’ambarimiz so’zlari va amallaridan ilhom va oziq olib maydonga kelgandir. Hadislar sharhiga bag’ishlangan asarlarning esa sanog’iga yetib bo’lmaydi.

Quyida Imom al-Buxoriy kitoblaridan olingan ayrim hadislar bilan tanishasiz. Ular hayotning xilma-xil masalalariga doir ko’rsatmalardir. Masalan, dastlabki hadisda salom bermoqlikning g’oyat muhim xislat ekanligi uqtirilmoqda. Ahamiyatiga ko’ra ochga taom bergan bilan teng qo’yilmoqda. Ovqat ochni o’limdan asraydi. Salom-chi? Salom o’sha odamga tinchlik, omonlik tilamoqdir. Bu esa xayrixohlik - boshqalarga yaxshilik istamoq bo’ladi. Atrofdagilarga yaxshilik istamoq odamgarchilikning, musulmonlikning belgisidir. Demak, bir kishi ikkinchi kishiga salom berganida, u o’zida odamgarchilikni asragan bo’ladi. Bunday ibratlar keltirilgan hadislarning har birida bor.




Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish