Jumaniyoz Jabborov
She'rda Vatanimizning qaysi belgilari ifodaSangan? Siz Vatanni qanday tasvirlagan bo'lardingiz? Fikringizni besh-olti gap bilan ifodalang.
V.Baholash.O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra ball qo`yib boradilar.
VI.Uyda: 266-mashq.
MRO`TIBO`_______
Sana. Mavzu:Qarama-qarshi manoli sifatlar.
Maqsad: Ta`limiy: Qarama-qarshi manoli sifatlarning nutqimizda qo`llanilishi haqida ma`lumot berish.
Tarbiyaviy: o'quvchilarni mustaqillikka, ijodkorlikka yo'naltirish.
Rivojlantiruvchi: aqliy faoliyatini rivojlantirish.
Darsning metodi: interfaol metodlardan foydalanish.
Darsning jihozi: tarqatma materiallar, mavzuga mos rasmlar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I Tashkiliy qism. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy ishini tekshirish. Uyga vazifa ko`rib,o`qib chiqiladi.Daftarlar almashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.Doskaga 2 ta otga mansub so`z yozib qo`yaman.Masalan.mato,olma .O`quvchilar bu so`zlarga mos sifatlardan aytadiar.
22267-mashq da tulki va quyonning rasmlari berilgan .O`quvchilar bilan bu hayvonlar haqida savol-javob o`tkazamiz.Sifatlardan foydalanib, avval tulkining, keyin quyonning tashqi ko'rinishini tasvirlab yozing. Ularning yashash tarzini ayting.
Foydalanish uchun so'zlar: qamishzor, chakalakzor orasi, mayin, yungli, paxmoq dumli, ayyor, uzunquloq, kulrang, hurkak, ehtiyotkor.
Sifat nutqda qanday maqsadlar uchun qo'llanadi?
268- mashq. Har bir qatordagi so'zlardan gap tuzing. Tuzgan gaplaringizni yozing. Sifatlarning tagiga to'lqinli chiziq chizing. Hosil bo'lgan hikoyaga sarlavha toping.
bordi, Aziza, xiyobonga, ko'rkam;
oq, ochilgan, sariq, gulzorda, qizil, gullar;
daraxtlarda, sayrayapti, qushlar, sayroqi;
Aziza, maysalar ustida, o'ynadi, ko'm-ko'k, yayrab;
tingladi, sayrashini, yoqimli, qushlarning.
VI.Mustahkamlash.Quyidagi savollar bilan o`quvchilarning bilimini aniqlaymiz.
Qanday so'zlar sifat deyiladi?
Sifatlar gapda qaysi so'z turkumi bilan bog'lanib keladi?
Sifat yasovchi qo'shimchalarni ayting.
Yaqin ma'noli va qarama-qarshi ma'noli sifatlarga misollar keltiring.
V.Baholash.O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanadilar.
VI.Uyda: 269-mashq.
MRO`TIBO`_______
Sana. Mavzu:Yaqin ma`noli sifatlar
Maqsad: Ta`limiy: Yaqin ma`noli sifatlar haqida biim berish.
Tarbiyaviy: o'quvchilarni mustaqillikka, ijodkorlikka yo'naltirish.
Rivojlantiruvchi: aqliy faoliyatini rivojlantirish.
Darsning metodi: interfaol metodlardan foydalanish.
Darsning jihozi: tarqatma materiallar, mavzuga mos rasmlar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I Tashkiliy qism. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy ishini tekshirish. Uyga vazifa ko`rib,o`qib chiqiladi.Daftarlar almashtiriladi.
III. Mavzu bayoni.Doskaga ko`mir va paxta rasmlarini ilib qo`yaman.
O`quvchilar bu narsalarga mos sifatlarni topadilar va doskaga quyidagi tartibda yozadilar.
Oppoq qop-qora
Paxta yumshoq Ko`mir qattiq
oq qora
Sifatlarni o`qib ,qarama –qarshi va yaqin ma`noli sifatlarni aniqaymiz.
O`quvchiar shunga o`xshash misolar keltiradilar va daftarlariga yozadilar.
VI.Mustahkamlash.Quyidagi savollarni berib o`quvchilar bilimini aniqlaymiz.
1.Sifat yasovchi qo`shimchalarni ayting.
2.Ularga misollar keltiring.
3.-li,-kor qo`shimchalari bilan hosil qilingan sifatlar nimani anglatadi?
4.-siz qo`shimchasi bilan hosil qilingan sifatlar-chi?
5.-sifatlar gapda nimaga bog`lanib keladi?
6.Qarama-qarshi ma`noli sifatlarga misollar keltirng.
7.Yaqin ma`noli sifatlarga misollar keltiring.
O`quvchilarning javoblarini umumlashtirib,xulosalayman.
V.Baholash.O`quvchilar darsdagi ishtirokiga ko`ra baholanib boradilar.
VI.Uyda: Takrorlash
MRO`TIBO`_______
Sana. Mavzu:Son haqida ma`lumot.
Maqsad:
Ta`limiy: shaxs-narsalarning sanog'ini bildirgan so'zlarni gap tarkibidan ajratish, ularga so'roq berishga o'rgatish,
Tarbiyaviy: o'quvchilarda do'stlik-o'rtoqlik, mehnat, mehnat-sevarlik hissini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: sonlarni o'zi bog'lanib kelgan so'zlar bilan yozish malakasini rivojlantirish; Darsning metodi: interfaol metodlardan foydalanish.
Darsning jihozi: tarqatma materiallar, mavzuga mos rasmlar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I Tashkiliy qism. 1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy ishini tekshirish. Uyga vazifa ko`rib,o`qib chiqiladi.Daftarlar almashtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni. Darsga qadar doskaga yozib qo'yilgan quyidagi matn o'qitiladi:
Sinfimizda o'ttizta o'quvchi bor. Ular o'n besh qiz, o'n besh o'g'il boladan iborat. Men uchinchi partada, Husan to'rtinchi partada o'tiramiz. Sinflmizdagi yigirma o'quvchi besh bahoga, o'n o'quvchi to'rt va besh bahoga o'qiydi. Ularning hammasi bir-birini hurmat qiladi.
Sizning sinfingizda nechta o'quvchi o'qiydi?
Siz bir-biringizga qanday munosabatda bo'lasiz?
O'qishda, ishda o'rtog'ingizga qanday yordam ko'rsatasiz?
Birinchi gapni o'qing. (Sinfimizda o'ttizta o'quvchi bor.)
Nechta o'quvchi? (O'ttizta o'quvchi.)
O'quvchi so'zi nimani anglatadi? (Shaxsni.)
O'ttiz so'zi shaxsning nimasini anglatadi? (O'ttiz so'zi shaxsning sonini anglatadi.)
Ikkinchi gapni o'qing. (Ular o'n besh qiz, o'n besh o'g'il boladan iborat.)
Sinfda qancha qiz, qancha o'g'il bola bor? (O'n besh qiz, o'n besh o'g'il boladan iborat.)
Qiz, o'g'il so'zlari nimani anglatadi? (Shaxsni.)
O'n besh so'zi shaxsning nimasini anglatyapti? (O'n besh so'zi shaxsning sonini anglatyapti.)
Uchinchi gapni o'qing. (Men uchinchi partada, Husan to'rtinchi partada o'tiramiz.)
Nechanchi partada? (Uchinchi, to'rtinchi partada.)
Do'stlaringiz bilan baham: |