Habiba haydarovaning



Download 4,54 Mb.
bet74/142
Sana16.01.2022
Hajmi4,54 Mb.
#377383
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   142
Bog'liq
3-sinf dars ishlanmalar

Osmon, baxt, vergul, anor, o'rmon, qishloq, cho'yan, oltin, shabada, ulug', e'lon, fabrika.

Osmon, shabada, fabrika so'zlarini bo'g'inlarga ajrating.IV.Mustahkamlash.
24-mashq.

Topishmoqni o'qing, javobini ayting.

M arjon-marjon yumaloq, Yaproqlari shapaloq. Qora, qizil, sariq, oq, Yeb ko'rmas dan o'ylab boq.

V.Baholash.Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar

VI.Uyga vazifa.25-mashq.Mashq shartiga ko`ra o`quvchilar berilgan harflardan so`zlar hosil qilib yozishlari , har bir so`zdagi unli va undosh tovushlarni aniqlashlri kerak.

MRO`TIBO`__________



Sana.

Mavzu:O'zbek alifbosi.

Maqsad:

Ta`limiy: o'quvchilarni „Alifbo"dagi harf nomini to'g'ri aytishga o` rgatish, ularda alifboni tartib bilan yod olish malakalarini shakllantirish.

Tarbiyaviy: husnixat ko'nikmalarini takomillashtirish,

Rivozlantiruvchi: lug'at boyliklarlni oshirish, ziyrak, hushyor, chaqqon harakat qilishga o`rgatish.

Darsning turi: aralash.



Darsning metodi: suhbat. „Alfobingo" mashg'ulotini o'tkazish.

Darsning jihozi: har bir o'quvchi uchun „Alifbo" yozilgan plakat.

Dinning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish.

II. Uy ishini tekshirish. Voddan yozuv diktanti.

III.Mavzu bayoni.

Alifbo haqida tushuncha berish.

Doskaga plakatga chiroyli qilib yozilgan „Alifbo" osib qo'yiladi. O'quvchilarni diqqati unga qaratiladi va savollar beriladi.

  • Plakatda nimalarni ko'ryapsiz?

  • Harflarni.

  • Ularni o'qing (hamma harflar tartib bilan birma-bir o'qib chiqiladi).

  • Harflar qanday qilib berilgan?

  • Tartib bilan berilgan.

  • Tartib bilan berilgan barcha harflar nima deyiladi?

  • Alifbo deyiladi.

  • Qani, sanab chiqaylik-chi, ular nechta ekan? (O'quvchilar mustaqil sanab chiqadi.) 29 ta.

  • Unlilar nechta? 6 ta.

  • A unlisi nechanchi o'rinda turibdi?

  • Birinchi o'rinda.

  • O unlisi-chi? 14- o'rinda.

  • Har bir harfning nimasi bor ekan?

  • Har bir harfning o'z nomi bor. Suhbatdan quyidagicha xulosa chiqariladi:

— Tartib bilan berilgan barcha harflar alifbodir. Alifboda 29 ta
harf bor. Har bir harfning o'z o'rni va nomi bor.Mazkur qoida darslikdan topib o'qitiladi.

Darslik bilan ishlash. 26-mashqda sharti asosida ish qilinadi,ya`ni alifbo husnixat asosida yoziladi.. Mashq doskada va o'quvchilarning daftarlarida bajariladi.

27- mashq avval og'zaki, so'ngra yozma bajariladi


IV.Mustahkamlash.„Alfobingo" mashg'uloti. Bu mashg'ulot alifbodagi harflarni tartibi bilan tez-tez yoza olishga, o'quvchilar lug'atini boyitishga yordam beradi. O'quvchilarning har biriga A-4 bichimli qog'ozga yozilgan harflardan tarqatiladi. O'quvchi o'ziga berilgan harf bilan boshlanadigan bir necha so'zlar topib yozadi. Masalan: A — anor, asal, an, ayiq... Yozganlarini maxsus belgilangan joyga alifbo tartibida osib qo'yadilar. O'quvchilar bir-birlarining yozganlarini imlo tomondan ko'rib chiqadilar va zarur bo'lsa, qo'shimcha kiritadilar.O'quvchilarning o'zlari tuzgan alifbo sinfda uzoq saqlab turilsa, yangi-yangi so'zlar har kuni qo'shib boriladi.Husnixat mashqlari. Hh. Halima, rayhon.

V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar

VI.Uyga vazifa: 28-mashq. Mashqda tushirib qoldirilgan harflar o`z o`rniga qo`yib yoziladi. Alifbodagi harflar tartibini yod olish, harflar nomini to`g`ri talaffuz qilishga o'rganish.

MRO`TIBO`__________



Sana.

Mavzu:Mustahkamlash.

Maqsad:

Ta`limiy: o'quvchilada alifboni tartib bilan yod olish malakalarini shakllantirish. Tarbiyaviy:husnixat ko'nikmalarini takomillashtirish,

Rivojlantiruvchi: ziyrak, hushyor, chaqqon harakat qilishga o`rgatish.

Darsning turi: aralash.



Darsning metodi: suhbat. „Alfobingo" mashg'ulotini o'tkazish.

Darsning jihozi: har bir o'quvchi uchun „Alifbo" yozilgan plakat.

Dinning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish.

II. Uy ishini tekshirish. III.Mavzu bayoni. O'ZBEK ALIFBOSI

Bosma harf

Yozma harf

Nomi

Bosma harf

Yozma harf

Nomi

Ab

Aa

a

Qq

Qq

qe

Bb

Bb

be

Rr

Rr

er

Dd

Dd

de

Ss

Ss

es

Ee

Ee

e

Tt

Tt

te

Ff

Ff

ef

Uu

Uu

u

Gg

Gg

ge

Vv

Vv

ve

Hh

Hh

he

Xx

Xx

xe

Ii

Ii

i

Yy

Yy

ye

Jj

Jj

je

Zz

Zz

ze

Kk

Kk

ke

O'o'

O'o'

0'

LI

LI

el

G'g'

G'g'

g'e

Mm

Mm

em

Shsh

Shsh

she

Nn

Nn

en

Chch

Chch

che

Oo

Oo

o

Ngng

Ngng

nge

Pp

Pp

pe










„Alfobingo" mashg'uloti.Bugungi mashg`ulotda ham kechagi A-4 formatdagi harflash aralashtirilib tarqatiladi.Kechagi yozilgan so`zlar yonidan meva nomlarini yozib boradilar.Ma`lum vaqt o`tgandan keyin ,o`yin to`xtatilib natijalar e`lon qilinadi.

IV.Darslik bilan ishlash. 29-mashq.Darslikda berilgan so`zlar alifbo tartibida yoziladi.

Archa,,gilos,jiyda,olma,qayrag`och,tol,chinor

30-mashq.Darslikda berilgan so`zlar qatori va harflar doskaga ilib qo`yiladi.

tog` a ayyor t erta k

osh b yelka n qish o`

ayiq q o`roq s ish q

31-mashq .Husnixat mashqlari. I i Ilhom,ilm,imkon,istiqlol

V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar

VI.Uyga vazifa: 32-mashq. Alifboning birinchi beshta harfi bilan boshlanuvchi ismlardan yozishlari kerak bo`ladi. MRO`TIBO`__________

Sana.

Mavzu: Mustahkamlash.

Maqsad:

Ta`limiy: bir harf bilan ma`nosi o`zgaradigan so`zlar bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy:Insoniy sifatlarni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: husnixat ko'nikmalarini takomillashtirish, lug'at

boyliklarlni oshirish, ziyrak, hushyor, chaqqon harakat qilishga o`rgatish.

Darsning turi: aralash.

Darsning metodi: suhbat. amaliy,savol-javob.

Darsning jihozi: har bir o'quvchi uchun „Alifbo" yozilgan plakat.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish.

II. Uy ishini tekshirish. Daftarlar almashtirish.

III.Mavzuni mustahkamlash. „Alfobingo" mashg'uloti.Bugungi mashg`ulotda ham kechagi A-4 formatdagi harflash aralashtirilib tarqatiladi.Kechagi yozilgan so`zlar yonidan hayvon nomlarini yozib boradilar.Ma`lum vaqt o`tgandan keyin ,o`yin to`xtatilib natijalar e`lon qilinadi.

33-mashq. So'zlarni o'qing.

Shox — sho'x, cho'p — chop, chigit — chirit, tol — tor, un — o'n, to'r — tur.

Berilgan so`zlarni ko`chiradilar,so`z ma`nolarini o`zgartirayotgan harflarning tagiga chizadilar.

34-mashq.Mashq matni bilan tanishtirishdan oldin.kitob haqida ma`lumot beriladi.

KITOB

O'tgan zamonda bir podsho vazir-u ulamolarini yoniga chaqirib: „Dunyoda eng zo'r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi nima?" deb savol beribdi. Birov dunyoda eng zo'r — qilich desa, ikkinchisi eng kerakli — non, debdi. Uchinchisi esa hamma narsadan xabar beruvchi —oynayi jahon, debdi.

- Uch kun muhlat beraman, — debdi podsho hech kimning javobi yoqmaganligidan darg'azab bo'lib.Qo'shni podsholikda yetti iqlimga ta'rifi ketgan donishmand yashar ekan. Undan bir vazirning xabari bor ekan.
Vazir podshoning savoliga shu donishmand javob
bera olishiga aqli yetibdi va uni izlab topibdi.Ungaa podshoning savolini aytibdi. Donishmand hech ikkilanmay:

- Kitob. Chunki kitob bilim beradi. Dunyodagi eng qudratli narsa esa bilimdir, — debdi. Donishmandning javobi podshoga ham ma'qul tushibdi.

Matndan donishmandning javobini toping va o'qing. Podsho-savoliga siz nima deb javob qilgan bo'lardingiz? Fikringizni 4ta gap bilan ifodalang

Husnixat mashqlari. K k Komila,Kamol,kotiba,katta



V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar

VI.Uyga vazifa: 35-mashq. Kitob haqida 2ta maqol yozing.So`zlardagi bo`g`inlarni aniqlang.
MRO`TIBO`__________

Sana.

Mavzu: Tutuq belgisi.

Maqsad: tutuq belgili so'zlarni bo'g'inga bo'lish qoidalari. ko'chish ('), tutuq (') belgilarining so'zlarda ifodalanishi va ishlatilishiga e'tibor berish; tutuq belgisi so'zda qanday vazifa bajarishini o'rganish; lug'at so'zlar ustida ishlash va lug'atga qal'a,e`lon,san`at so`zlarini kiritish.



Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning uslubi: suhbat.



Darsning jihozi: „Buyuk ipak yo'li" tushirilgan xarita.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifani tekshirish va daftarlarni almashtirish.

III.Mavzu bayoni.

Tutuq belgisi tovush bildirmaydi.

Tutuq belgisi unlidan keyin kelganda shu unlinking cho`ziqroq aytilishini bildiradi:sa`va,e`lon. Tutuq belgisi undosh tovushdan keyin kelganda uning keying unlidan ajratib talaffuz qilinishini bildiradi:san`at,mash`al,Tal`at

36- mashq bajariladi.O`qvchilar mashq matnini ko`chiradilar.Tutuq belgili so`zlarning tagiga chizadilar.Qaysi harfdan keyin va qaysi harfdan oldin qo`yilganini aytadilar.

Ma'murjon yosh qalamkashlar to'garagiga a'zo.Uning yozgan she'rlari maktab devoriy gazetasida chiqib turadi. Yaqinda ustozlar kuni nishonlanadi. Jur'at ustozlar haqida maqola yozmoqchi. U va'dasini albatta bajaradi.
Husnixat mashqlari. L l Laylo,Ra`no,ma`no

37-mashq.

Raketalar karvoni Ko'kda suzar izma-iz. Fazo — shu'lalar koni, Har qadamda bir yulduz.

Fazogirlar shod-quvnoq,

Yulduzlarga der: — Salom!

Ta'zim qilib Oy har chog'

Aylab qo'yar ehtirom.



Narimon Orifjonov
Ko'chiring. Tutuq belgili so'zlarning tagiga chizing. U qaysi harfdan keyin, qaysi harfdan oldin qo'yilganini aniqlang.

V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar

VI.Uyga vazifa: 38-mashq. Mashq bajarish tartibi o`quvchilarga tushuntirib beriladi.

MRO`TIBO`__________


Sana

Mavzu. 1-nazorat ishi .

Maqsad.


Ta`limiy: So'zlarni to'g'ri yozish va bo`g`inlarga bo'lish ko'nikmasini tekshirish. Tabiyaviy:O`quvchilarda o`z bilimlariga bo`lgan ishonchni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi:To`g`ri va chiroyli yozish ko`nikmalarini shakllantiish O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.

Dars jihozi: Diktant matni.

Darsning borishi:


Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I. Darsni tashkil qilish.

1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.

2. Navbatchi axboroti

3.Ko`rgazmalarni ilish.


II.Uy vazifani tekshirish va diktant daftarlarini tarqatish.
III.Yangi mavzu bayoni:Hurmatli o`quvchilar bugungi darsimizda “Bizning sinf”mavzusida diktant yozamiz.Diktant matni chiroyli qilib o`qib beriladi.Doskaga sana va sarlovhasi yoziladi.Diktant yozish qoidasi,krtma –ket kelgan bir xil undashlar imlosi esga olinadi.O`quvchilar qoidani aytadilar.,misollar keltiradilar.Keyin o`quvchilar g`alla,katta,makka so`zlarida ketma-ket kelgan bir xil undoshlarning biri oldingi yo`lda qoldirib,ikkinchisi keyingi yo`lga o`tkazilishi haqidagi qoidani eslaydilar. Har bir gap alohidadan o`qib beriladi.

Bizning sinf

Maktabimiz yangi qurilgan.Sinf xonalari kattava yorug`.Sinfda o`rindiqlar,yozuv taxta va o`quvchi uchun stol,stul bor.Devorda bobomiz Alisher Navoiy suratlari osig`liq turibdi.Sinfda javon ham bor.Biz sinf kutubxonasini tashkil etdik.Zarifa kutubxonani boshqaradi.Zokir unga yordamlashadi.
IV.Mustahkamlash.O`quvchilar sana va matn sarlavhasini daftarga yozib bo`lgach,matn aytib yozdiriladi.Matn yozib bo`lingach,matn boshidan oxirigacha o`qib beriladi,o`quvchilar yozganlarini kuzatib borib,yo`l qoygan xatolarini tuzatishlari mumkin.
V.Yakunlash.O`quvchilar o`z ishlarini mustaqil o`qib,yo`l qo`ygan xatolarini tekshirganlaridan keyin daftarlari yig`ib olinadi.
VI.Uyda: O`tilganlarni takrorlash.

MRO`TIBO`_______________



Sana.

Mavzu: Tutuq belgisi.

Maqsad: tutuq belgili so'zlarni bo'g'inga bo'lish qoidalari. ko'chish ('), tutuq (') belgilarining so'zlarda ifodalanishi va ishlatilishiga e'tibor berish; tutuq belgisi so'zda qanday vazifa bajarishini o'rganish; lug'at so'zlar ustida ishlash va lug'atga qal'a,e`lon,san`at so`zlarini kiritish.



Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning uslubi: suhbat.



Darsning jihozi: „Buyuk ipak yo'li" tushirilgan xarita.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifani tekshirish. O'quvchilarning Alisher Navoiy haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi.

  1. A Navoiy qayerda va qachon tug'ilgan?

  2. U nima uchun ko'pchilikning e'tiborini tortdi?

  3. A Navoiy davlat arbobi sifatida nima ishlar qildi?

  4. U qanday asarlar yaratdi?

5.Navoiy qayerda va qachon vafot etdi?

6 Navoiyning qanday she'r va hikmatli so'zlarini bilasiz?

Chiroyli yozuv daqiqasi. Shior: “ Go'zal bo'lsa husnixat,

Bu ham erur bir san 'at".

Hal bir harf, so'z va gap 1 qatordan yozdiriladi. Karomat, kotiba. Karomat sinf' yig'ilishlariga kotibalik

III. Darslik bilan ishlash. 39- mashq. So'zlar bo'g'inlab o'qiladi.


  • Birinchi so'zni bo'g'inlab o'qing.

  • An'-a-na.

  • So'zda nechta bo'g'in bor?

  • 3 ta.

  • Birinchi bo'g'inda qanday belgi qo'llangan?

  • Tutuq belgisi.

  • Bo'g'in ko'chirishda tutuq belgisi qaysi yo'lda qoladi?

  • Birinchi yo'lda qoladi.

Javoblar umumlashtiriladi. Tutuq belgili so'zlarni bo'g'inga bo'lib ko'chirishda tutuq belgisi oldingi yo'lda qoldiriladi.

Bu qoida kitobdan o'qitiladi. Shundan so'ng mashqdagi barcha so'zlar bo'g'inga ajratib yoziladi. Tutuq belgili so'zlarning bo'g'inlari tagiga chiziladi:

An'-a-na, a'-zo, ma'-ri-fat, ma'-yus, ma'-qui, ta'-na, ta'-zi- ya, ma'-lu-mot.

Tutuq belgili so'zlarni bo'g'inga bo'lib ko'chirishda tutuq belgisi oidingi yo'lda qoldiriladi: in'-om, ta'-sir, ta'-lim.



Lug'at bilan ishlash.

ta'ziya — biror yaqin kishisi vafot etgan odamning ko'nglini so'rash, g'amiga sherik bo`lsh;

an 'ana — avloddan avlodga o'tib keladigan urf-odat;

ma 'rifat — ilm, bilim;

ta 'na — minnat qilish, qilingan yaxshilikni gapirish.

40-mashq sharti asosida bajariladi.O'qing. So'zlarni bo'g'inga bo'lib ko'chiring.

Ma'naviyat, ma'rifat, da'vogar, ta'sirchan, ma'murchilik, mas'uliyat, ta'minot, e'tiqod, ma'noli, ma'yuslanmoq, ma'lumotnoma, san'atkor.

V.Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar

VI.Uyga vazifa: 41-mashq. Mashq bajarish tartibi o`quvchilarga tushuntirib beriladi.

MRO`TIBO`__________



Sana.

Mavzu: Tutuq belgili so`zlar imlosi.

Maqsad: tutuq belgili so'zlarni bo'g'inga bo'lish qoidalari. ko'chish ('), tutuq (') belgilarining so'zlarda ifodalanishi va ishlatilishiga e'tibor berish; tutuq belgisi so'zda qanday vazifa bajarishini o'rganish; lug'at so'zlar ustida ishlash va lug'atga qal'a,e`lon,san`at so`zlarini kiritish.



Darsning turi: takrorlash, mustahkamlash.

Darsning uslubi: suhbat.



Darsning jihozi: „Buyuk ipak yo'li" tushirilgan xarita.

Darsning borishi:



Dars elementlari

I

II

III

IV

V

VI

Davomiyligi

3

7

14

15

5

1

I.Tashkiliy qism.

Davomatni aniqlash.

Darsga hozirlikni tekshirish.

II.Uy vazifani tekshirish.Daftarlarni almashtirish.

III.Mavzuni mustahkamlash.

Mashqdagi so'zlarda bosma o' va g' harflarida ishtirok etgan ko'chish ('), tutuq (') belgilarining so'zlarda qo'llanishiga e'tibor beriladi, o' harfi ishtirok etgan 4 ta so'z va g' harfi ishtirok etgan 4 ta so'z yozdiriladi.

q — qo'g'irchoq, qo'rg'on, g'awos, qo'ng'iroq. g' — bo'g'oz, qo'ziqorin, qo'g'irchoq, g'o'za.

Lug'at ishi.



Mashqda berilgan bir nechta so'zning ma'nolarini tushuntirish.


Download 4,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish