D) rivojlantiruvchi: lug'at boyligini oshirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: ch, sh, ng harf birikmalari asosida yozilgan so'zlar jadvali.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism. O'quvchilar va sinfning darsga tayyorgarligini va uy vazifasini tekshirish.
45- mashq. Mashq matnidagi so'zlar bo'g'inga bo'lib o'qitiladi. Ular ishtirokida tuzilgan gaplardan ayrimlari aytib turib yozdiriladi.
„Karimjon musobaqada g'oliblikka da'vogar".
2. Lug'at-diktant o'tkazish.
Bunda imlosi o'rganilgan quyidagi so'zlardan foydalaniladi:
Navbatchi, mashina, kitob, savol. javob, shabada, shaftoli, vazifa.
O'qituvchi har bir so'zni alohida-alohida aytadi, o'quvchilar yozadilar va yozganlarini doskadan tekshiradilar.
3. Darslik bilan ishlash. 46- mashq.
So'zlarni bo'g'inga bo'linish holatiga e'tibor berish va mashq-dagi so'zlarni yozishda sh, ch, ng harf birikmalarini keyingi yo'lga qanday ko'chirilishini bilib olish va esda saqlash uqtiriladi.
4. Lug'at ishi.
shamshod — daraxt nomi
qashqa — belgi (nor, xol)
„Shamshod“ so'zini harf, tovush tomonidan tahlil qilish.
Shamshod — 6 ta harf, 6 ta tovush, 2 ta unli, 4 ta undosh, d — jarangli, sh — jarangsiz. So'z oxiridagi „d“ undoshi talaffuzda „t“ bo'lib eshitilsa ham, yozuvda saqlanadi.
5. Darslik bilan ishlash. 47- mashq.
sh va ch harflarining yozilishiga e'tibor berish, so'zlarni bo'g'inga bo'lib ko'chirish natijasida sh, ch harflarining yozilishini esda saqlashga erishish nazarda tutiladi.
Choy-shab, chor-shan-ba, ish-chan, sha-har-cha, sham-chi-roq, shol-cha, shax-mat-chi, chash-ma, chil-dir-ma-kash, qo‘sh-ni-chi-lik, qo'-shim-cha, qo'sh-chi-nor.
6. Lug'at boyligini oshirish mashg'uloti.
O'quvchilar doira shaklida turadilar va qog'ozdan yasalgan qor bilan qorbo'ron o'ynaydilar. Qog'oz „qor“ni otish bilan ilib olgan o'quvchi sh, ch yoki ng harf birikmasi qatnashgan so'z aytib, o'rtog'iga otadi. O'yin shu tariqa davom etadi. Shar — choynak, shim — shingil, tong — bong va h. k.
7. Husnixat malakalarini rivojlantirish. Husnixat uchun material.
Mehnat bol keltiradi.
Mehnat — mehnatning tagi rohat.
8. Darsni yakunlash va mustahkamlash.
1. Bir tovushni ifodalovchi harflar birikmasi qaysilar va ular haqida nimalarni o'rgandingiz?
2. Harf birikmasi qatnashgan so'zlarda bo'g'in ko'chirish qanday bo'ladi?
9. Uyga vazifa: 47- mashq.
„Turnalar“ she’ri ifodali o’qiladi. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni bo’g’in ko’chirish qoidasi asosida yozish topshiriladi.
10. O’quvchilar faolligi baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |