Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars uslubi: savol-javob, noan’anaviy, bahs-munozara, suhbat
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: Tarqatmali testlar, Darslik, tezkor savollar, mavzuga oid rasmlar, “Baliq ovi” deb nomlangan didaktik o’yin va b
Fanlararo aloqa: tabiatshunoslik ,o’qish, tasviriy san’at
№
|
Darsning borishi
|
Vaqti
|
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
|
O’tilgan mavzuni yakunlash
|
3 daqiqa
|
|
Yangi darsning bayoni
|
15 daqiqa
|
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
3 daqiqa
|
|
O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish
|
5 daqiqa
|
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
DARSNING BORISHI
I Tashkiliy qism: a) salomlashish;
b) navbatchi axboroti va davomatni
aniqlash;
d) madhiya kuylash;
e) she’riy daqiqalar.
O’qituvchi: O’quvchilar bilan salomlashib bo’lgach, ularning darsga tayyorgarligini so’rayman. Darsimiz ona tili ekanligini aytaman. Darsni R. Hatamovaning “Barkamol avlod” deb nomlangan she’ri bilan boshlanadi.
Daryo toshsa keyin dengiz to’ladi-da,
Ko’kka boqqan ko’zlar yulduz ko’radi-da.
Bek bolasi baribir bek bo’ladi-da,
Vorislari ikki daryo orasining,
Qaddin ko’ring O’zbekiston bolasining
Bo’lam mendan baxtli bo’lsin deydi bu el,
Men ko’rmagan kunni ko’rsin deydi bu el,
Kuysa faqat bolam deya kuydi bu el.
Ilinadi har narsaning sarasini,
Qadrin ko’ring O’zbekiston bolasini
Qadim tarix so’zlashgan shu til seniki,
Sultoning yo’l ochib dedi: Yo’l seniki
Topib berdi har orzuning chorasini,
Baxtin ko’ring O’zbekiston bolasini
O’tgan mavzuni so’rayman va o’tilgan mavzular yuzasidan savollar beraman:
O’quvchilar biz hozir “Barkamol avlod” she’rini tingladik. Barkamol avlod qanday bo’lishi kerak?
O’quvchilar: Jismonan sog’lom, aqli teran, har tomonlama yetuk
O’qituvchi: Juda tog’ri, Siz o’quvchilarning vazifangiz nimalardan iborat?
maktabga muntazam kelish, darslarda faol qatnashish
bosh vaqtdan unumli foydalanish
fan to’garaklariga qatnashish
O’qituvchi: Juda to’g’ri, sizlar maktabda a’lo baholarga o’qib o’qishni oliy o’quv yurtlarida davom ettirib, kelajakda yaxshi kasb egalari bo’lishingiz zarur. Siz Yurtboshimiz ishonchini oqlashingiz kerak. Biron – bir kasb egasi bo’lib yetishishingizda ona tili fanining juda katta ahamiyati bor. Chunki biz xatosiz va chiroyli yozishni ona tili darslarida o’rganamiz. To’g’rimi? Demak, darsimiz ona tili
Do'stlaringiz bilan baham: |