Habeas corpus


Fuqarolar huquqlari himoyasi kuchaytirildi



Download 40,14 Kb.
bet2/2
Sana24.06.2022
Hajmi40,14 Kb.
#699933
1   2
Bog'liq
Habeas corpus

Fuqarolar huquqlari himoyasi kuchaytirildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yaqinda bo‘lib o‘tgan to‘qqizinchi yalpi majlisida sud-huquq sohasini isloh qilishga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi. “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ham ma’qullandi. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 29-martda imzolagan mazkur qonun shu yil 1-apreldan kuchga kirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan yangi qonunning mazmun-mohiyati va ijrosi bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda Oliy sud sudyalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan bir qatorda videokonferensaloqa tizimi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari sudyalari, xodimlari ishtirok etdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilgani va qabul qilingani qayd etildi. 

– Kuchga kirgan yangi qonun sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirishga va erkinlashtirishga qaratilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Olimjon Hayitov. –Qonun asosida bajariladigan ishlar sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari faoliyatining samaradorligini yanada yaxshilashga, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga hamda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Jinoyat-ijroiya kodekslariga, “Sudlar to‘g‘risida”gi va “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Jinoiy jazolar tizimiga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan yengilroq jazo turi – “majburiy jamoat ishlari” kiritildi. Jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni qamoqda saqlash muddati 72 soatdan 48 soatgacha, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek, dastlabki tergov muddatlari 12 oydan 7 oygacha qisqartirildi. 

Bundan tashqari, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘yishga va murdani eksgumatsiya qilishga sanksiyalar berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. Shunday qilib, sud ishi yurituvida “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohasi kengaytirildi. Jinoyat jarayonida sud nazorati roli va ahamiyati kuchaytirildi. Qonunga muvofiq sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashni rad etishda muqobil ehtiyot choralarini qo‘llash huquqi berildi. Bunda sud tomonidan qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun jinoyat ishini qaytarish instituti butunlay bekor qilindi. Sud tekshiruvi jarayonida kamchiliklarni to‘ldirish mexanizmlari qonun bilan mustahkamlab qo‘yildi. Qonunda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3-yildan 1-yilga qisqartirildi. 

Qonun bilan viloyat darajasidagi jinoiy va fuqarolik ishlarini sudlar tomonidan ko‘rib chiqish institutini bekor qilishni, nazorat tartibida protest keltirish bo‘yicha sudlarning tegishli raislari va prokurorlari vakolatlarini istisno etishni nazarda tutuvchi tegishli tuzatishlar kiritildi. Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga doir bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilindi. 


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURORINING INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASH BORASIDA AMALDAGI QONUN HUJJATLARIGA RIOYA ETILISHI USTIDAN PROKUROR NAZORATINING HOLATI VA UNI YANADA KUCHAYTIRISH CHORALARI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, prokuratura organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini yanada kuchaytirish bo‘yicha muayyan ishlar qilingan.
Ko‘rsatib o‘tilganidek, davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgan dastlabki kunlardanoq O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilish jamiyat va davlat qurilishining eng muhim ustuvor yo‘nalishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarning, qonun ijodkorligi faoliyatining maqsadi va mazmuniga aylandi.
Inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini, shuningdek davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi mas’uliyatini mustahkamlab qo‘ygan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari hamda erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli huquqiy baza yaratilgan.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning yaxlit tashkiliy-huquqiy mexanizmlari tizimi shakllantirilgan. Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, “Ijtimoiy fikr” markazi va boshqalar tashkil etilgan hamda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sud hokimiyatini mustahkamlash, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni inson huquqlari va erkinliklarining ishonchli himoyachisi bo‘lib xizmat qiladigan mustaqil davlat institutiga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini kuchaytirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilgan. Nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari demokratik qadriyatlarni, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning muhim omiliga aylanib bormoqda.
Sud-huquq tizimining izchil demokratlashtirilishi, jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining liberallashtirilishi prokuratura organlari faoliyatining mazmuni va shaklini jiddiy o‘zgartirdi, uning huquqni muhofaza qilish vazifalarini kuchaytirdi. 2001-yilda yangi tahrirda qabul qilingan “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosini nazorat qilishni prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab qo‘ydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 11-martdagi Farmoniga muvofiq Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi, uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
“Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, quyi prokurorlarning dastlabki tergov bosqichidagi bir qator nazorat vakolatlari chiqarib tashlanishi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bir qator moddalarining tergovga tegishliligi o‘zgartirilganligi va boshqa choralar prokuratura organlariga asosiy e’tiborni o‘zlarining eng muhim vazifalarini amalga oshirishga — inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi qonunlar ijro etilishini nazorat qilishga qaratish imkonini berdi.
Ayni vaqtda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy bazani, tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ishlar bugungi kun talablariga hali to‘la mos emas. Joylarda mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonunlarning talablariga e’tiborsizlik bilan qarash, fuqarolarning murojaatlari yuzasidan choralar ko‘rmaslik, fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy, mehnat va boshqa manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalarni hal qilishda suiiste’molliklarga yo‘l qo‘yish holatlari mavjud. Bunday kamchiliklar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “O‘zdavyergeodezkadastr” O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari va boshqalar faoliyatida aniqlandi.
Prokuratura organlari o‘zlarining huquqni himoya qilish vazifalarini amalga oshira borib, qonunlarning, shu jumladan “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining hamda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi boshqa qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishini nazorat qilish yakunlari bo‘yicha 2012-yilda davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qonun hujjatlari talablariga mos kelmaydigan hamda inson huquqlari va erkinliklariga daxldor bo‘lgan 1350 ta hujjatiga nisbatan protest keltirgan. Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlari talablariga e’tiborsizlik bilan qarash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rmasdan qoldirish, ular tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar yuzasidan choralar ko‘rmaslik holatlari bo‘yicha prokurorlarning qarorlari va taqdimnomalari asosida tegishli mansabdor shaxslar intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan, jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.
Prokuror nazorati tartibida o‘tkazilgan tadbirlar jarayonida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aholining mehnat qilish huquqini va bandlikni ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarini ijro etish yetarli darajada tashkil etilmaganligi aniqlangan. Qonunni buzish hollarini tekshirish jarayonida aniqlangan holatlar bo‘yicha 2012-yilda 1460 nafardan ortiq mansabdor shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan, 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Inson huquqlari va erkinliklari bo‘yicha qonunlarning mohiyatini aholiga tushuntirish maqsadida 2012-yilda prokuratura organlari tomonidan 125 mingdan ortiq tadbir o‘tkazilgan, ommaviy axborot vositalari orqali 23 mingdan ortiq chiqish amalga oshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini yanada to‘laroq ta’minlash maqsadida bir qator qonun loyihalari, shu jumladan “Tezkor qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi va “Huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini tahlil qilish fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qo‘yilgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ta’minlash hamda kafolatlarini mustahkamlash ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish borasida ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish zarurligini ko‘rsatdi.
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori R. Qodirovning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi hisoboti tasdiqlansin.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan prokuror nazoratining holati va uni yanada kuchaytirish choralari to‘g‘risidagi hisobot har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida eshitib borilsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga:
sessiyalarda tegishli prokurorlarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash to‘g‘risidagi axborotini ko‘rib chiqish;
joriy yilga mo‘ljallangan ish rejalarida tegishli prokurorlarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash to‘g‘risidagi axborotini tinglashni tashkil etish bo‘yicha choralarni nazarda tutish tavsiya etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov):
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijro etilishi ustidan prokuror nazoratining samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
fuqarolarning huquqlari va erkinliklari buzilishining oldini olish va unga chek qo‘yish, qonunni buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda keltirilgan zararni undirish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirsin;
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida prokuror ta’siri choralarining samaradorligini ularning sifatini oshirish nuqtai nazaridan tahlil qilsin va tegishli choralar ko‘rsin;
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro hujjatlarning qo‘llanilishi va ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish bo‘yicha choralar ko‘rsin;
mehnat, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor bersin;
ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yo‘naltirilayotgan mablag‘larning manzilliligini hamda bunda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rsin;
inson huquqlari va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, shu jumladan nazorat qiluvchi organlarning huquqiy hujjatlari qonuniyligi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar prokurorlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash to‘g‘risida axborot berishning muntazamliligini alohida nazoratga olsin;
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni faollashtirsin;
inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydigan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida nazorat tartibidagi tekshirishlarning samaradorligini monitoring qilishni kuchaytirsin, uning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanishni faollashtirsin;
cud-huquq sohasidagi O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydigan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori (R. Qodirov) ushbu qarorni ijro etishning borishi to‘g‘risida 2014-yilning 10-fevraliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga axborot taqdim etsin.
5. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi (S. Artikova) zimmasiga yuklatilsin.

Xulosa
O‘zbekistonning huquqiy fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan jadal odimlashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida shakllantirilgan mamlakatning kelgusi rivojlanish strategiyasiga asoslangan.
Davlatimiz rahbari tomonidan davlat va jamiyat qurilishining barcha jihatlarini isloh qilishni yanada to‘la ta’minlash sohasida belgilangan ustuvor vazifalar parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatida, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquqni qo‘llash amaliyotida, odil sudlov organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqni muhofaza qilish faoliyatida, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-siyosiy faoliyatida o‘zining yaqqol tasdig‘i va tajassumini topdi.
Mamlakatni barqaror rivojlantirish va iqtisodiy qudratini mustahkamlashning zamonaviy sharoitlari, turmushning barcha jabhalarida islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ularni himoya qilish borasidagi davlat siyosatini faol amalga oshirish maqsadida davlat va fuqarolik jamiyati ijtimoiy sherikligining rolini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslarning huquqni qo‘llash faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish Ombudsmanni quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltiradi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan belgilab berilgan qonun loyihalarini muhokama qilish va qabul qilishda qonunchilik tashabbusi subyektlariga har tomonlama ko‘maklashish, ushbu qonun loyihalarining inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarini yanada to‘liq ta’minlash hamda himoya qilishga qaratilganligiga doir ekspert baholashni amalga oshirish;
– O‘zbekistonda inson huquqlarining barcha toifalarini har tomonlama ro‘yobga chiqarish uchun Inson huquqlari sohasidagi harakatlar milliy dasturlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishning yangi mexanizmlari va yo‘llarini izlash, davlat organlari, ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish;
– Ombudsmanning huquqni ta’minlovchi vazifalarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining huquqni qo‘llash faoliyati ustidan parlament nazorati mexanizmlarini takomillashtirish bilan samarali amalga oshirish;
– 2012-yilning “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinganligiga asoslanib, fuqarolarning ijtimoiy tashabbuslarini hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, NNT va OAV faolligini qo‘llab-quvvatlash bilan davlat va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining barcha jihatlarini isloh qilishga ko‘maklashish;
– O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Mahalla” jamg‘armasi, shuningdek, boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida va mamlakatimizning barcha mintaqalarida oilaviy biznesni rivojlantirish orqali fuqarolarning munosib hayot kechirishga bo‘lgan huquqini ta’minlash bo‘yicha monitoringlar o‘tkazish.
2011-yil Ombudsman instituti uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasining umumiy talqinida mamlakat fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda muhim bosqich bo‘ldi.
Download 40,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish