MK 254-moddasiga ko‘ra kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun kamida o‘n besh kalendar kun, muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi, o‘quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi. Demak, ish beruvchiga xodimga OTMga hujjat topshirish va imtihondan o‘tish uchun sharoit yaratib berish majburiyati yuklatilgan. Mazkur normaning e’tiborli jihatlaridan biri undagi muddat, ya’ni o‘n besh kalendar kunidir. Nega aynan kalendar kuni? O‘n besh kunning o‘zi emas. ushbu tushunchalarning farqi shundaki, o‘n besh kun bu – oddiy o‘n besh kun. Misol uchun 2-dekabrdan 16-dekabrgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |