Kubaning mustaqillik 1868- 1878- yillarda Kuba xalqi ispan mustamlakachilariga
uchun kurashi qarshi ozodlik kurashi olib bordi ( Ispaniya Kubani 1510-yilda bosib olgan edi.) Biroq , Ispaniya qaramligidan ozod bo’lishga erishilmadi . Shunday bo’lsa-da , 1880 –yilda qulchilikni bekor qilinishiga erishdi .
Tez orada Kubaga AQSH da’vo qila boshladi . U Kubani sotib olish maqsadida Ispaniyaga murojaat qildi . Biroq , Ispaniya rozi bo’lmadi . 1895- yilda Kuba xalqi o’z milliy qahramoni Xose Marti hamda Maksimo Gomeslar boshchiligida qo’zg’alon ko’tardi .
1898- yil Parijda imzolangan Ispaniya - AQSH sulh shartnomasiga ko’ra , Kuba mustaqil deb e’lon qilingan bo’lsa-da , amalda AQSHga qaram bo’lib qoldi .
Do'stlaringiz bilan baham: |