2. Ul’trafil’trlash. Kolloid eritmani teshiklarining o’lchami kolloid zarracha
o’lchamlaridan kichik bo’lgan fil’trlardan foydalanib ham elektrolitlardan tozalash
mumkin. Bu usul elektrofil’trlash deyiladi. Ul’trafil’tr voronkasimon idish bo’lib,
uning keng tomoniga kollodiydan tayyorlangan membrana o’rnatiladi. Fil’trlashni
tezlatish uchun voronkaning tor qismi vakuum nasosga ulanadi. Tegishli
membrana ishlatib, kollodiy eritmani elektrolitlardan va bir zolni ikkinchi zoldan
ajratish mumkin. Buning uchun membrana teshiklarining diametri bir zol
zarrachalaridan katta, ikkinchi zol zarrachalaridan kichik bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |