bog’liq: birinchi omil-kolloid zarrachaning sol’vat qavat bilan qoplanganligi.
Demak, bu holda koagulyatsiyani amalga oshirish uchun kolloidni zaryadsizlash va
sol’vat qobiqni yemirish zarur bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun avval kolloidga
elektrolit qo’yib uni neytral holatga keltiriladi; bu holda cho’kma hosil bo’lmaydi.
84
So’ngra sol’vat qobiqni yemirish uchun spirt, atseton yoki tannin kabi moddalar
qo’shiladi. Shundan keyingina liofil kolloid cho’kmaga tushishi mumkin.
Umuman olganda, liofil kolloidlarning koagulyatsiyasi o’zining bir necha
xususiyatlari bilan liofob kolloidlar koagulyatsiyasidan farq qiladi. Liofil kolloid
liofob kolloidga qaraganda elektrolitlar ta’siriga kam beriladi. Bunda elektrolitning
faqat birgina ioni emas, balki ikkala ioni ham koagulyatsiya uchun xizmat qiladi.
Liofil kolloidlarning koagulyatsiyasi shu tarzda sodir bo’lishi mumkin.
Cho’kmaga tushgan liofil zol qo’shimcha erituvchi qo’shilganda qaytadan eritma
holatiga aylanadi. Lekin oqsillardan kelib chiqqan ba’zi liofil kolloidlardan
cho’kmaga tushgan oqsil qayta erimasligi mumkin. Bunday koagulyatsiya qaytmas
koagulyatsiya deb yuritiladi.
Ma’lumki, kolloid eritmaning loyqalanishi keyinchalik cho’kmaga tushishi
va zol rangining o’zgarishi koagulyatsiya sodir bo’lganligining belgilari
hisoblanadi. Ayni zolni koagulyatsiyaga uchratish uchun kerak bo’ladigan
elektrolitning minimal miqdori ayni zolning koagulyatsiya chegarasi deb ataladi.
Uni aniqlash uchun probirkalarga qo’yilgan zolga turli konsentratsiyadagi
elektrolit eritmalaridan baravar hajmda ketma-ket qo’shib boriladi. Qo’shish tartibi
quyidagi ko’rsatilgandek olib boriladi.
Probirkalarga suv solib, uning hajmi bir probirkadan ikkinchi probirkaga
o’tganda oshirib boriladi. So’ngra probirkadagi suyuqliklarning hajmi bir xil
bo’ladigan qilib elektrolit eritmasi qo’shiladi. Shundan keyin birida loyqalanish
borligi seziladigan, ikkinchisida loyqalanish sezilmaydigan ikki qo’shni probirkani
olib, elektrolitning dastlabki konsentratsiyasi C, uning koagulyatsiyasini paydo
qilgan hajm V bo’lsin. Unda ayni hajmdagi elektrolitning millimollar soni
v
c
v
c
1000
1000
ga teng bo’ladi.
Koagulyatsiya chegarasi odatda 1litr zol uchunhisoblanadi. Agar tajriba uchun ω
ml zol olingan bo’lsa, zolning koagullanish chegarasi
1000
v
c
v
tenglama bilan hisoblab topiladi.
85
Koagulyatsiya protsessi xuddi kimyoviy reaksiyalar kabi, ma’lum vaqt
ichida sodir bo’ladi. Bu jarayonning tezligi kolloid sistema zarrachalarining broun
harakatiga, ularning o’zaro ta’siriga va sistemadagi zarrachalarning dastlabki
konsentratsiyasiga bog’liq. Agar ikkita zarracha bir-biri bilan bir marta to’qnashib,
yirikroq zarracha hosil qilsa, bunday koagulyatsiya tez koagulyatsiya deyiladi.
Agar koagulyatsiya tezligi koagullovchi elektrolit konsentratsiyasiga bog’liq
bo’lsa, bunday koagulyatsiya sust koagulyatsiya deyiladi. Tez koagulyatsiya
nazariyasi 1916 yilda M. Smoluxovskiy tomonidan yaratilgan.
Bu nazariyaga muvofiq, kolloid zarrachalar o’rtasida o’zaro itarilish kuchi
borligidan bu zarrachalar bir-biri bilan birika olmaydi. Elektrolit qo’shilmagan
zolda kolloid zarrachalar bir-biridan uzoq turganligi sababli, kolloid eritma
barqaror bo’ladi.
Kolloid eritmaga elektrolit qo’shilgandan keyin zarrachalar bir-biriga
yaqinlashib, o’zaro tortisha boshlaydi. Buning natijasida kolloid sust
koagulyatsiyalanadi. Elektrolitdan yana qo’shilsa, koagulyatsiya tezlashib ketadi
va zarrachalar bir-biri bilan birlasha boshlaydi.
Yuqorida ko’rsatilganidek, koagulyatsiya jarayoni zolga ma’lum miqdor
elektrolit qo’shilganida yuzaga keladi. Har qaysi kolloid eritma “koagulyatsiya
chegarasi” deb ataladigan miqdordagi elektrolit ta’siridan koagulyatsiyaga
uchraydi. Kolloid zarracha ishorasiga qarama-qarshi zaryadli ion koagulyatsiyani
paydo qiluvchi ion hisoblanadi. Ionlarning valentligi ortishi bilan koagullash ta’siri
kuchayadi. Ionning valentligi oshganida uning zolni koagulyatsiyalash ta’sirining
kuchayishini yuqori valentli ionlar ta’sirida kolloid zarrachalardagi qo’sh elektr
qavatning siqilish effekti bilan tushuntirish mumkin. Yiriklashgan zarrachalar
og’irlik kuchi ta’siri ostida eritmaning yuqori qismlaridan past qismlariga tusha
boshlaydi va nihoyat zarrachalar eritmadan ajraladi.
Kolloid sistemalarning barqarorligi va koagulyatsiya haqidagi nazariyalarga
asoslanib, shuni aytish mumkinki, zolning barqarorligiga ta’sir ettiruvchi kuch –
zarrachalar orasida o’zaro tortilish kuchlaridir va ular neytral zarracha orasida
ta’sir etuvchi kuchlarga o’xshaydi.