Ionlar adsorbilanishi. Eritmalardan elektrolitlarning adsorbilanishi katta ahamiyatga ega. Bu jarayonda neytral molekulalarning yutilishi bilan birga
ionlarning adsorbilanishi ham kuzatiladi, lekin erigan elektrolitning ionlaridan bittasi adsorbilanadi va bunday hodisa ionlar adsorbsiyasi deyiladi.
Agar erigan modda zarrachalarining suyuqlik sirtida va uning hajmida bir teks tarqalmasa suyuq fazada sirt chegara vujudga keladi. Bu hodisa erigan modda suyuqlikda molekulalar holida bo’lganida ham, ionlar holida bo’lganida ham ro’y beraveradi. Lekin eritmaning sirt qavatida ionlar konsentratsiyasi eritma hajmidagiga qaraganda kam bo’ladi. Bu yerda manfiy adsorbilanish vujudga keladi. Eritma sirtida ionlarning manfiy adsorbilanishi ularning gidratlanish energiyasi katta ekanligidan kelib chiqadi.
Shuning uchun suv molekulalari eritmaning sirt qavatida turgan ionlarni eritma ichida kuchliroq tortadi. Kationlar anionlarga qaraganda ko’proq gidratlanganidan eritmaning sirt qavatida anionlar konsentratsiyasi kationlar konsentratsiyasidan ortiq bo’ladi. Natijada eritmaning sirt qavati manfiy zaryadga ega bo’ladi. Turli anionlarning suyuqlik sirt qavatida manfiy zaryad berish xususiyatini tekshirib, A.N.Frumkin, quyidagi liotrop qatorni tuzishga muvaffaq bo’ldi:
CNS->ClO4->I->MnO4->NO3->Br->Cl->OH->F
Bu qatorga ionlar suyuqlikning sirt qavatiga manfiy zaryad berish xususiyatining pasayishi tartibida quyilgan. Suvda elektrolitlar eritilsa suvning sirt tarangligi ortadi, chunki anorganik tuzlar suvga manfiy adsorbilanadi.
Ba’zan adsorbent o’z tarkibidagi ionlardan birini elektrolit ionlariga almashtiradi. Bunday adsorbilanish almashinish adsorbilanishi deyiladi. Agar elektrolit eritmasidagi anion va kation ekvivalent miqdorida adsorbilansa, molekulyar adsorbsiya yuzaga keladi. Agar tarkibida bir necha modda aralashmasi bo’lgan eritma qalin adsorbentdan o’tkazilsa, aralashmadagi har qaysi modda adsorbentning ma’lum qismlariga adsorblanadi va adsorbent qavatida bir necha zona hosil bo’ladi. Bu hodisani dastlab rus botanigi va bioximigi M.S.Svet kuzatgan edi. Bu usul xromatografik adsorbsion analiz deb ataladi.
Shu usul yordamida aralashmaning komponentlari bir-biridan ajratib olishni yordam beradi. Ajratilishi kerak bo’lgan eritma adsorbent bilan to’ldirgan
kolonkaga solinadi. Eritmaning tarkibiy qismlari o’zining moyilligiga qarab adsorbentga yutiladi: ko’pincha qavatlar bir-biridan keskin ajralgan bo’lmay, bir- biriga juda qiyin joylashadi. Unda har qaysi qavatni ochish uchun muvofiq erituvchilardan foydalaniladi. Shu tariqa kerakli modda ajratib olinadi; uni yana qaytadan adsorbentga yuttirib, yutilish zonasi kengaytiriladi. Xromatografik adsorbsion analiz juda murakkab organik aralashmalarni bir-biridan ajratib olishda katta ahamiyatga ega. O’zbekiston olimlari go’zaning kimyoviy tarkibini aniqlashda bu usulni birinchi bo’lib qo’lladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |