Kumush zolining disperslik darajasiga ko’ra rangi
Zarrachaning o’lchami, nm hisobida
|
Zolning rangi
|
79
|
To’q sariq
|
90
|
Qizil
|
110
|
Ko’k-binafsha
|
160
|
Ko’k
|
Metall zollarining o’tayotgan yorug’likdagi rangi yutilgan nurning to’lqin uzunligiga ham bog’liq. Masalan, oltinning yuqori dispers zoli orqali yorug’lik nuri o’tganda zol to’lqin uzunliklari 550-510 nm bo’lgan yashil nurlarnigina yutadi. Shuning uchun zol qizil tusga kirib turadi, chunki yashil rang uchun qo’shimcha rang qizildir. Oltinning dispers darajasi past bo’lgan zollari orqali yorug’lik nuri o’tganda zol to’lqin uzunligi 585-575 nm bo’lgan sariq nurlarni yutadi; sariq rang uchun qo’shimcha rang ko’k rang bo’lganligidan, bu zol ko’k ranglidir. Agar oltin zolining disperslik darajasi nihoyatda yuqori bo’lsa, u to’lqin uzunliklari 480-450 nm bo’lgan ko’k nurni yutadi. Shu sababli bunday zol sariq tusda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |