n o a n iq
bo'lgan
kelajak qiymatga ahnashishdir.
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning “Investitsiyalash asos
lari” (M. “Delo” nashriyoti - 1997) kitobida investitsiyalarga qu
yidagicha ta’rif beriladi Investitsiya mohyaviy natijalar olishni ko'zlab
aksiya va obligatsiyalarni sotib ohshni anglatadi bular real aktivlarni
belgilaydi, masalan, u yoki bu tovarni ishlab chiqarish va sotish
uchun mashinalar olishni nazarda tu tad i Umuman keng ma’noda
ittvestitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o'stirish va rivojlantirishni
mohyaiashtirish uchun zarar bo'ladigan mexanizmlami ta’minlaydi
Ma’lumki, “Investitsiyalar” tushunchasi iqtisodiyot uchim yangi
tushuncha emas. Bugungi kunda “Investitsiyalar” tushunchasitiing
ma’nosioi anglash, uning mohiyatini to'g'ri tahlil qilish muhim
ahamiyatga ega. Sobiq iqtisodiy tuzum davrlarida investitsiyalar tu
shunchasi ko'proq kapital qo'yihnalar bilan bog'lanib, kapital quri-
lishlar, kapital ta’mirlashlar va ilmiy-texnika taraqqiyoti uchun sarfla
nadigan kapital qo'yihnalarini anglatar va bu qo'yilmalar asosan
markazlashgan fondlar va davlat budjetidan yuqori davlat idoralari
tasdiqlagan rejalar asosida ajratflar e d i Ko'pgina adabiyotlarda “in
vestitsiya” tenninida noaniqliklar uchraydi ‘
Bkmchidan, “investitsiyalar”gafuqarolarning “iste’molchihk in
vestitsiyalari” (maishiy texnika, avtomobil, ko'chmas mulk va
boshq.) qo'shib yuboriladi. Bunday investitsiyalar esa kapitalning
o'sishi va foyda olinishini ta’minlamaydi
Ikkinchidan, “investitsiyalar” va “kapital qo'yilmalar” termin-
larini tenglashtirishadi Kapital qo'yilmalar — korxonaning moliyaviy
mablag'larini asosiy kapitalga bo'naklashtirish bflan bog'Hq inves-
' G'ozibekov D. G‘. Investitsiyalami moliyalashtirish masalalari. -Т.; Moliya,
2003.
titsiya faoliyatining shaklidir. Investitsiyalar esa nomoddiy va moliyaviy
aktivlarga qo'yilishi ham mumkin.
Uchinchidan, ko'pgina manbalarda investitsiyalarning pul mab
lag'larini qo'yish deb ta ’riflanadi. Amaliyotda esa, barcha hollarda
bunday bo'lmaydi Investitsiyalashni boshqa shakllarda ham amalga
oshirish mumkin. Masalan, korxonaning ustav kapitaliga badal ko'
rinishida ko'chib yuruvchi va ko'chmas mulk, qimmatli qog'ozlar,
nomoddiy aktivlar va boshqalar.
To'rtinchidan, ko'pgina ta’riflarda investitsiyalami mablag'larning
uzoq muddatli qo'yilmalar ko'rinishida bo'hshiai ta’kidlashadi To'g'
ri, kapital qo'yilmalar uzoq muddatga investitsiyalanadi Lekin qis
qa muddatli investitsiyalar ham bo'ladi (masalan, montaj qilishga
zarurat bo'hnagan va qurilish smetasiga kirmagan mashina va uskii-
nalami sotib olish).
Investitsiyalaming o'sish sur’atlari ko'p omillarga bog'liq. Av-
valambor, investitsiyalar hajmi olingan daromadni iste’mol va
jamg'armaga taqsimlanishiga bog'liq. Aholini o'rtacha daromadi past
bo'lgan holda ulaming asosiy qismi (70-80%) iste’molga sarflanadi.
AhoU daromadlarini o'sib borishi, jamg'arishga yuboriladigan qism
ni ortib borishiga sabab bo'ladi. Umumiy daromadda jamg'arish
ulushining ortib borishi investitsiyalar hajmini o'sishiga olib keladi
va aksincha. Ammo bu shart ahoUni davlatga ishonchi yuqori
bo'lganda, davlat fuqarolaming investitsion faolligini ta’minlaganda
va kalblatlaganda bajariladi Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan daro
mad normasi ham ta ’sir ko'rsatadi, chunki ko'rilayotgan foyda
investitsiyalashga undaydi. Kutilayotgan foyda normasi qanchalik
yuqori bo'lsa, investitsiyalash hajmi shunchalik yuqori bo'ladi va
aksincha.
Investitsiyalar hajmiga ssuda foizi stavkasi katta ta’sir ko'rsatadi,
chunki investitsiyalash jarayonida qarzga olingan mablag'laridan ham
foydalaniladi. Agar kutilayotgan sof foyda normasi o'rtacha ssuda
foizi stavkasidan yuqori bo'lsa bu qo'yilmalar investor uchun daro-
madHdir. Shuning uchun o'rtacha foiz stavkasining o'sishi inves
titsiyalash jarayonining susayishiga olib keladi
Investitsiyalar hajmiga laitilayotgan inflatsiya sur’atlari ham o'z
ta’sirini o'tkazadi. Bu ko'rsatkich qanchalik yuqori bo'lsa investor
ning kelajakdagi foydasi shunchalik qadrsizlanadi va investitsiyalar
ni rag'batlantiruvchi omiUari qisqarib boradi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |