H. A. Jamolxonov



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/395
Sana01.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#299352
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   395
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili jamolxonov

Fonema ottenkalari
 - fonemalarning talaffuzdagi real ko’rinishlari. 
Kombinator  ottenka
  -  fonemaning  so’z  tarkibidagi  tovushlar  ta’sirida  yuzaga 
kelgan ko’rinishi. 
Pozitsion  ottenka
  -  fonemaning  so’z  yoki  bo’g’indagi  pozitsiya  talabiga 
moslashgan ko’rinishi. 
Variatsiya
 - fonema ottenkasining Moskva fonologlari maktabiga qabul qilingan 
nomi. 
Transkripsiya
  -  fonemalarning  turli  ottenkalarini,  shuningdek,  lahja  va 
shevalarga  xos  fonetik  xususiyatlarni  yozuvda  aniq  ifodalash  uchun  shakllantirilgan 
maxsus grafik belgilar tizimi. 
 
 
 
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI VOKALIZMI 
 
Adabiyotlar:
1[44-63],4[20-22],10[47-53],16[16-20},20[15-17],22{20-
45},27(17-21],  29[8-25].   
 
29-§.  Vokalizm
  o’zbek  adabiy  tilining  unlilari  tizimidir.  U  6  ta  fonemani  – 
i,e,a,u,o’,o  tovushlarini  o’z  ichiga  oladi.  Hozirgi  (kirillcha)  o’zbek  yozuvida  bu  6  ta 
fonema uchun 10 ta harf (и,э,a,у,ў,o,e,ё,ю,я), yangi (lotincha) o’zbek yozuvida esa 6 ta 
harf  (i,e,a,u,o,o')  ishlatiladi.  Fonemalar  miqdori  bilan  harflar  (grafemalar)  miqdori 


41 
 
o’rtasidagi  bunday  har  xillik  ularning  boshqa-boshqa  hodisalar  ekanligidan  dalolat 
beradi. (Bu haqda darslikning "Grafika" bo’limiga qaralsin.) 
Unli  fonemalar  undoshlardan  quyidagi  belgilariga  ko’ra  farqlanadi:  a)  fizik-
akustik jihatdan: unlilar ovozdan (asosiy va qo’shimcha tonlar munosabatidan ) tarkib 
topadi, unda  shovqin  qatnashmaydi.  Undosh  tovush  tarkibida  esa  shovqinning  bo’lishi 
shart;  b)anatomik-fiziologik  jihatdan:  unli  tovushlar  talaffuzida  nutq  a’zolari  to’siq 
(fokus) hosil qilmaydi, bu hol o’pkadan kelayotgan havo oqimining og’iz bo’shlig’ida 
to’siqqa  uchramay  o’tishini  ta’minlaydi.  Undoshlar  artikulatsiyasida  esa  albatta  to’siq 
(fokus) hosil qilinadi, havo oqimi shu to’siqdan portlab, sirg’alib yoki titrab o’tadi, bu 
jarayon  undosh  tovush  uchun  kerak  bo’lgan  shovqinni  yuzaga  keltiradi;  d)  lingvistik-
funksional  jihatdan:  unlilar  ham,  undoshlar  ham  so’z  va  morfema  tarkibida  "qurilish 
materiali" sifatida (shakllantiruvchi funksiyada) qatnashadi; shakllantirilgan fonetik so’z 
yoki  morfemalarning  tovush  qobig’ini  bir-biridan  farqlaydi,  shu  orqali  ularning 
ma’nolarini  tafovutlash  imkonini  yaratadi.  Yana:  unlilar  bo’g’in  hosil  qiluvchi  asosiy 
tovushdir,  undosh  fonemalar  esa  unli  bilan  birga  qatnashadi,  o’zicha  bo’g’in  hosil 
qilmaydi  (sonantlar  bundan  mustasno,  chunki  ularda  bo’g’in  hosil  qilish  xususiyati 
bor)
24
  Shuning  uchun  bo’g’in  tarkibidagi  unli  shu  bo’ginning  cho’qqisi  ("vershina 
sloga")  sanaladi.  Bundan  tashqari,  unlining  yolg’iz  o’zi  fonetik  so’zni  yoki  morfema 
qobig’ini  hosil  qilishi  mumkin:  uchinchi  shaxs,  birlik  ma’nosidagi  "u"  olmoshining, 
shuningdek "a?" so’roq yuklamasining ifoda plani  - moddiy-material asosi bir unlidan 
iboratligi buning dalilidir. Undoshlarda esa bu xususiyat yo’q. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish