Tekshirish savollari
1.Leksikografiya nima?
2.Leksikografiyaning vazifa doirasiga nimalar kiradi?
3.Lug’atlar ko’zlangan maqsadga ko’ra qanday tiplarga bo’linadi?
4. Ensiklopedik va lisoniy lug’atlar qanday farqlanadi?
5.Umumiy va xususiy (maxsus) lug’atlar qanday farqlanadi?
6.Lug’atlarning yana qanday turlarini bilasiz?
Tayanch tushunchalar
Leksikografiya
– tilshunoslikning lug’atchilik bilan shug’ullanuvchi sohasi.
Ensiklopedik lug’atlar
– tabiat va jamiyatdagi muhim hodisalar, tarixiy-ilmiy
voqeliklar, buyuk shaxslar haqida ma’lumot beruvchi lug’at tiplari.
Lisoniy lug’atlar
– til birliklari, til tizimiga xos kategoriyalar haqida ma’lumot
beruvchi lug’atlar.
Universal ensiklopediyalar
– tabiat va jamiyatning barcha sohalariga oid muhim
voqelik-hodisalar haqida ma’lumot beruvchi qomusiy lug’atlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |